Pulning rivojlanish tarixi.
Pul hozirgi kundagi ko‘rinishi, holati va darajasiga yetgunga qadar juda uzoq tarixiy davrni boshidan kechirdi. Yer yuzida puldan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanib kelinayotganiga yetti ming yildan ortiq vaqt bo‘ldi1. Bu davr ichida dastlabki pullar tovar, buyum, oddiy metall va qimmatbaho metallar ko‘rinishidan hozirgi kunda keng foydalanib kelinayotgan qog‘oz va elektron pullar ko‘rinishigacha yetib keldi.
Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar takomillashib va rivojlanib borgani sari pulning shakli, pul ishlari va pul ishtirokidagi hisob – kitoblar ham doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib kelmoqda.
Pulning rivojlanishiga turtki bo‘lgan asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi. 1.Tovar ishlab chiqarishning kengayishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi. 2. Barcha shakllardagi mulk qiymatlarining o‘sishi. 3. Tovarlar oldi – sotdisi bo‘yicha aylanmalar hajmining ortishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |