Stress (kuchli hayajonlanish). Psixologik ta’rifga ko‘ra affektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ular boshdan kechirilishining alohida shakli stress holati (inglizchada stress – tazyiq ko‘rsatish, zo‘riqish degan so‘zdan olingan)dan, yohud hissiy zo‘riqishdan iboratdir. Hissiy zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilgan, kishi xafa bo‘lgan, uyalgan, tahlika ostida qolib ketish kabi vaziyatlarda ro‘y beradi. "Stress" so‘zi odatdagi turmushda va tibbiy atamashunoslikka ancha keng tarqalgan so‘zdir. Odam qattiq siqilsa: "Kecha men stressga uchradim" degan xitob qiladi. Bu so‘zni turmushda ishlatish shunga olib keldiki, XX asr oxiri madaniyatida "stress" so‘zi ishlatilganda odamlar faqat salbiy ruhiy zo‘riqishni tushunadigan bo‘lib qolishdi. Aslida “stress” so‘zini faqat salbiy ma’noda tushunish noto‘g‘ridir. “Stress” atamasini 1936 yili fanga kanadalik fiziolog olim G.Sele kirgizgan. Affektlar - (hissiy portlash, jazava) kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tib ketadigan holat bo‘lib, ular ongning anchagina darajada o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o‘zini o‘zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o‘zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo‘lgani uchun ham qisqa muddatli bo‘ladi: ular his-tuyg‘ularning bamisoli birdan lov etib yonib ketishiga, portlashiga, bir zumda hamma yoqni to‘s-to‘polon qilgan shamolga o‘xshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayojonlanishini ifoda etsa, u holda affekt bo‘rondir. Affektlar tashqi alomatlari keskin ifodalangan zo‘r berib kechadigan hissiyotlardir. Masalan, chinqirib yig‘lagan, sochini yulgan, farzandidan mahrum bo‘lgan onaizorda qayg‘u affekti bor, deb fikr yuritamiz. Affektlar - (hissiy portlash, jazava) kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tib ketadigan holat bo‘lib, ular ongning anchagina darajada o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o‘zini o‘zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o‘zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo‘lgani uchun ham qisqa muddatli bo‘ladi: ular his-tuyg‘ularning bamisoli birdan lov etib yonib ketishiga, portlashiga, bir zumda hamma yoqni to‘s-to‘polon qilgan shamolga o‘xshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayojonlanishini ifoda etsa, u holda affekt bo‘rondir. Affektlar tashqi alomatlari keskin ifodalangan zo‘r berib kechadigan hissiyotlardir. Masalan, chinqirib yig‘lagan, sochini yulgan, farzandidan mahrum bo‘lgan onaizorda qayg‘u affekti bor, deb fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |