Qisqacha xulosalar
Pul to’lov, jamg’arish va qiymat o’lchovi funksiyalarini bajaruvchi, yuqori likvidli tovardir. Pul tushunchasi vaqatgina naqd pullar bilan cheklanib qolmasdan , uning tarkibiy elimentlari likvidlilik darajasi tushib borishiga qarab agregatlarga ajratilgan. Makroiqtisodiy tahlilda e’tibor ko’proq M1 va M2 agregatlariga qaratiladdi.
Pulga bo’lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab, ehtiyotkorlik vajidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yig’indisidn iborat.
Pulga bo’lgan talab hajmi YAIM (daromad) hajmi, baholar darajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga bog’liq.
Pul emissiyasi faqat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari ham kredit berib pul taklifini ko’paytirish qobiliyatiga ega.
Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chiqarish imkoniyati majburiy zahira normasini belgilash orqali tartibga solib turiladi.
Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblardagi mablag’lardan, balki aholi qo’lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi. Pul taklifi miqdori majburiy zahira normasi, deponentlash koefitsenti va pul bazasi miqdoriga bog’liq.
Mahsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida ham pulga bo’lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuqtada kesishadi. Mahsulotlar bozorida muvozanat nuqtani narxlar tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi belgilaydi.
Asosiy adabiyotlar
O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida”gi Qonuni, 1995yil. 21 dekabr` / O'zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo'yicha qonunchilik hujjatlari to'plami.T.: O'zbekiston, 2003., 18-.b.
Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutq. / Toshkent:-O’zbekiston. 2016.-56 b.
Mirziyoyev SH.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. - T.: O’zbekiston. 2017.-104 b.
Mirziyoyev SH.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”.-T.:O’zbekiston. 2017.-48b.
B.YU.Xodiyev, A.SH.Bekmurodov, U.V.G’ofurov, B.K.Tuxliyev. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2009, 9-25, 31-34 b.b.
Vechkanov G.S., Vechkanova G.R. Makroekonomika.2-e izd. -SPb.: Piter, 2010, 7-14 s.s.
Mariganova ye.A., SHapiro S.A. Makroekonomika. Ekspress kurs.: uchebnoye posobiye- M.: KNORUS, 2010, 10-28 s.s.
Samuel’son, Pol E., Nordxaus, Vil’yam D. Makroekonomika,18-e izd.: per. s angl,-M.: OOO «I.D. Vil’yams», 2009, 29-57 s.s.
Kiseleva ye.A. Makroekonomika: Ekspress kurs: uchebnoye posobiye.- M.: KNORUS, 2008,
Agapova T.A., Seregina S.F. Makroekonomika:Uchebnik.-7-e izd.pererab. i dop.- M.:Izdatel’stvo “Delo i servis”, 2005. 14-22 s.s.
Tarasevich L.S., Grebnikov P.I., Lusskiy A.I. Makroekonomika:Uchebnik.- 6-e izd. , ispr. i dop. –M.: Vissheye obrazovaniye», 2006, 12-28 s.s.
Саидова Г., Шадыбаев Т. Макроэкономика Т., ИПАК «Шарк» 2003, 34 -с..
Do'stlaringiz bilan baham: |