Mavzu: Pul-kredit siyosati Reja


O’zbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit siyosatini takomillashtirish yo’nalishlari



Download 311 Kb.
bet4/8
Sana16.01.2022
Hajmi311 Kb.
#371022
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Пул кредит сиёсат.и маъруза

4. O’zbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit siyosatini takomillashtirish yo’nalishlari.
O’zbekistonda mustaqillikka erishilganidan buyon xususiy mulkchilikni xar tomonlama kengaytirishga alohida ahamiyat berib kelinmokda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. CHunki kichik korxonalar bozor sharoitiga tez moslashuvchan va kam xarajat talab qiladigan sektor hisoblanadi. Umuman, bugungi kunda bozor iqtisodiyotining muhim talabi – kam mehnat sarflagan holda, ko’proq va sifatli mahsulot ishlab chiqarish, kishilarning talab va ehtiyojlarini to’la qondirish va shu asosida foyda olishdan iborat. Bunda ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuch xususiy tadbirkorlardir.

Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov o’z ma’ruzalarida oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlar haqida fikr bildirar ekan bizning bosh maqsadimiz odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o’rin egallash ekanligi va bu yo’lda o’tgan 2015 yilda muhim islohatlar amalga oshirilganligi ta’kidladilar.

“Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o’ylangan, uzoqni ko’zlaydigan keng ko’lamli Dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu Dastur mohiyat e’tibori bilan chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko’zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me’yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta’minlash, O’zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta” .

SHuni alohida aytib o’tish kerakki mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar jarayonida 2016 yil 1 yanvardan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik subektlariga «yagona darcha» tamoyili asosida Davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari faoliyat boshladi. SHuningdek, tadbirkorlik subektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi bo’yicha mutlaqo yangi mexanizm joriy etildi.

“SHuni ham ta’kidlashimiz zarurki, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytinglarida o’zining ijobiy ifodasini topmoqda. O’tgan yilning oktabr oyida Jahon banki «Biznes yuritish» reytingini e’lon qildi. Ana shu reytingda O’zbekiston faqat bir yilning o’zida 16 pog’onaga ko’tarilib, 87-o’rinni egalladi.

SHuni alohida qayd etish kerakki, «yangi biznesni qo’llab-quvvatlash» deb ataladigan mezon bo’yicha mamlakatimiz ayni paytda jahonda 42-o’rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo’yicha 32-o’rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qo’llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo’yicha 75-o’rinni egallab turibdi. «Kichik biznes subektlariga kredit berish» deb nomlanadigan ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston so’nggi uch yilda 154-o’rindan 42-o’ringa ko’tarildi va o’tgan yilning o’zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.

Jahon bankining ma’ruzasida O’zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o’nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.

Ana shu yo’nalishdagi islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000-yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga yetgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta’kidlashni istardim. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholimizning 77 foizdan ortig’i – shunga e’tibor bering – mazkur tarmoqda mehnat qilayotgani, o’z peshona teri bilan nafaqat o’z oilasini boqayotgani, balki mamlakatimiz boyligiga boylik qo’shayotgani, avvalo, mustaqillik bizga ochib bergan imkoniyatlarning yaqqol isboti, desam, ayni haqiqatni aytgan bo’laman.”

So’nggi yillarda O’zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo’yicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bir qator boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi bank tizimini shakllantirish, banklarnig moliya bozoridagi vositachilik rolini faollashtirish, ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, faoliyatini jahon bank amaliyotiga yakinlashtirish va pirovard natijada rakobatbardoshligining yuqori darajasiga erishishdir .

Banklarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qanchalik rivojlanishida o’rni beqiyos ekanligi hozirdan ma’lum. Davlat dasturlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish xamda texnologik yangilash uchun urta va uzok muddatli kreditlar berish ustuvor yunalishlar belgilab berilgan. Zero O’tgan yili bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish va investitsiyaviy faolligini kengaytirish ta’minlandi. Bank tizimining jami kapitali 2014-yilga nisbatan 23,3 foiz ko’payib, 7 trillion 800 milliard so’mga yetdi. So’nggi 5-yilda mazkur ko’rsatkich 2,4 barobar o’sdi. Bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3-marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko’rsatkichlardan 2-marta ko’pdir.

2015-yilda banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkollikka keng mikyosda xizmatlar kursatish, xususan kreditlash (Imtiyozli kreditlash maxsus jamgarmasidan kreditlash ) yanada ortadi. 2015 yilda iqtisodiyotning real sektoriga yunaltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 42% ga ko’paydi. 2015 yilning oxiridagi xolat bo’yicha ichki manbalar hisobidan berilgan kreditlarning tijorat banklari umumiy kredit portfelidagi yalpi ulushi 85,1%ni tashkil etdi. Tashki karzlar asosan uzok muddatga, fakat iqtisodiyotning strategik tarmoklani modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini kullab-kuvvatlash bo’yicha investitsiya loyixalarini moliyalashtirish uchun jalb qilindi. Banklar kredit portfeli tarkibida xam sifat uzgarishlari ruy bermoqda. Umumiy kredit portfelida uzok muddatli, ya’ni 3 yildan ortik muddatga beriladigan investitsiya kreditlarinig ulushi 2000 yilning oxiridagi 35 %dan 2015 yilning oxiri da 81 %ga usdi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Banklar - iqtisodiyotimizning lokomotivlaridir» degan edi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi borasida mulkiy munosabatlari rivojlanib, davlat mulki yildan yilga kamayib, uning o’rnini xususiy soxa – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari egallab bormokda. 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi ushbu sektor ulushiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2015 yilga kelib, ayni shu ko’rsatkich 56.7 foizni tashkil etdi va 1.8 barobar oshganini alohida ta’kidlash lozim.

Markaziy Bank tijorat banklari bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlar ajratish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadalri uchun uzok muddatli kreditlar ajratish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, boshlang’ich kapitalni shakllantirish, mikrokreditlar berish kulamini kengaytirish borasidagi ishlarini davom ettirishi 2016 yilda ushbu sektorga ajratiladigan kreditlar hajmini kamida 1,5 barobar ko’paytirish vazifasi yuklatilgan. Uzbekiston banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan xamkorlikda Investitsiya loyixalari bo’yicha loyixa hujjatlari tayyorlashni moliyalashtirish jamgarmasini tashkil qilish zarur. Bu esa kichik biznes sub’yektlarinig biznes rejalarini tayyorlash sarf-xarajatlarini kamaytirish, ularning sifatini oshirish va kreditlar berish muddatlarini qisqartirish imkoniyatlarini yaratadi. Bank krediti respublika iqtisodiyotida muxim o’rin tutishi o’z - o’zidan aniq. U jismoniy va yuridik shaxslar moddiy texnika bazasini mustaxkamlashga ko’maklashib, asosiy va oborot ishlab chiqarish fondlarini tuzish, tiklash va ko’paytirish manbai bo’lib xizmat qiladi. Korxonalar va tashkilotlarga o’z mablaglari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul mablaglarini xo’jalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning o’sishi va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi.

Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning kredit liniyalarini jalb qilish orqali banklarning investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish maqsadida respublika tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting kompaniyalarining kreditga layoqatlilik reytinglarini olish bo’yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

SHuni alohida qayd etish lozimki, O’zbekiston bank tizimiga nufuzli xalqaro reyting kompaniyalaridan biri - «Mudis» reyting agentligi tomonidan xalqaro reyting bahosi berilganligi mamlakatimiz moliya tizimining barqarorligidan dalolat beradi.

Xususan, «Mudis» agentligi bir yo’la 3 ta yo’nalish bo’yicha respublika bank tizimiga «barqaror» reyting bahosini berdi. «Mudis» xalqaro reyting agentligining hisobotida ta’kidlanishicha, agentlikning ijobiy bahosi mustahkam bank nazorati tizimida, bank sektorining yuqori o’sish potensialida, moliya tizimining tarkibiy o’zgarishi va milliy iqtisodiyotning yuqori darajada o’sishida o’z ifodasini topdi.

“Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting olish uchun «Mudis», «Fitch Reytings», «Standart end Purs», «Tompson Faynenshl Bank Votch», «Japan Kredit Reyting Ejensi», «Reyting Ejensi Malayziya» kabi nufuzli xalqaro reyting kompaniyalari bilan o’zaro hamkorlik ishlari davom ettirildi.”

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining 12 tasi xalqaro «Mudis», «Fitch Reytings» va «Standart end Purs» reyting kompaniyalarining «barqaror» reyting bahosini olishga erishdilar (12.2-jadval).

SHuningdek, xalqaro amaliyot negizida banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning milliy individual reyting tizimini joriy etish maqsadida, O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi tomonidan Markaziy bank hamda qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan holda tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. SHunga muvofiq, «Axbor-Reyting» milliy reyting agentligi tomonidan 21 ta tijorat bankiga turli darajadagi reyting baholari berildi.




Download 311 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish