Mavzu: Psixologiyada shaxsning intelektual rivojlanishi



Download 85,37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.05.2020
Hajmi85,37 Kb.
#48684
Bog'liq
2 5242543377643210092



 

Kasbiy psixologiya mustaqil talim 

Mavzu: Psixologiyada shaxsning intelektual rivojlanishi 

Reja: 


1. Shaxs haqida tushuncha 

2. Shaxsning faolligi 

3. Shaxsning shakillanishiga ta'sir qiluvchi omillar 

4. Shaxsning malaka va omillari 

 

Har bir odam tugilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, malum jamoada - oilada yashaydi. 



Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga 

– voqelikni biluvchi hamda uni ozgartiruvchi subektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz 

hamma kishilarni - normal odamlarni, yangi tugilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ degan 

tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. Biz jamiyatda biror 

foydali mehnat bilan shugullanuvchi kishini shaxs deymiz. Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi 

kishilar va narsalar bilan bolgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar ortasida 

yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon boladi. Odam boshqa kishilar bilan bolgan 

munosabatlardagina shaxs bolib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, 

faoliyatni biror turi bilan shugullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bola 

oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil insondir. 

Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - bu shaxsning bir 

necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament 

(mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yigindisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil 

vazifalarni bir - biriga oxshamagan rollarni bajaradi. Bazi bolalar oilada erkatoy, injiq bolsa, maktabda 

tengdoshlari ortasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq boladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror 

sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bolib yurishi mumkin. Kopincha kishi turli vaziyatlarda 

oxshash sifatlarni namoyon qiladi. 

Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga 

bolgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini 

ozgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bogliqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan 

ozgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va ozaro bogliqligidan iborat bolgan 

murakkab birlikni, yani dinamik tuzilishni hosil qiladi. 

Shaxsni psixologik jihatdan organish oz tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi: 

1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - 

atvorni oldindan kora olish imkonini beradi. 

2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib korsatishni talab etadi. Bu qismlarning 

yigindisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el psixologiyasida ikkita omil, yani biologik va 

ijtimoiy omillarning tasiri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi 

nazariya kozga korinarli orinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) 

azolariga bolinadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bolgan “endopsixika” biologik shart 




- sharoitlarga bogliq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bogliqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi 

shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” 

bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qoyadi. Biroq shaxsning 

tarkib topishi, tuzilishiga tasir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar masalasiga yondoshishning boshqa 

imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday tadqiqot otkazilgan: tadqiqotda boyi 80 - 130 sm. dan 

oshmaydigan kishilar shaxsining tuzilishida kop jihatdan oxshashlik borligi aniqlangan. Ularda 

bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yoqligini korish mumkin ekan. 

 

2. Shaxsning faolligi 



 

 

Shaxs ozining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda boladi. Shaxsning 



faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga korsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit 

bilan faqat odamlar emas, Muhammadali: 

hayvonlar ham ozaro munosabatda boladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, 

odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni ozgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi 

uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon boladi. XX asr boshlarida yashagan avstriyalik 

psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi: “Odam ozining avlodlaridan nasliy yol bilan 

otgan instinktiv mayllarning namoyon bolishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar 

shaklida namoyon boladi”. Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan boglaydi. Shaxsning faolligini 

hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi togri hal qilib beradi. Ularning fikricha, inson shaxsiy faolligining 

asosiy manbai uning ehtiyojlaridadir. Odamning ehtiyojlari faollik korsatishga undaydi. ehtiyoj - shaxs 

faolligining manbai sifatida namoyon boladigan va uning aniq yashash sharoitiga bogliqligini 

ifodalovchi holatdir. ehtiyojlar paydo bolishiga kora, moddiy (tabiiy) va manaviy (madaniy) 

ehtiyojlarga bolinadi. Moddiy ehtiyojlarga uxlash, jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq va sovuqdan 

saqlanish, uy - joyga bolgan ehtiyojlar kiradi. Manaviy ehtiyojlarga kishilarning ijtimoiy ong 

mahsulotlariga bolgan muhtojligi kiradi. Bunday ehtiyojlarga - ozaro suhbatlashish, kitob oqish, kino - 

teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi. Biz moddiy ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar 

asosida qondiramiz. Moddiy va manaviy ehtiyojlar albatta qondirilishi shart. 

Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon boladi. Qiziqish- shaxsning oliy nerv 

faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan bogliq bolgan munosabatidir. Qiziqishlar 

moddiy, manaviy, salbiy, ijobiy, davomli, qisqa muddatli boladi. qiziqishlar asosida shaxsning 

dunyoqarashi va ishonch - etiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz 

kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining oz motivlari boladi. MOTIV - malum ehtiyojlarini qondirish bilan 

bogliq bolgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining moxiyatini 

tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning namoyon bolishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar 

bilan bogliqdir. SHuning uchun motivlar bir - biridan ehtiyoj turiga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy 

ehtiyojning qondirilishi bilan bogliq bolgan motivlar yoki manaviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan 

bogliq bolgan motivlar bolishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bolishi mumkin. 

Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo osha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. 

Demak, motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sabablardir. 

Xatti - harakatlarning muhim motivi etiqoddir. eTIqOD - shaxsni oz qarashlari , tamoyillari

dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar 

ham xatti - harakat motivlari bolib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bolmagan yashash va 




taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar oz ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar 

orasida eng kop organilgan masala korsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N. Uznadze va 

uning xodimlari tomonidan ishlangan. Korsatma berish deganda, bilish faoliyati bilan bogliq bolgan 

ehtiyojlarni malum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Masalan, talabalar oqituvchilar 

beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar. 

 

3. Shaxsning shakllanishiga tasir qiluvchi omillar 



 

 

Shaxsning shakllanishi haqida ikki oqimning fikrini keltirish mumkin. Biogenetik yonalish va 



sotsiogenetik yonalish. Biogenetik yonalish tarafdorlarining fikricha, inson shaxsi va shaxsiy 

xususiyatlar faqat bitta omil, nasliy xususiyatlarning tasiri bilan yuzaga keladi. Ular tashqi muhit va 

talim - tarbiyaning rolini tan olmaydilar. Sotsiogenetik yonalish tarafdorlari eksperimentlarning 

rivojlanishi bilan bogliqdir. Ushbu yonalish asoschilaridan biri Jon Lokk yangi tugilgan bolaning 

miyasini toza taxtaga oxshatadi. Goyoki, uning miyasiga kattaMuhammadali: 

lar xohlagan narsasini yozishlari mumkin. Ular tajribani ikkiga ajratadilar: tashqi va ichki tajriba. 

Yonalish tarafdorlarining fikricha, tashqi tajriba - bu moddiy dunyoni narsalarning tasiridan hosil 

boladigan bizning sezgilarimizdir. Ichki tajriba esa ruxning mustaqil harakatidir. Buni refleksiya deb 

ataydilar. Ular tashqi tajriba - sezgilar ichki tajriba-refleksiya bir - biriga bogliq emas, degan fikrga 

otib ketdilar. Ular shaxsning tarkib topishi faqat talim - tarbiyaning tasiriga bogliq deb, tashqi muhit 

va biologik omillarning tasirini tan oladilar. XIX asrning ikkinchi yarmida biogenetik qonun degan 

oqim kirib keldi. Biogenetik qonun biologiyaga xos bolgan ommaviy qonundir. Bu qonunga kora, 

odam onaning qornidan to tugilguncha kop ming yillik evolyutsion taraqqiyotni bosib otadi, yani 

uzoq evolyutsion taraqqiyot yolini qisqa muddatda takrorlaydi. Biologik qonun namoyondalaridan 

Myuler va Gekkellar odam tugilguncha butun evolyutsion taraqqiyotni qisqa muddatda takrorlar 

ekan, tugilgandan song to shaxs bolib tarkib topguncha tarixiy taraqqiyotni takrorlaydi, degan fikrni 

bildirgan. Muhammadali: 

Inson shaxsining individual (ontogenetik) taraqqiyoti butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining 

(filogenetik) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlashdir. Ular ozlarining nazariyalarini bolalarning turli 

yosh davrlarida namoyon boladigan faoliyat turlari orqali tushuntiradilar. Masalan: nemis psixologi 

V.SHternning fikricha, yangi tugilgan chakaloq odam emas, balki sut emizuvchi hayvondir. U olti 

oylikka etganda maymunlar darajasiga etadi, ikki yosh bolganda maymunning odamga aylanish 

davrini eslatadi. 5 yoshda ibtidoiy poda bolib yashagan qadimgi odamlar darajasiga etadi. 1 - sinfga 

borganda ibtidoiy jamoatchilik davrini eslatadi. Kichik maktab yoshida esa ortaasrlar davrini eslatadi. 

YUqoridagi nazariyalar uchta omilning (irsiyat, muhit, tarbiya) birgalikdagi tasirini tushuntirib bera 

olmadilar. Shaxsni shakllanishiga ushbu omillar birgalikda tasir etadi.Ijtimoiy muhit - avvalo oila 

muhiti bolib, bola tugilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida ijtimoiy munosabatda bolib 

yashaydi. Shaxs tashqi muhitdan turli ijtimoiy munosabatlarni ozining faoliyati orqali singdirib, oz fel 

- atvoriga aylantirib boradi. Bolalarning hammasi oyin faoliyati bilan shugullanadi. Oyin bolalar uchun 

dunyoni bilish qurolidir. U kattalarning xatti -harakatlariga taqlid qilish orqali oynaydi. Ijtimoiy 

muhitning shaxs shakllanishiga tasiri kuchli. Masalan, yangi tugilgan bolani hayvonlar orasiga qoshib 

qoyilsa xatti - harakatlari hayvonlarnikiga oxshaydi. Bola tili ham ijtimoiy muhitga bogliq.Irsiyat orqali 

ota - onasidan bolaga otadigan xususiyatlar yordamchi omil sifatida tasir etadi. Tugma layoqatlar 

nasliy yol orqali imkoniyat tarzida beriladi. Bu imkoniyatlar malum sharoit bolgandagina ruyobga 




chiqadi. Bolaga nasliy, organizm, shartsiz reflekslar, analizator apparatlari, miya, tashqi belgilar, 

irsiyat orqali otadi. Demak, inson shaxsining tarkib topishiga aktiv tasir qiluvchi omillarning birinchisi 

tashqi ijtimoiy muhit, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida beriladigan talim - tarbiya va 

uchinchisi odamga tugma ravishda beriladigan nasliy, yani irsiy xususiyatdir. Bundan tashqari 

shaxsning shakllanishida shaxsiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Inson oz - ozini tarbiyalash, oz - 

ozini anglash orqali shakllanib boradi. 

 

4. Shaxsning malaka va odatlari 



 

 

Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil boladi 



(yozish, oqish, yurish, musiqa chalish, sport va h. k.) Maqsadni kozlab biror ishni bajarish malakaga 

bogliq. Malaka deb, avval ongli bajarilib keyinchalik avtomatlashgan xatti -harakatlarga aytiladi. 

Istalgan malakani qayta -qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va 

murakkab bolishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab 

malaka, mix qoqish, otin arralash sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida 

egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham boladi. Odat kishi qalbiga chuqur ornashib, 

uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda 

yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy boladi. Salbiy odatlarga yolgon gapirish, ichish, chekish kabilar 

kiradi. Malaka va odatlarning nerv - fiziologik asoslarini shartli reflekslarning hosil bolish mexanizmi 

tashqil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, yani takrorlash 

natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar birlashmasidan iborat. Masalan, bolalar bogchaga 

organguncha qiynaladi, chunki uydagi sharoitga ularda dinamik stereotip boladi. YAngi hosil 

qilinadigan malakalar ilgari hosil qilinadigan malakalarga bogliq boladi. Ilgarigi malakalar ijobiy tasir 

qilsa malakalarning kuchayishi kozatiladi. Masalan, chet tillardan birontasini organgan odam boshqa 

bir chet tili organishda qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka salbiy tasir qilsa malakalar interferentsiyasi 

deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga otsa qiynaladi. Muhammadali: 

Shaxs shugullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shugullanmasa malakalar sunish hodisasi kozatiladi. Buni 

malakalarning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning hosil bolish tezligi va mustahkamlanishi 

odamning yoshiga bogliq. Masalan, til organish 4 - 5 yoshda tez organiladi. Hunar egallash 12 - 13 

yoshda tez organiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, individual xususiyatlarga bogliq , 

yani asab tizimiga bogliq boladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanholiklarda sekin hosil boladi. 

Demak, malakalar inson shaxsining tarkib topishiga katta tasir korsatadi. Shaxs ozining 

individualligida, ijtimoiy munosabatlarda belgilanadi. Atoqli psixolog K.K Platonov shaxsni “Konkret 

odam yoki dunyoni yaratuvchi sub`ektdir” 



Download 85,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish