Mavzu: Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari



Download 10,37 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi10,37 Kb.
#369078
Bog'liq
Mavzu kp 1


Mavzu: Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari.

Reja


1.Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari

2.Psixologiyani ko’rinishi va sohalari

3.Psixologiya sohalarining mezonlari bo’yicha ajratilishi

Qiyosiy metod («ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi. Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish.Qiyosiy va longityud metodlari o’z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko’p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-birini to’ldiradi.Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o’rtasidagi aloqalar va bog’liqliklarni o’rnatish imkonini beruvchi o’rganish usuli. Suhbat metodi o’rganilayotgan muammoni qo’shimcha ravishda yoritib berish uchun yordamchi vosita bo’lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali psixologik axborotga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita yo’l bilan ega bo’lishni ko’zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so’rovnoma varag’idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo’llaniladigan metodik vosita. Sosiometriya – o’zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo’llash uning validligi (oldindan belgilab qo’yilgani bo’yicha baholash uchun mos kelishi) va ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini beruvchi) bog’liqdir.Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori samaradorligini aniqlash mumkin bo’lgan mezonlar.



Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi, shuningdek, psixikaning moddiy, neyrofiziologik asosga ega ekanligi haqidagi sifatiy o’ziga xoslikni saqlagan holda psixofiziologik birlik tamoyilidan kelib chiqadi. Lekin olamning psixikada aks etishi faqat miyada sodir bo’ladigan hodisalar chegarasidan chiqadi. Odam psixikasi tashqi o’zaro aloqalar, inson faoliyatining xususiyati, uning turmush tarzidan vosita sifatida foydalanadi. Psixikaning faoliyati – bu miyaning harakatsizligi mahsuli bo’lmasdan, aksincha, uning olam bilan ijtimoiy-madaniy asosda faol o’zaro ta’sirlashuvining mahsuli.Odam psixikasi hayotiy faoliyatning biologik shaklidan ijtimoiy-tarxiy shakliga o’tishi bilan o’zgaradi, ong ko’rinishiga ega bo’lib, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasidan foydalana boshlaydi. Psixikaning o’zini-o’zi boshqarish xususiyatining asosiy vositasi bo’lib inson tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarilgan belgili tizim – nutq xizmat qiladi. Inson ongi, uning psixikasi biologik emas, balki, tarixiy, ijtimoiy sabab asosida yuzaga kelgan mahsulotdir.Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o’zidan emas, balki mustaqil fan bo’lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat.Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog’liq bo’lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o’rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo’lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo’limlarining rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi.Bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o’rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), ta’lim tizimida o’qituvchi o’quvchi munosabatlari o’qituvchining psixologik xususiyatlari, ta’limni boshqarish jarayonlari va boshqa holatlarni kiritishimiz mumkin.

Turli mualliflar psixologiyaning 100dan ortiq sohalarini sanab o’tadilar. Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan.Shuningdek, psixologiyaning maxsus bo’lim va yo’nalishlari ham mavjud: differensial psixologiya (odamlar o’rtasidagi individual tafovutlarni o’rganadi), qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi (gerontopsixologiya), aviatsiya psixologiyasi.Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo’lib bormoqda, oxirgi yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya, tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi, o’sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov psix-ologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi, psixologik adabiyotshunoslik, eshitish qobiliyatlar psixologiyasi, ko’zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush ko’rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi, inqirozli va xavfli vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik psix-ologiya, taqdir psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiya-si, xususiylik psixologiyasi, o’quv faoliyat psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq-atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat muloqoti psixologiyasi, o’qituvchi psixologiyasi, tashqi ko’rinish psix-ologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, savdo-sotiq psix-ologiyasi, OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psixologiyasi, erkaklar psix-ologiyasi, din psixologiyasi, tomalogiya, qo’rquv psixologiyasi, o’lim psixologiyasi, muqobil psixologiya va boshqalar faol shakllanib bormoqda.
Download 10,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish