Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Giperinflytsiya taʼsirida pulning keskin qadrsizlanishi va toʻlov qobiliyatini yoʻqotib qoʻyishi, urushlar davrida muomalaga nihoyatda katta miqdordagi qogʻoz pullar va banknotalarni chiqarilishi, bir metall puldan ikkinchi metall pulga oʻtish, davlatning siyosiy mustaqillikka erishishi, alohida olingan hududda yagona valyutani muomalaga kiritilishi ham pul islohoti zaruriyatini keltirib chiqaradi.
2. Pul islohotining turlari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:
Bir metall puldan ikkinchi metall pulga oʻtish. Yevropada XVI-XVII-asrlarda mis tangalardan kumush tangalarga oʻtish amalga oshirildi. XVIII asrga kelib esa, kumush tangalardan oltin tangalarga oʻtish jarayoni tugallandi.
Pul tizimining bir shaklidan ikkinchi shakliga oʻtish. Bunda oltinmoneta standartidan qogʻoz va kredit pullari tizimiga oʻtish tushuniladi. Birinchi jahon urushi va 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi oltinmoneta standartini bekor boʻlishiga sabab boʻldi va barcha yevropa davlatlari qogʻoz va kredit pullari tizimiga oʻtishdi
Milliy valyutalarni oltinga yoki kumushga almashtirishni joriy qilish. Buyuk Britaniyada 1821-yilda, AQSHda 1879-yilda oʻtkazilgan pul islohotlari natijasida milliy valyutani oltinga almashtirsh joriy etildi. AQSH 1934-yildan 1974-yilgacha oʻzining dollarini oltinga 1 unsiya=35 dollar narxda xorijiy davlatlarga almashtirib bergan. Alohida olingan hududda yagona valyutani muomalaga kiritilishi.
Pul tizimini mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladigan ayrim tadbirlarning amalga oshirilishi. Bunda naqd pullarni emissiya qilish, ularni oltin bilan taʼminlash, valyuta kursini oʻrnatish tartibi oʻzgartiriladi. Masalan, AQSHda 1913-yilda 12 ta federal zaxira bankiga banknotalarni emissiya qilish huquqi berildi. Ushbu banknotalarning 40% oltin bilan, 60% tijorat veksellari bilan taʼminlangan edi. Bunga qadar banknotalar davlatning qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlanar edi.
Yangi pul tizimining paydo boʻlishi. Bunda yangi mustaqil davlatning paydo boʻlishi va yagona iqtisodiy makonga birlashgan davlatlar oʻrtasida yagona valyutaning muomalaga kiritilishi munosabati bilan yangi pul tizimining paydo boʻlishi tushuniladi.
Shuningdek, pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullarda: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chiqarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |