Hayvonlarning intellektual harakatlari . Aql (intellektual) bosqichi hayvonlarning deyarli murakkab faoliyati bilan tavsiflanib, u aks ettirishning murakkab turidir. "Hayvonlarning borliqni psixik aks 31 etish usuli intellektual faoliyatga o’tishida alohida narsalargina emas, balki ularning munosabatlarini aks ettirish ham vujudga keladi. Hayvonlar rivojlanishning bu bosqichida, narsalar orasidagi bog’lanishlarni aks ettira oladilar. Nemis zoopsixologi V.Kyolerning tadqiqotlarida maymunlarga yetib bo’lmaydigan joyga xo’rak qo’yiladi. Xo’rakdan yaqinroq, lekin bevosita yetib bo’lmaydigan joyga uzun tayoq qo’yiladi. Bu tayoqqa yetishish uchun qafasda qisqa tayoqcha bilan xo’rakni olib bo’lmaydi. Maymun esa birinchi bosqichda qisqa tayoq bilan uzun tayoqni oladi. Ikkinchi bosqichdaa esa uzun tayoq orqali xo’rakni olishga muvaffaq bo’ladi. - Hayvonlarning intellektual harakatlari . Aql (intellektual) bosqichi hayvonlarning deyarli murakkab faoliyati bilan tavsiflanib, u aks ettirishning murakkab turidir. "Hayvonlarning borliqni psixik aks 31 etish usuli intellektual faoliyatga o’tishida alohida narsalargina emas, balki ularning munosabatlarini aks ettirish ham vujudga keladi. Hayvonlar rivojlanishning bu bosqichida, narsalar orasidagi bog’lanishlarni aks ettira oladilar. Nemis zoopsixologi V.Kyolerning tadqiqotlarida maymunlarga yetib bo’lmaydigan joyga xo’rak qo’yiladi. Xo’rakdan yaqinroq, lekin bevosita yetib bo’lmaydigan joyga uzun tayoq qo’yiladi. Bu tayoqqa yetishish uchun qafasda qisqa tayoqcha bilan xo’rakni olib bo’lmaydi. Maymun esa birinchi bosqichda qisqa tayoq bilan uzun tayoqni oladi. Ikkinchi bosqichdaa esa uzun tayoq orqali xo’rakni olishga muvaffaq bo’ladi.
Intellektual xatti-harakatlar Hayvonlarning ko’pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib ketadi. Jumladan, rus psixologi N.N.Ladigina -Kots (1889-1963) ning tajribalarida Paris degan shimpanze ichiga xo’rak solingan naychani olishi bilanoq naychaning ichiga kiritish uchun yaroqli bo’lgan, ishlatishga qulay qurolni tanlashga tushardi. Bunda Paris turli belgilarni-narsalarning shakli, uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata bilardi. Agar mos keladigan narsa topilmasa Paris yonida yotgan daraxt shoxlaridan yon shoxlarini yulib olar, enli taxtadan payraxalar ajratib chiqar, buklangan simlarni to’g’irlar, xullas maymunlar "qurol" yashar edi. Biroq yuksak taraqqiy etgan maymunlardan "qurol yasash" faoliya-tining ahamiyatini oshirib yuborish yaramaydi. E.G.Vasuro, N.NLadigina-Kotslar o’tkazgan tajribalaridan ma'lumki, shimpanzelar aynan bir xildagi vaziyatda, ya'ni maqsadga erishish uchun ikkita tayoqni birlashtirish zarur bo’lgan paytda o’zlarini yo’qotib qo’yishadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ya'ni shoxlarni g’ajish, payraxalarni ajratish maymunning tabiatda bajaradigan harakatlaridir. Lekin maymunlar tabiiy sharoitlarda tayoqlarni bir-biriga ulab ish ko’rmaydi. - Intellektual xatti-harakatlar Hayvonlarning ko’pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib ketadi. Jumladan, rus psixologi N.N.Ladigina -Kots (1889-1963) ning tajribalarida Paris degan shimpanze ichiga xo’rak solingan naychani olishi bilanoq naychaning ichiga kiritish uchun yaroqli bo’lgan, ishlatishga qulay qurolni tanlashga tushardi. Bunda Paris turli belgilarni-narsalarning shakli, uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata bilardi. Agar mos keladigan narsa topilmasa Paris yonida yotgan daraxt shoxlaridan yon shoxlarini yulib olar, enli taxtadan payraxalar ajratib chiqar, buklangan simlarni to’g’irlar, xullas maymunlar "qurol" yashar edi. Biroq yuksak taraqqiy etgan maymunlardan "qurol yasash" faoliya-tining ahamiyatini oshirib yuborish yaramaydi. E.G.Vasuro, N.NLadigina-Kotslar o’tkazgan tajribalaridan ma'lumki, shimpanzelar aynan bir xildagi vaziyatda, ya'ni maqsadga erishish uchun ikkita tayoqni birlashtirish zarur bo’lgan paytda o’zlarini yo’qotib qo’yishadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ya'ni shoxlarni g’ajish, payraxalarni ajratish maymunning tabiatda bajaradigan harakatlaridir. Lekin maymunlar tabiiy sharoitlarda tayoqlarni bir-biriga ulab ish ko’rmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |