Mavzu: pul muomalasi qonunining iqtisodiy mohiyati


Pul muomalasi va pullarning aylanishi



Download 66,48 Kb.
bet5/11
Sana13.02.2022
Hajmi66,48 Kb.
#446857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pul muomulasi

Pul muomalasi va pullarning aylanishi

Pul muomalasi — bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi, tashqi iqtisodiy aloqalar tizimidagi, tovarlar va xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo‘jaligidagi tovarsiz to’lovlarga xizmat ko‘rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir. Tovar ishlab chiqarish pul muomalasining obyektiv negizi bo’lib , undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga: tovarlarning o'ziga va tovar pullarga bo’linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga oshiriladi.


Shunday qilib, pul muomalasi jarayonlaridan pul aylanishi tushunchasini ajratib olish mumkin.
Pul aylanishi — naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul belgilarining uzluksiz harakat jarayonidir. Qiymatning o'zidan ajralganlik hozirgi pul aylanishining o ‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi pul aylanishi metall pullar muomalasi sharoitidagi kabi qiymatli emas, chunki pul belgisining qiymati nominaldan ancha kam va uning ahamiyati bo’lmasligi mumkin. Pul aylanishi pul mablag’lari harakatining muayyan yo’llaridan tarkib topadi:
1) mablagiarning markaziy bank bilan tijorat banklari o ‘rtasidagi harakati. Bunday harakat pul mablagiari emissiyasi jarayonlari va tijorat banklari mablagiarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxiralash fondiga ko'chirilishi bilan bogiiq. Tijorat banklarining kreditlash jarayonlari munosabati bilan pul mablagiarining ko'chirilishini ham shunga kiritish mumkin;
2) pul mablagiarining tijorat banklari o ‘rtasidagi harakati. Bu holda ushbu banklarning mijozlariga Xizmat ko'rsatish bilan bog’liq pul ko'chirishlar yoki tijorat banklarining o ‘zaro kreditlashlari nazarda tutiladi;
3) firmalar va tashkilotlar o ‘rtasidagi harakat. Pul mablag’larining ushbu iqtisodiy subyektlar o'rtasidagi harakati tovarlar aylanishi va bunday tovarlar aylanishidagi, shuningdek, o‘zaro talablarni hisobga olishdagi haq to’lash jarayonlari bilan bogiiq;
4) banklar, firmalar va tashkilotlar o‘rtasidagi harakat. Pul mablagiarining ushbu subyektlar o'rtasidagi harakati asosan kreditlash va qarz majburiyatlarini hisobga olish operatsiyalari, shuningdek, pul mablagiarini saqlash va ko‘chirishga doir operatsiyalar bilan
Bog’liq;
5) banklar va aholi o ‘rtasidagi harakat. Pul mablagiari iste’molchilik kreditini berish va pul mablagiarining aholining daromadlarini saqlash hamda ko‘paytirish maqsadlaridagi harakatiga doir faol jarayon sababli ko‘chiriladi;
6) firmalar, tashkilotlar va aholi o ‘rtasidagi harakat. Pullar harakatining bu
yo’li mablagiarning tovar aylanishi operatsiyalariga haq tol‘lash va uy xo‘jaliklarining xodimlar mehna tiga haq to’lashi munosabati bilan ko‘chib yurishidan iborat bo'ladi;
7) banklar va moliya institutlari o ‘rtasidagi harakat. Pul mablag‘larining ushbu iqtisodiy munosabatlar subyektlari o ‘rtasidagi harakati o‘zaro kreditlash operatsiyalari va iqtisodiy foyda olishga yoki uchinchi subyektlarning muayyan operatsiyalarini rasmiylashtirishga yordam beruvchi boshqa moliyaviy harakatlar doirasida amalga oshiriladi;
8) moliya institutlari va aholi o'rtasidagi harakat. Pul mablag‘larining bu holdagi harakati aholining, odatda, o ‘z daromadlarini ko‘paytirish maqsadida muayyan moliya operatsiyalarini bajarishi bilan bog’liq;
9) jismoniy shaxslar o‘rtasidagi harakat. Pul mablag’lari harakatining bu yo‘li eng sezilmaydigan, lekin pul mablag‘larining qayta taqsimlanishi tizimidagi eng muhim yo‘llardan biri hisoblanadi, chunki u mablag’larning aholi o‘rtasida ko'chib yurishidan iborat. Odatda, bunday ko‘chib yurishning maqsadi maishiy masalalarni hal etish va o‘z oilasi a ’zolari farovonligining muayyan darajasini tutib turishdir.
Pul mablag’lari harakatining har biri bo‘yicha muqobil harakat ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, pullarning aylanishi ko‘p yo'nalishli boMadi va xo‘jalik faoliyati subyektlarini qamrab oladi.
To‘lov aylanishi ushbu mamlaka tda amal qiladigan to‘lov vositalarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir. Boshqacha aytganda, pul aylanishi deganda to’lov vositalarining shaklidan qat’i nazar bunday barcha vositalaming majmui tushuniladi. Bevosita pul mablag‘larining harakati va cheklar, depozit sertifikatlari va veksellaming ko‘chib yurishi shunga kiradi. Pul aylanishi to ‘lov aylanishining bir qismidir.
Pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul belgilarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir.
O‘z navbatida pul aylanishi to ‘lov vositalari muomalasining ikki shakliga: pul muomalasi (yoki naqd pullar aylanishi) va pul-to‘lov aylanishiga bo’linadi.
Pul muomalasi pul aylanishining naqd pul mablag’lari muomalasi, pul belgilarining biryuridik yoki jismoniy shaxslardan boshqa shaxslarga doimiy tarzda o ‘tib yurishi bilan bog’liq qismidir. Boshqacha aytganda, bu iqtisodiy subyektlar o'rtasidagi muomalada qatnashadigan bevosita naqd pul massasidir. Shu tufayli pul muomalasini ba ’zan naqd pullarning aylanishi deb ham atashadi.
Pul-to‘lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo‘lib, unda pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat’i nazar to ‘lov vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy subyektlar o'rtasida naqd pullik va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag'lari ko‘rib chiqiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, iqtisodiyotda pul muomalasi umumiy pul aylanishida kam qismni egallashi kerak, lekin u katta ahamiyat kasb etadi, chunki aholi daromadlarining katta qismining olinishi va sarflanishiga xizmat ko'rsatadi.
Lekin shunga qaramasdan, ishlarning bunday ahvoli faqat Rossiya iqtisodiyoti kabi o‘tish yoki yetarli rivojlanmagan iqtisodiyotlarda kuzatiladi. Bu shu bilan bog‘liqki, rivojlangan iqtisodiyotlarda elektron pullar tobora ko‘proq ommalashgan bo'ladi.
Bunday pul vositalari mijozlarning bank muassasalaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha faqat texnik uskunalar yordamida ishlatish mumkin bo‘lgan elektron uzatmalardagi yozuvlardir. Bunda ushbu yozuvlar tabiiy ravishda mijozlarning hisobvaraqlaridagi naqd pulsiz mablag‘lar hisoblanadi. Plastik karta va axborotni o‘qish hamda bank bo'limi bilan aloqa tizimi texnik vositalar hisoblanadi. Amalda tovarlar va xizmatlar uchun haq to'lash vositasi sifatida plastik kartochkalarni qabul qilish va hisobga olish vositalarining hamma joyda ommalashuv iqtisodiyotdagi naqd pul mablag’lari hajmining kaniayishiga va naqd pulsiz aylanish rolining yalpi oshishiga olib kelmoqda.
Shunday qilib, bank xizmatlari bozori ravnaq topgan sharoitda bunday holat buziladi va naqd pullarning aylanishi asosiy omil bo’lmay qoladi.
Naqd pulsiz pul aylanishi — banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o ‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir. Shunday qilib, naqd pulsiz pul aylanishi bevosita pul belgisining bo‘lmasligini nazarda tutadi va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishga, mos ravishda, naqd pulsiz aylanishni shakllantirishga imkon beradigan rivojlangan bank tizimi amal qilmay turib bunga erishib bo’lmaydi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati iqtisodiyotda naqd pulsiz pul aylanishi amal qilishining zaruriy sharti hisoblanadi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tamoyillari:
1) ular mijozlarga mablag‘larni saqlash va o ‘tkazish uchun ochiladigan bank hisobvaraqlari bo'yicha amalga oshiriladi;
2) hisobvaraqlardan to'lovlar banklar tomonidan hisobvaraqlar egalarining farmoyishi bo'yicha to ‘lovlarning ular belgilagan navbatliligi tartibida va hisobvaraqdagi mablag’larning qoldig’i doirasida amalga oshirilishi lozim;
3) banklar mijozlarning shartnomali munosabatlariga aralashmaydi;
4) to’lovning shartno’lalarda, Moliya vazirligi yo'riqno’lalarida nazarda tutilgan muddatlar asosidagi muddatliligi;
5) to’lovning ta ’minlanganligi, to ‘lovchida (yoki uning kafilida) pullarni oluvchi oididagi majburiyatlarni uzish uchun qo’llanilishi mumkin likvidli mablag’larning mavjudligi.
Shunday qilib, naqd pulsiz aylanish to’lovning ushbu tamoyillari va shartlarining bajarilishini nazarda tutadi. Iste’molchilar bilan sotuvchilar o ‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitobning amal qilishiga ehtiyojning oshib borayotganligini qayd qilish kerak. Bu tovar aylanishi jarayonida tobora ko'proq qo’llanilayotgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining qulayligitii nisbatan xavfsizligi bilan bog‘liqdir. Yana shunga ham e’tiborni qaratish kerakki, naqd pulsiz aylanishning o'zida ham ayrim o'zgarishlar yuz berdi va hozirgi vaqtda u nafaqat bank mijozlarining hisobvaraqlari bo'yicha yozuvlardan, shu bilan birga bankning ko’lpyuterdagi ma’lumotlar bazasida u yoki boshqa hisobvaraqdagi holatga tegishli yozuvlardan ham iborat. Bunday evolutsiya naqd pulsiz aylanish shakli sifatidagi elektron pul vositalarining keng qo’llanilishi bilan bog’liq. Bunday holda pullar aynan ma’lumotlar bazasidan iborat bo’lib, unga faqat texnik vositalar yordamida kirib olisli mumkin. Naqd pulsiz aylanish hozirgi vaqtda nafaqat korxonalar, shu bilan birga uy xo'jaliklari va davlatlarni ham qamrab olgan. Shunday qilib, avtish mumkinki, naqd pulsiz aylanish iqtisodiy munosabatlarning har qanday subyektining pul aylanishiga nisbatan yetakchi pozitsiyani egallaydi.
Naqd pulsiz aylanishning to’laroq faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun quyidagi shartlarga rioya etish zarur:
1) ushbu operatsiyaning legitimliligi xususidagi qonuniy kafolatlarning mavjudligi;
2) pul mablag’larini tez va xavfsiz o ‘tkazishga zaruriyatning bo’lishi (ya’ni, tovar munosabatlarning yetarli rivojlanganligi);
3) rivojlangan bank tizimining mavjud bo’lishi (banklar filiallari, bo’limlari va ular o'rtasidagi vakillik munosabatlar ining mavjudligi);
4) xo'jalik subyektlarining o ‘z qarorlarini erkin qabul qilishi imkoniyati.
Shunday quib, naqd pulsiz pul aylanishi iqtisodiyotning muayyan rivojlanish darajasiga erishganligidan dalolat beradi va yanada ravnaq topish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi.
Davlatning pul aylanishiga ko‘plab o’lillar ta’sir ko‘rsatadi. Pul aylanishi tuzilmasi turli belgilar bo‘yicha belgilanadi:
1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab naqd pulsiz va naqd pullik pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega bo'ladi;
2) ushbu pul aylanishi xizmat ko‘rsatadigan munosabatlar tusiga qarab. Bu yerda pul-hisob-kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pulmoliya aylanishi ajratib ko‘rsatiladi;
3) pul mablag'larining harakati yuz beradigan subyektlarga qarab.
Ushbu tasnif bo'yicha quyidagilar ajratib ko'rsatiladi: pul mablag’larining yuridik shaxslar o ‘rtasida banklararo, banklarda aylanishi, yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi aylanish va, nihoyat, pul mablag‘larining faqat jismoniy shaxslar o ‘rtasidagi aylanishi.
Shunga mos ravishda, iqtisodiyotda qo‘llaniladigan pul aylanishi hajmiga
ta’sir qiladigan o’lillarning muayyan guruhini ham ajratish mumkin. Barcha o’lillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik o’lillarga ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning iqtisodiy o’lillari asosiy ahamiyatga va bevosita ta ’sir kuchiga ega bo'ladi.
Bunday o’lillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari, pul muo’lalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi.
Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan ehtiyojlarga muvofiq o ‘zgartirishga yoki pul aylanishining mavjud hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta’sir ko‘rsatadigan ushbu omilllar orqali ta’sir qilish mumkin.
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi o ‘zgarishlar siyosiy o’lillar hisoblanadi.
Texnik o’lillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur.
Bunday o’lillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o'tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o ‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi.
Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vositalarning keng o’lmalashganligi aholi o ‘rtasida ushbu to‘lov vositasining o’lmalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining qo‘llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag'lari qo‘llanilishi chastotasining ko‘payishi pul muo’lalasining umumiy tarkibida naqd pullaming kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o'zgarishiga olib keladi.
Pul muo’lalasining tezligi pul aylanishining muhim tavsifno’lasi hisoblanadi. Bu shu bilan bog'liqki, muayyan vaqt davomida (masalan, yil davomida) har bir pul birligi aylanishining soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, iqtisodiyotning normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining miqdori shunchalik kam bo‘ladi. Amalda pul massasi muomulasining tezligi daromad muomulasining tezligini ko'rsatadi.


    1. Download 66,48 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish