Shaxs faoliyati va uning tuzilishi - Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivatsiya” tushunchalari qóllaniladi.
- Motiv – malum ehtiyojlarni qondirish bilan boǵliq faoliyatga undovchi kuchdir.
- Motivatsiya- odamni faol faoliyatga undovchi motivlar majmui.
His-tuyg‘ular – kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg‘ularsiz birorta ruhiy jarayon kechmaydi. Har qanday his-tuyg‘u nafaqat odamning, balki hayvonlarning (ayniqsa maymunlarning) ham yuzida aks etib turadi. Insonning tashqi qiyofasidagi o‘zgarishlardan uning hissiy kechinmalarini bilib olish mumkin. Hissiy qo‘zg‘alishlar yurakda ham aks etadi. SHuning uchun ham qadimgi faylasuflar miyaning ba’zi funksiyalarini, ayniqsa hissiyot bilan bog‘liq bo‘lganlarini yurak bilan bog‘lashgan. - His-tuyg‘ular – kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg‘ularsiz birorta ruhiy jarayon kechmaydi. Har qanday his-tuyg‘u nafaqat odamning, balki hayvonlarning (ayniqsa maymunlarning) ham yuzida aks etib turadi. Insonning tashqi qiyofasidagi o‘zgarishlardan uning hissiy kechinmalarini bilib olish mumkin. Hissiy qo‘zg‘alishlar yurakda ham aks etadi. SHuning uchun ham qadimgi faylasuflar miyaning ba’zi funksiyalarini, ayniqsa hissiyot bilan bog‘liq bo‘lganlarini yurak bilan bog‘lashgan.
Stress (kuchli hayajonlanish). Psixologik ta’rifga ko‘ra affektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ular boshdan kechirilishining alohida shakli stress holati (inglizchada stress – tazyiq ko‘rsatish, zo‘riqish degan so‘zdan olingan)dan, yohud hissiy zo‘riqishdan iboratdir. Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilgan, kishi xafa bo‘lgan, uyalgan, tahlika ostida qolib ketish kabi vaziyatlarda ro‘y beradi. "Stress" so‘zi odatdagi turmushda va tibbiy atamashunoslikka ancha keng tarqalgan so‘zdir. Odam qattiq siqilsa: "Kecha men stressga uchradim" degan xitob qiladi. Bu so‘zni turmushda ishlatish shunga olib keldiki, XX asr oxiri madaniyatida "stress" so‘zi ishlatilganda odamlar faqat salbiy ruhiy zo‘riqishni tushunadigan bo‘lib qolishdi. Aslida “stress” so‘zini faqat salbiy ma’noda tushunish noto‘g‘ridir. “Stress” atamasini 1936 yili fanga kanadalik fiziolog olim G.Sele kirgizgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |