Kredit pullar
Manbalarga ko'ra, dastlabki qog'oz pullar Xitoy, Turkiston va Rossiyada davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan. Jamiyatda tovar - pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, kishilar o'rtasida ayirboshlash hajmi misli ko'rilmagan darajada o'sib bordi. Bu jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta'rninlash borasida qator muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo bo'ldi.
Ishlab chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanishi, metall pullarning yetishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keldi. Tovar va to`lov aylanishi ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari-chek, veksel va banknotlar chiqarilgan.
Kredit pullar deb, kredit munosabatlari asosida yuzaga keluvchi, to`lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi. Kredit pullar qog`oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o`zida qiymatni ifodalaydi va kredit hujjati bo`lib, qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi.
Kredit pullari quyidagicha rivojlanish yo`lini bosib o`tgan: veksel, banknot, chek, kredit kartochkalari, elektron pullar.
Veksel- nemischa Wechsel so`zidan olingan bo`lib, dastlab XII-XIII asrlarda Italiyada paydo bo`lgan. Veksel-bu qarzdorning ko`rsatilgan summani, kelishilgan muddatda, belgilangan joyda to`lashi to`g`risidagi yozma majburiyatidir.
Veksel, sodda qilib aytganda, qarzdorlik to`g`risidagi tilxatdir. Vekselning quyidagi turlari mavjud: tijorat veksellari- oddiy va o`tkazma veksellar, moliyaviy veksel, xazina vekseli, bank vekseli, muddatli veksel va boshqalar.
Banknota – kredit pullarining yetakchi turlaridan bo’lib, Markaziy banklar tomonidan veksellarni hisobga olish yo`li bilan chiqarilgan. Banknotlar dastlab, XVII asr oxirlarida chiqarilgan bo`lib, u paytda banknotni hohlagan vaqtda bankga topshirib, o`rniga unda ko`rsatilgan summaga muvofiq oltin yoki kumush olish mumkin bo`lgan. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniya, Rossiya va AQSH da banknotlarni oltin bilan ta`minlanganligi 30-50%ni tashkil etgan. Bugunga kelib hech qaysi mamlakatda banknotlar oltin yoki kumush bilan ta`minlanmagan. Hozirda mamlakatlarning markaziy emissiya banklari qatiy belgilangan nominalga ega bo`lgan banknotlarni muomalaga chiqarmoqdalar. Bu banknotlar mamlakatda milliy pul birligi bo`lib hisoblanadi. Xususan, O`zbekiston Markaziy banki ham muomalaga turli nominalga ega bo’lgan banknotlarni chiqargan. Masalan:
Cheklar–dastlab 1683 yilda Angliyada qo`llanila boshlagan. Chek mijozning o`z bankiga unda ko`rsatilgan mablag`ni naqd pulda berilishi yoki boshqa hisob raqamiga (schyotiga) o`tkazilishi to`g`risidagi buyrug`idir. Chekning quyidagi turlari mavjud:
- muayyan bir shaxs nomiga yozilgan chek;
- orderli chek;
- ko`rsatuvchiga beriladigan chek;
- hisob-kitob cheki;
-akseptlangan chek va boshqalar .
Kredit kartochkasi – bu bank yoki maxsus kredit (savdo) muassasi tomo-nidan bir kishi nomiga berilgan pul hujjati bo`lib, unda pul egasi hisobidagi summa ko`rsatiladi. Bu kredit kartochkasi o`z egasiga chakana savdo tarmoq-larida naqd pulsiz tovarlar va xizmatlar harid kilish huquqini beradi. Kredit kartochkasiga binoan haridor hisobidagi pul summasi uning ixtiyoridan olinib, tovar sotgan korxona hisobiga o`tkaziladi. Dastlabki kredit kartochkalari XX asr boshlarida AQSH da qo`llanila boshlangan. Hozirda jahondagi aksariyat mamlakatlarda, shu jumladan, O`zbekistonda ham joriy etilmoqda.Banklar faoliyatida elektron hisoblash mashinalarining ko`llanilishi elektron pullardan foylanish imkoniyatini berdi.5
Elektron pul - elektron kartochka bo`lib, uning xotirasiga egasining hisobidagi pul summasi yozilgan bo`ladi. Pul to`lash uchun elektron kartochka EHM ga kiritiladi, kartochkadan avtomatik ravishda to`lanishi zarur bo`lgan pul summasi o`chiriladi va bu summa pul oluvchi elektron hisobiga yozib qo`yiladi. Hozir O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan qator tijorat banklari o`z amaliyotlarida elektron kartochkalardan foydalanishmoqda.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam,pulning paydo bo‘lishi turli xil bosqichlarni bosib o‘tgan ekan.Bu bosqichlarda pulning roli asta sekinlik bilan orta boshlagan va u mamlakat iqtisodiyoti asosini tashkil qilgan.
Dastlab o‘tgan zamonlarda aholi tomonidan pul va uning ekvivalentlari paydo bo‘lmasdan avval ,ular o‘zlarida mavjud buyumlar ya’ni ish qurollari,o‘zlarining iste’molidan ortib qolgan mahsulotlarni qolganlar bilan o‘zlariga kerak bo‘lgan narsalarga almashishgan.Lekin vaqt o‘tgan sayin bu jarayonlar bir muncha qiyinchiliklar keltirib chiqargan va natijada aholi boshqa yo‘llarni izlay boshlashgan.Va shundan keyin dastlab oltin tangalar,keyinchalik qog‘oz pullar paydo boshlagan.
Hayot tarzi rivojlangan sari pulning roli va uning bajaradigan funksiyalari olimlar tomonidan e’tirof etila boshlangan.Uning muomala vositasi,qiymat o‘lchovi vositasi,to‘lov vositasi va jamg‘arma funksiyalari pulning moxiyatini yanada ochib bergan.
Muomala va to’lov vositasi funksiyalarining amalga oshirilishi natijasida pulning jamg’arma vositasi funksiyalarining bajarilishiga zamin yaratiladi . Muomala vositasining bajarilishidan qolgan pullar yoki muomalada b’lmagan pullar jamg’armaga yo’naltirilishi mumkin. Tolov vositasi funksiyasi yordamida shakillangan , iste’mol uchun yo’naltirilgan mablag’lar jamg’arilishi mumkin . Jismoniy shaxslar ehtiyoji va iste’molidan ortiqcha pul mablag’larini qo’llarida yoki banklar va boshqa kredit muassasalarida jamg’arishlari mumkin bo’lsa, yuridik shaxslar ehtiyojidan ortiqcha pul mablag’larini o’zlarining banklaridagi hisobraqamlarida jamg’arishlari mumkin .
Xulosa qilib aytganda , pulning barcha funksiyalari bir – biri bilan uzviy bo’liq va ular bir – birini to’ldiradi . Pulning funksiyalri aynan shunday uzviy bog’liqligi va bir birini to’ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini ta’minlashga sharoit yaratadi .
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. “O`zbekiston”
1992 y.
2. “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi
qonun. T.1995 y.
3. I.Karimov “O`zbekiston: iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish
yo`lida”. T.”O`zbekiston” 1995 yil
4. I.Karimov «Islohotlar strategiyasi-mamlakatimiz iqtisodiy
salohiyatini yuksaltirishdir». “Zarafshon” 2003 yil. 20 fevral
5.A.A.Omonov,T.M.Қoraliev.”Pul va banklar” darslik.”Iқtisod-molija”,2018
6.I.I.Alimov,I.R.Tўjmuҳamedov,R.R.Tožiev.”Pul,kredit va banklar”,darslik.Čўlpon nomidagi našriët-matbaa ižodij uji.2011
7. SH.Abdullayeva, Pul va pul tizimi. T. “O`qituvchi”, 1997 yil
8. SH.Abdullayeva, Pul, kredit va banklar T. “Moliya”, 2000 yil
9. O’zbekiston respublikasida naqt pulsiz hisob kitoblar to’g’risidagi Nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 15- aprelda 1122- son bilann ro’yxatga olingan)
10. I.A.Karimovning Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida – T: “O’zbekiston”, 2005- 528b
11. A o’lmasov. Iqtisodiy bilimlar asoslari Toshkent – 2002.
12. O’zbekiston Respublikasi naqt pulsiz hisob kitoblar tog’risida Nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 15-aprelda 1122-son bilan ro’yxatga olingan)
13. I.A.Karimovning Bank tizimi , pul mumomalasi , kreddit , investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida –T: O’zbekiston , 2005.-528b.
14. A. O’lmasov . Iqtisodiy bilim asoslari Toshkent -2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |