Psixogigiena haqida ma'lumot. Psixoprofilaktika.
Reja:
Psixogigiena haqida tushuncha.
Psixo gigienaning asosiy bo'limlari: yoshga oid psixogigiena, mehnat va ta’lim psixogigienasi, turmush psixogigienasi, oila va jinsiy hayot psixogigienasi, jamoa xayoti psixogigienasi.
Psixoprofilaktika. Psixoprofilaktikaning dolzarb masalalari.
1 - ilova
BAHOLASH MEZONLARI
№
|
Baho qo’yish qoidalari
|
Baho
|
foizda
|
1
|
Darsga tayyorgarligi dunyoviy va tibbiy yangiliklar bilan fikr almashishi
O’tilgan mavzu bo’yicha javoblari
|
5
|
30
|
2
|
Uy vazifasi bo’yicha
|
5
|
10
|
3
|
Yangi mavzu:
|
5
|
50
|
4
|
Darsda faol qatnashganligi, kichik guruhlarda olib borgan faoliyati
|
5
|
5
|
5
|
Darsdagi xulqi uchun
|
5
|
5
|
Hammasi :
|
|
100
|
86-100 baho «5» 71-85 baho «4» 56-70 baho «3» 0-55 baho «2»
Aqliy hujum qoidasi.
Hech qanday birgalikdagi baholash va tanqid!
Berilayotga g’oyalar , hayoliy va juda zo’r bo’lsa ham ularni baholashga shoshilma, hamma narsaga ruhsat etiladi.
Tanqid qilma - barcha berilayotgan g’oyalar qimmatli.
Gapirayotganini bo’lma!
Tanbeh berishga shoshilma!
Diqqat
savol
Diqqat
savol
Turmush psixogigienasi ?
Yoshga oid psixogigiena?
Diqqat
savol
Mehnat va ta’lim psixogigienasi?
2 – ilova
TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI
Tuzuvchi: RAHMONBERDIYEV SIDDIQJON SODIQJON O’G’LI
Psixogigiena haqida ma'lumot. Psixoprofilaktika.
Reja:
Psixogigiena haqida tushuncha.
Psixo gigienaning asosiy bo'limlari: yoshga oid psixogigiena, mehnat va ta’lim psixogigienasi, turmush psixogigienasi, oila va jinsiy hayot psixogigienasi, jamoa xayoti psixogigienasi.
Psixoprofilaktika. Psixoprofilaktikaning dolzarb masalalari.
Shifokor yuksak darajada axloqli, jonkuyar, ozoda va xush ko'rinisfiga ega bo'lishi kerak.
Gippokrat
Psixogigiyena
Psixogigiyena - bu ruhiy salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan fan bo‘Iib, umumiy gigiyena va klinik tibbiyotning ajralmas qismiga aylangan.
Psixogigiyena fani boshqa tibbiy-biologik fanlar bilan birgalikda psixosomatik buzilishlarning oldini olish yo'llarini izlaydi va gigiyena talablariga javob beruvchi sharoit yaratish usullarini ishlab chiqadi.
Psixogigiyena tashqi salbiy om illarning asab tizim iga ta ’sirini kamaytirish, asab markazlarining «immunitetini» mustahkamlash bilan ham faol shug'ullanadi. Psixogigiyena muammolari psixoprofilaktika m uam m olariga o'xshab ketadi. Chunki har qanday psixogigiyenik m uolajalar ruhiy, asab va boshqa kasalliklar kelib chiqishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, psixogigiyena talablariga amal qilish nevrozlar, psixozlar, miokard infarkti, insult kabi og'ir kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, xafaqon kasalligining rivojlanishida ruhiy omillarning ta’siri ko'pgina ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlab berilgan.
Sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi davrida asab-ruhiy kasalliklar va yurak-qon tomir kasalliklari soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bu o'z navbatida psixogigiyena faniga katta vazifalarni yuklaydi.
Kuchli hayajonlanish, og'ir m usibat, aqliy zo'riqish organizmning um um iy holatiga n o jo 'y a t a ’sir k o 'rsa ta d i. Buning n a tija sid a gom eostazning norm al faoliyati buzilib, ichki a ’zolar kasalliklari rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Demak, ruhiy salomatlikni saqlash butun bir organizmni turli kasalliklardan asrash demakdir. Psixogigiyena asabruhiy kasalliklar, shaxs o'zgarishlari, ichkilikka ruju qo'yish, giyohvandlik kabi illatlaming oldini olish bilan ham faol shug'ullanadi. Psixogigiyena muammolari inson shaxsini e’tiborga olgan holda yechiladi. Vaholanki, shaxsning shakllanishi organizmning ruhiy-asabiy holatiga katta ta ’sir ko'rsatadi.
Har bir vrachning bu fanni chuqur egallashi va uning qonunlarini bilishi kasalliklarni davolashi va uning oldini olishda, shuningdek, psixopro-filaktikadan yangi dastu rlar tayyoiiashida katta yordam beradi. Ruhiy zo'riqishlar ichki a ’zolar kasalliklariga sabab bo'lsa, o'z vaqtida ichki a ’zolar patologiyasi inson ruhining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Doimiy hasad, vahimaga tushaverish, har narsaga arazlayverish kabi holatlar inson ruhini ishdan chiqaradi. Bunday odamlar ruhiy salomatligidan ayrilib, ichkilikka ruju qo'yadigan, hech kimga ishonmaydigan, o'zining sog'ayib ketishiga ham katta shubha bilan qaraydigan bo'lib qolishadi. Ruhiy buzilish «yuqumli» kasallikdir. Albatta, oilada asabi buzilgan yoki bir so'z bilan aytganda, nevroz yoki psixozga chalingan odam bo'lsa, buning yomon ta ’siri oila a ’zolariga ham tezda o'tishi, ularning ruhiy salomatligiga katta ziyon yetkazishi mumkin. Demak, psixogigiyenaning yana bir katta muammolaridan biri, bu oila psixogigiyenasidir. Bir odamning ruhiy salomatligini tiklab berish, uning atrofidagi qarindosh-urug'lari, yor-birodarlarining ruhiy salomatligini ham tiklash yoki buzilishdan saqlab qolish demakdir.
Psixogigiyena muammosi va muvaffaqiyatlarini keng ma’noda tushunmoq kerak. Chunki psixogigiyena bevosita jamiyat muammolarini ham hal qilishga ulkan hissa qo'shadi, ruhiy sog'lom bo'lgan shaxsgina biror-bir kasbni egallab, uning uddasidan chiqishi mumkin. Ruhan sog'lom kishigina yaxshi vrach, quruvchi, haydovchi, o'qituvchi yoki uchuvchi bo'lishi mumkin.
Xo'sh, psixogigiyenaning asosiy vazifalari, yo'nalishlari nimalardan iborat? Psixogigiyena quyidagi maqsadlarni o'z oldiga qo'yadi:
1) sog'lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish;
2) tibbiy maskanlarda gigiyena talablariga javob beradigan sharoit yaratish;
3) insonning salomatligiga ziyon keltiruvchi omillami kamaytirish va tugatish;
4) bem orlarni jism oniy tarbiya va sportga qiziqtirish, uni keng ommaga yoyish;
5) har bir insonni o'z salomatligiga e’tibor bilan qarash hamda uni saqlashga o'rgatish.
Psixogigiyena shartli ravishda quyidagi turlarga bo'linadi:
1) yoshga oid;
2) aqliy va jismoniy mehnat;
3) o'rganish va o'rgatish;
4) oila va jinsiy hayot;
5) turmush;
6) bemor psixogigiyenasi.
Yoshga oid psixogigiyena bolalik davridan, ya’ni chaqaloq tug'ilgan davrdan boshlanishi kerak. Chunki insonning shaxs sifatida shakllanishi juda erta boshlanadi. Bolaning yashash faoliyati o ‘yinlarga asoslangan bo'ladi. Uning idroki yoshiga mos bo'ladi. Bola o'zi qiziqqan narsa bilan shug'ullanadi. Bolaning yonida ehtiyot bo'lib gapirish, uni to'g'ri yo'lga boshlash, kam chiliklarini o'z vaqtida tuzatib borish o 'ta muhimdir. Bolani qattiqqo'llik bilan emas, faqat uqtirish yo'li va tayinlash bilan tarbiyalash mumkin. Bolani ortiqcha erkalatib yuborish, uning aytganini qilaverish, talablarini bajaraverish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi, u qaysar, o'jar, ota-onani hurmat qilmaydigan bo'lib o'sadi. Bolani uning yoshiga mos turli o'yinlar bilan mashg'ul qilish kerak. Uni teatr, sirk va hayvonot bog'lariga olib borish, tabiat qo'ynida tarbiyalash, bolaning sinxron rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar psixogigiyenasida kattalar xulq-atvori, avvalam bor, otaonasining xulq-atvori o'ta muhim ahamiyatga ega. Doimo janjal bo'ladigan, ichkilik ichiladigan, kitob mutolaa qilinmaydigan oilada yaxshi farzand voyaga yetishi ancha murakkabdir. Bola ota-onaning yaxshi fazilatlariga ham, yomon qilig'iga ham taqlid qiladi. Hali bolada bosh miya yarim sharlari po'stlog 'i funksional jihatdan to'la shakllanmaganligi sababli ularda yaxshi-yomonni tahlil qilish imkoni past bo'ladi. Bola tafakkuriga mos hikoyalar, ertaklar aytish, hayotdan misollar keltirib borish unda hayotga qiziqish uyg'otadi, insonlarga mehrmuhabbatli bo'lishga undaydi.
Agar ota-ona bolada fan, san’at yoki hunarning qaysidir bir turiga qobiliyatni sezib qolsa, unga har tomonlama yordam berib, barcha sharoitni yaratib berishi zarur. Lekin bolani ilmli qilaman deb, unga keragidan ortiqcha talab qo'yib yuborish, dars qilishga majbur qilaverish, ko'chada biroz o'ynagani qo'ym aslik unda depressiya alomatlari rivojlanishiga sabab bo'ladi. Bunga shunday misol keitirish mumkin: hali 8 yoshga to'lmagan G. ismli qizchani bizga ko'rsatishdi. Qizcha bosh og'rig'idan shikoyat qilar edi. Ota-onasi vrach qabulida bo‘lib, qizchada bosh og'rig'i sabablarini aniqlay olishmaganini va berilayotgan dorilar foyda bermayotganini aytishdi. Qizcha juda kam gapirar, bir nuqtaga qarab turaverar, doktor bergan savollarga zo'rg'a javob berar edi. Vrach o'zi haqida gapirib berishini iltimos qilganda, faqat boshi og'rishini aytgan. Qizni tekshirayotib unda depressiya alomatlarini aniqladik. Qiz avval hech qanday kasal bo'lmagan, miya jarohatlari olmagan, ichki a’zolari ham sog'lom edi. Qizchadan boshing doimo og'riydimi, og'rimagan payti bormi desa u: «Ha, doim og'riydi, lekin noyabr oyida og'rimadi», deb javob beradi (bemor fevral oyida tekshirilayotgan edi).
Qizdagi bosh og'riqning sabablari har tomonlama tekshirilib, kasallik anamnezi yaxshilab o'rganilgandan so'ng shu narsa ma’lum bo'ldiki, qizni 6 yoshidan boshlab o'qitish kuchaytirilgan maktabga berishgan. Bundan tashqari, qizcha maktabdan qaytgach, ingliz tili o'qituvchisi uyda u bilan mashg'ulot olib borgan, so‘ng ota-onasi bilimini tekshirish uchun doimo savol-javoblar o‘tkazgan. Qizcha 6 yoshga to'lgach ko'chaga tengdoshlari bilan o‘ynagani chiqishga qo'yilmagan. Albatta, bolaga qo'yilgan bu ortiqcha talablar uni ruhan charchatib qo'yg a n . O'qituvchilar va ota-onasi oldida doimiy mas’uliyat sezgan qizchaning miyasi doim o hissiy zo'riqishda bo'lib , bora-bora u kam gap, faqat savollargagina javob beradigan, tengdoshlari bilan o'ynamaydigan bo'lib qoladi. So'ngra esa qizchada doimiy bosh og'riq rivojlanadi. Noyabr oyida qizcha m aktabdan ta ’tilga chiqqan, otasi esa boshqa shaharga xizmat safariga ketgan edi. Qizcha bu davrda, tabiiyki, dars qilmagan va ko'p vaqtini toza havoda tengdoshlari bilan o'ynab o'tkazgan. Bundan xulosa qilib, qizchaning ota-onasiga barcha talablami kamaytirish, ularni qizning yoshiga moslash, ingliz tili o'qitishni vaqtincha to'xtatish, toza havoda sayr qilishga imkon berish zarurligi tavsiya qilindi. Bu talablar bajarilgach, qizchada depressiya alomatlari (kamgaplik, ishtaha yo'qligi, hech narsaga qiziqmaslik va bosh og'rig'i) o'tib ketdi.
Bundan xulosa shuki, ko'pchilik asab-ruhiy buzilishlarning sababi noto'g'ri hayot tarzi, ortiqcha hissiy zo'riqish, yoshga mos bo'lmagan talablarning qo'yilishidir. Bu salbiy omillar bartaraf qilinmas ekan, doridarmonlarning ta’siri ko'zlangan maqsadni bermaydi.
Psixogigiyenaning asosiy maqsadi ham salbiy asab-ruhiy omillarni ba rtaraf qilishdir. Bolalarni maxsus kuch aytirilgan maktabga berayotganda psixologga ko'rsatish zarur va ular keyinchalik ham vaqti-vaqti bilan psixolog nazoratida turishi kerak.
Shunday ekan, maktab yoshidagi bolalar psixogigiyenasi haqida alohida to'xtalib o'tish o'rinlidir. Shu o'rinda darslardagi ortiqcha yuk, o'quvchilar orasidagi yoki o'quvchi bilan o'qituvchi orasidagi kelishmovchiliklarni o'rganish va ularni bartaraf etish yo'llarini izlab topish zarur.
Psixologiya va umuman tibbiyot uchun eng dolzarb muammolarga to'la bo'lgan davr- bu o'smirlik davridir. O'smirlik davrida nafaqat ruhiy o'zgarishlar, balki aqliy va jismoniy o'zgarishlar ham keskin kechadi. Bu davr - o‘tish davri hisoblanadi. O'smir - hali kechagi bola, lekin u hali katta kishi ham emas. U oldida turgan muammolarni o'zi yechishga ruhan hali tayyor bo'lmasligi mumkin. Lekin uni «Hali sen yoshsan», deb hadeb tergayverish qaysar qilib qo'yishi mumkin. O 'smirning mustaqilligini tan olgan holda, uning oldida har bir narsaga mas’uliyat hissini tug'dira borish o'ta muhimdir. U yechishi kerak b o 'lg an muammolardan qo'rqmasligi, shu bilan birga, bu muammoga yengiltaklik bilan qaramasligi kerak. Bu davrda o'smir uchun eng katta muammolardan biri seksual muammodir. Qizlarda esa hayzning kelishi ham chuqur hissiy hayajonlanishlar, qo'rquvlar bilan kechishi mumkin. Bunday paytlarda ota-onasi, yaqinlarining maslahati juda zarur. Vrachpsixologning vazifasi esa o'smirda kechayotgan jarayonlarni o‘z vaqtida hal qilib borishdan iborat. Sport va badantarbiya mashqlarini bajarish, mehnatning o ‘ziga yoqqan turi bilan shug'ullanish, organizmni chiniqtirib borish o‘smir uchun g'oyat muhimdir.
Katta yoshdagilar psixogigiyenasi, ko'pincha, kishining egallab turgan lavozimi, kasbi va ish faoliyatiga bog'liq. Bu davrda oila va jinsiy hayot psixogigiyenasi alohida e’tibor talab qiladi. Zigmund Freyd jinsiy hayotda baxtsizlikka uchragan oila psixologiyasini chuqur o'rganib, jinsiy hayot nuqtai nazaridan insonlarda nevroz, psixoz kabi kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlarini yoritib berdi. Jinsiy zaiflik bor oilada baxtli hayot bo'lm aydi, ana shunday oilalarning jam iyatda ham o'z o'rnini topib keta olmasliklarini kuzatuvlariga asoslanib isbotlab bergan. Er-xotin orasidagi nafaqat yaxshi munosabat va xushmuomalalik, balki normal jinsiy munosabatlar ham mustahkam oilaning asosini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |