Axmedova Dilnavoz
311-guruh talabasi
Mavzu:Psixologik eksperiment
jarayoni va uning asosiy
xususiyatlari
Reja:
1.Eksperimental-psixologik tadqiqotlarni o'tkazish;
2.Olingan natijalarni talqin qilish;
3.Bolaning jismoniy va psixik rivojlanish xususiyatlari;
4.Xulosa
Psixologiyada eksperimental metodikalrni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish psixologlar va pedagoglarning asosiy vazifasi hisoblanadi.Psixologik pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda qo'llaniladigan metodikalar soniga bog'liq.Psixolgik eksperimentator faoliyati tadqiqotda ta'sir qiladigan maxsus xususiyatga ega.
Bo'lajak tadqiqotchi M.P.Kononova(1963)
ta'kidlaganidek o'zida quyidagi sifatlani shakllantirmog'i lozim.
a)tadqiqot qarorlarini tez va aniq tuzish;
b)o'z diqqatini bola topshiriqni qanday bajarayotganligiga va unig xulq-atvorini
kuzatishga qaratish;
d)bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, unig hamma aytganini yozib, uning xulqidagi ba'zi reaksiyalarni to'g'ri baholash qobiliyatini yo'qotmaslik va boshqalar;
Eksperimental-psixologik tadqiqot natijalari ishonchli bo'lishi uchun tadqiqotchi uni o'tkazishda ma'lum sxemaga amal qilishi kerak. Dastlab tadqiqotchi bolaning hayoti unig jismoniy va psixik taraqqiyotining xususiyatlarini, oilada, maktabda, bog'chada ta'lim va tarbiyaning ijtimoiy madaniy sharoitlarini aks ettiradigan materiallarini bilishi kerak.
Bog'chaga, maktabga kelishi bilan tarbiyachi yangi ma'lumotlarni qo'shib boradi. Bu unga bolaning jismoniy va psixik taraqqiyotini rivojlanishda kuzatish imkonini beradi.Bolaning induvidual-psixik xususiyatlarini o'yin faoliyatida,topshiriqlarni bajarish jarayonida,o'quv faoliyatida, psixologik-pedagogik eksperiment sharoitlarida o'rganish mumkin.
Eksperimental-psixologik tadqiqot o'tkazishdan oldin pedagog- tadqiqodchi bola bilan suhbatlashadi. Bunda u bola bilan ijobiy-hissiy aloqa o'rnatib, bajariladigan topshiriqning maqsad va vazifalarini tushuntirib beradi.
Tekshiruvchining ijtimoiy-madaniy darajasi, ma'lumoti, qiziqishlari, ehtiyojlari,o'zaro fikrlashuv qobiliyatlari aniqlanadi.Ba'zi hollarda suhbat psixoprofilaktik va psixoterapevtik maqsadlarda o'tkaziladi, bunda bola boshidan kechirayotgan qo'rqinch, xavotirlanish, o'ziga ishonmaslik kabi holatlar yo'qotilati.
Eksperimental vaziyatda bola beriladigan yo'l-yo'riq, ko'rsatmani tushunishi muhim rol o'ynaydi. Ko'rsatma tushunarli, bolaning yoshi va aqliy rivojlanish darajasiga mos bo'lishi kerak. Bola topshiriqni bajarishni boshlagandan so'ng ko'rsatmani misollar bilan yoki, qo'llab quvvatlash bilan mustahkamlash zarur.
Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimada qiynalayotganini aniqlaydi va unga yordamlashadi!!!
Ko'rsatmaga kiritilgan barcha qo'shimcha o'zgartirishlar haqidagi barcha ma'lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo'yiladi.!!!
Tekshiruv qog'ozlari har xil bo'lishi mumkin.Ular alohida psixodiagnostik tadqiqot natijalarini yozib olish uchun maxsus shaklga ega bo'ladi.Unda qator metodikalar majmui ham aks etadi.
Eksperiment jarayonida olingan natijalarni puxta yozib borish, keyingi sifatiy tahlil yoritib beriladi. A.Binening ta'kidlashicha eksperimental-psixologik tadqiqotni o'tkazish uchun ruchka, ozgina qog'oz va ko'p chidam zarur, degan edi.
Eksperimental psixologik tadqiqot bir necha bosqichda o'tkazilishi zarur.
1.Tadqiqotchi bola bilan ijobiy aloqa o'rganishga imkon beradi.
2.Olingan ma'lumotlarga aniqlik kiritiladi, uning qiziqish va ehtiyojlarini aniqlaydi.
3.Tajribada olingan natijalar tahlil qilinadi, tahlil umumlashtirilib, xulosa chiqariladi. Olingan natijalarni bir joyga to'plab, tadqiqotchi sinaluvchi shaxsining xarakteri, aqli, xotirasi, psixik buzilishlar mavjudligi yoki yo'qligi haqida xulosa chiqariladi.
Tadqiqotning so'nggi qismidagi xulosalar shaxsga psixologik diagnoz qo'yish, sinaluvchi psixikasidagi o'zgarishlarni oldindan aytib berish, olingan ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog'liq ravishda hamda pedagog amaliy faoliyatida tavsiyalar berish maqsadida qiziqarlidir.
Tarbiyachining vazifasi- bu omillarni to'g'ri aniqlash, keyinchalik bola bilan individual ish olib borib, ko'rsatilgan xususiyatlarni yo'qotishdan iborat. Bolaning eksperimental-psixologik o'rganish natijalaridan o'quv mashg'ulotlari vaqtida psixik jarayonlarining ixtiyoriyligini rivojlantirishda ham foydalanish mumkin.
Eksperimental tadqiqolar tarbiyachiga guruhning , har bir shaxsning u yoki bu psixik funksiyalari rivojlanish prinsiplarining hisobga olgan holda o'quv tarbiya jarayonini tashkil etish imkonini beradi.
E'tiboringiz
uchun
rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |