M - muomaladagi pul miqdori;
V - pulning aylanish tezligi;
Р - o'rtacha tortilgan baho;
Q - tovarlar hajmi;
M l- bank depozitlari summasi;
VI - depozit - cheklaming aylanish tezligi.
Tovarlar uchun tolanadigan, muomaladagi pul miqdori
jami tovarlar bahosini ko'paytirilganiga tengligini e’tiborga
olib, Fisher quyidagi “ayirboshlash tengligi”ni ilgari surdi.
MV=PQ.
Fisher chap va o‘ng tomoni bir-biriga to‘g‘ri proporsional bolgan funksional tenglikka asoslangan holda, tovarlaming bahosi R muomaladagi pul miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri proporsional va tovarlar miqdori Q teskari proporsionaldir degan fikrga keldi. Fisheming funksional bogliqligidagi tengligidagi kamchilik shundan iborat ediki, u tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdorini malum bir davrdagi holatini shartli V va Q ning o'zgaruvchan darajasida e’tiborga olib, unga bogliq bolgan o‘zgaruvchan darajalar ikkita, ya’ni tovarlar hajmi va bahosini e’tibordan chetda qoldiradi.
Haqiqatda esa tovarlar hajmi iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o'zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga ta’sir ko'rsatadi hamda pul muomalasi va
bahoning shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan
birga, talddlash joizki, tovarlaming bahosi qator omillar
asosida o'zgarib turadi. Masalan, ishlab chiqaruvchilaming
monopol mavqeiga egaligi, davlatning ichki va tashqi
siyosati va boshqalar tovarlar bahosiga bevosita va bilvostia
ta’sir ko‘rsatadi.
Miqdoriy pul nazariyasining “tranzaksion varianti”
talimoti asoschilari, monetaristlar M.Fridman, K.Brunner,
A.Melttserlar hisoblanadi. A. Marshall, L.Valrasning
iqtisodiyotda muvozanatlik modeliga asoslangan holda,
ular tovarlar bahosi va muomaladagi pul miqdori o’rtasidagi tenglik “nisbiy” baholaming o‘zgarishi natijasida avtomatik tarzda muvozanatlashadi. Monetaristlar ushbu tenglikning o‘zgarib turishini iqtisodiyotdagi pul massasi bilan boglaydilar, shuningdek M. Fridman tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashda nafaqat naqd pullar (banknotlar va tangalar)ni, balki tijorat banklaming tranzaksion hisobvaraqlaridagi (talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar, depozit sertifikatlar va muddatli depozitlar) qoldiq mablaglami ham inobatga olish zarurligini talddlaydi.
Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga
qator yangicha holatlami kiritishdi. Xususan:
- birinchidan, ular pul massasi va bahoning o'zaro birbiriga
to‘g‘ri proporsionalligidan voz kechdilar, faqat
bozorga taklif etilayotgan tovarlar hajmining baholarga
ta’siri haqidagi talimotni yoqladilar;
- ikkinchidan, ular pul birligi aylanish tezligini e’tirof
etadilar, biroq bunga jiddiy e’tibor qaratishmaydi;
- uchinchidan, ular I.Fisheming tovarlar hajmining
o'zgarmas sharoitida muomaladagi pul miqdori jami
tovarlar bahosini ko'paytirilganiga tengligini inkor etadilar;
- to'rtinchidan, takror ishlab chiqarish sharoitida turli
darajadagi tebranishlami aniqlashda pul massasi
dinamikasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligiga
ishonadilar, pul-kredit siyosatiga esa iqtisodiyotni
rivojlantirishning moliyaviy mexanizmi sifatida qaraydi.
Kembrij maktabi vakillarining qarashlari I. Fisher
talimotidan farqli olaroq, odamlaming qollarida pul
ushlab turishlariga asos bo'luvchi pulning ikki xususiyatini
ajratib ko’rsatishadi.
Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi.
Subyektlar bitimlami amalga oshirayotgan vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi. Kembrij maktabining vakillari Fisheming pulga bolgan talab bitimlar hajmiga bog’liq va pulning bitimlami amalga oshirishi uchun talabi nominal YalMga proporsional ekanligi to‘g‘risidagi fikriga qo'shiladilar.
Ikkinchidan, pul boylikni saqlash vositasi: modomiki,
pul boylikni saqlash vositasi ekan, pulga bolgan talab
ushbu boyliklar miqdoriga ham bogliq degan fikrni ilgari
suradi. Boyliklaming oshishi bilan subyektlarda ularni har
xil aktivlarga joylashtirish zaruriyati tug‘iladi. Natijada Kembrij maktabining olimlari pulga bo’lgan talab nominal YalMga proporsional degan xulosaga kelishdi va pulga bolgan talab funksiyasini quyidagi tenglama tarzida ifoda etishdi
Do'stlaringiz bilan baham: |