Mavzu: Pul muomilasining tuzilishi. Inflatsiya Reja Kirish



Download 247,92 Kb.
bet9/10
Sana15.04.2022
Hajmi247,92 Kb.
#552924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi
68 потрясающих онлайн, , Курс иши (1), Mustaqil ta2 (3), mehnat resurslari iqtisodiyoti, BMI SHABLON!, Termodinamikadan grafikli masalalar, ustozim, ustozim, Kompyuterlarnin, 2-mavzu, Informatika fanidan test, Диля, Диля, Диля
2. Hisob stavkasi siyosati – pul muomalasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish chorasi. U hisob stavkalarining turli variantlarini qo‘llashda ifodalanadi. Ya’ni stavkalar turli vaziyatlarda turlicha miqdorda belgilanadi yoki moliyaviy qudrati har xil bo‘lgan tashkilotlarga stavkalar darajasi har xil (boshrog‘iga ko‘proq, oxirigacha pastroq) qilib belgilanishi. Kredit faoliyatini boshqarish uchun qo‘llaniladi.

3. Minimal zaxiralar siyosati – bu pul-kredit siyosatining eng katta chorasidir. Tijorat banklari Markaziy bankining hisoblarida saqlashga majbur bo‘lgan zaxiralar me’yorini variatsiya qilishda ifodalanadi. Tizimdagi kredit massasini tez siqish yoki kengaytirish uchun vosita sifatida qo‘llaniladi.

Emissiya banki o‘z vositalari (choralari) yordamida xaridorlarda pullarning bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ularning miqdorini kamaytirar yoki ko‘paytirar ekan u buning uchun faqat impuls (turtki) bera oladi, xolos. Monetar impulslarni ko‘chirish shuning uchun ham shunday mexanik aloqaga eng kam darajada mos keladi.

Pul-kredit siyosati
Pul-kredit siyosati – pul emissiyasining hajmini, pul massasining kattaligi va tuzilmasini inflyatsiya o‘sishining oldini olish va iqtisodiyotning barqaror o‘sishini qo‘llash uchun tartibga solish.


Kredit – odatda, foiz to‘lab qaytarilish sharti bilan pul yoki tovar shaklida beriladigan ssuda, uning harakati davomida kreditor va qarzdor o‘rtasida ma’lum iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.
Kredit munosabatlarining mohiyati shundaki, almashinish ekvivalentini to‘lash muddatlari bilan variatsiyalarni qo‘llash (variatsiyalash) iqtisodiy tizimdagi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish sikllarining vaqtincha mos kelmasligini bartaraf etish imkonini beradi. Kreditning asosini bitishuvning ssuda deb ataluvchi tipi tashkil qiladi.
Inflyatsiyaga qarshi aniq o‘ylangan siyosat o‘tkazish milliy valyutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o‘matish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo‘llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi. Inflyatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o‘sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘Iab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilishi zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar yetarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olib ketishiga, oxir oqibatda inqirozlarga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora о‘sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izidan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashuvi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi.
Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o‘z navbatida import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valyuta biijalarida valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash valyuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining 95 foizga yaqini AQSH dollarida amalga oshirilishini inobatga olib, so'mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo'ljal sifatida so‘mning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi.Shunga muvofiq, so‘mning AQSH dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSH dollariga nisbatan kurslari Jodinamikasi va ichki valyuta bozorida so‘mning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi ta’siri ostida shakllandi. Mazkur davrda so‘mning Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan almashuv kursi 11 foizga, Yevroga nisbatan 2,8 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 15,8 foizga, Yaponiya ienasiga nisbatan 17 foizga va Janubiy Koreya voniga nisbatan 8,7 foizga pasaydi. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Pul-kredit sohasida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlariga muvofiq iqtisodiyotning oshib borayotgan pulga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan prognoz ko‘rsatkichidan oshirmaslik maqsadlariga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi natijasida undagi ko‘rsatilgan bir qator vazifalar ham mamlakatimizdagi milliy valyutani mustahkamlash siyosatida o‘ziga xos samara beradi. Jumladan:
- ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;
- bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklaming kapitallashuv darajasi va depozit bazasini
oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish.O'z navbatida, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan pul bozoridagi operatsiyalari muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga qaratildi.

Xulosa
Ushbu yozilgan kurs ishidagi keltirilgan ma'lumotlar va misollardan quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:

  • Pul bozor tizimining universal va eng likvidli iqtisodiy vositasi sifatida iqtisodiy oflchov, muomala va jamg‘arish funksiyalarini bajaradi.

  • Pulning iqtisodiyotda o‘z vazifalarini bajarish jarayonida to‘xtovsiz harakatda bo‘lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo'ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turishi pul muomalasi deyiladi.

  • Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.

  • Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bulaming hammasi birgalikda pul agregati deb yuritiladi

  • Pul muomalsining qonuni- bu muayyan vaqtda muomaladabo‘ladigan pul miqdori jami sotiladigan tovarlar narxining summasi va pul oborotining (harakatining) tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Qancha pul zarurligi, bu pulga talab bo‘lib, buni oldi-sotdi ko‘lami, olib-sotarlik ishlari miqyosi, har ehtimolga qarshi pulga ega bo‘lish ishtiyoqi va pulning naqadar tez qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turishi yuzaga keltiradi. Pulga talabni hamma subyektlar bildirsa, biroq uning taklifi davlat nomidan ishlovchi Markaziy bank qo‘lida bo‘ladi.

  • Muomilani ta'minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi, pul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bogMiq boMadi.

  • Makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib, u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog‘oz pul birliklarining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o‘sishida ifodalanadi.

  • Inflatsiya qanday borishi jihatidan erkin bozor inflatsiyasi va davlat bostirib turadigan inflatsiyaga, shiddati jihatidan o‘rmalovchi, yo‘rg‘alovchi va tez yuguruvchi — giperinflatsiya ajratiladi.

  • Kelib chiqish sabablariga ko‘ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi farqlanadi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to'liq foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiqadi. Taklif inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o‘sish sur’atiga ko‘ra inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya kabi turlari farqlanadi.

  • Kredit bo‘sh turgan pul mablagMarini ssuda fondi shaklida to‘plash va ulami pulga muhtoj boMib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz toMovlari bilan qaytaris.i shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.

  • Inflatsiya darajasini narxlarning naqadar o‘sishi belgilaydi. Inflatsiya me’yorida boflganda (yiliga 10—12 %) bu iqtisodiyot uchun xavf tug'dirmaydi, aksincha pul inyeksiya orqali iqtisodiyotning o‘sishiga ko‘mak beradi. Iqtisodiyot ishtirokchilari me’yoridagi inflatsiyaga moslashadilar. Davlatning moslashuv tadbirlari inflatsiyani hisobga olib foizini o‘zgartirishdan, daromadlar indeksatsiyasini o‘tkazishdan iborat bofladi. Inflatsiya me’yoridagi cheagaradan chiqib ketganda davlat anti inflatsion tadbirlami qo‘llaydi.

  • Anti inflatsion chora tadbirlar bevosita va bilvosita bòlishi mumkin. Bundab tashqari inflatsiya darajasini pasaytirish uchun davlat budget siyosati,soliq siyosati,baho siyosati,kredit-moliya siyosati,sanoat-investitsiya siyosatini qo'llaydi.




Download 247,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa