Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu qarama-qarshiliklar quyidagilardan iborat: ●Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi extiyojlar o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshiliklar. ●Bolaning eski xulq-atvori formalari bilan yangi xatti-harakatlari, yangi tashabbuslari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar. ●Bola hayotining mazmuni bilan uning formasi o‘rtasida vujudga keladigan qarama-qarshiliklar. ●Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi extiyojlar o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshiliklar. Ya’ni bolalarning extiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekinlik bilan yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |