Yuqoridagi harakatlarning barcha tavsiflarini ishchi hududda ko'rib chiqing. 192.168.3.7 tugun-manbaning buyruq satridagi ping-so'rovga javobini ko'ramiz: kutish vaqti ortgan (ko'paygan). (2.19-rasm.)
PC>ping 192.168.5.6 Pinging 192.168.5.6 with 32 bytes of data: Request timed out.
Tarmoqda yo'nalishi yo'q bo'lgan, tugun IP-manzili tarkibini va ping- so'rovining natijasini tahlil qiling, 192.168.3.6 tugunida Command Promt oynasini oching va mavjud bo'lmagan 192.168.6.6 IP-manzilli hostga ping-so'rovini jo'nating. Shakllantirilgan marshrutizator paketining mazmunini ko'rib chiqing. Bu paket tuguniga keladi. ICMP-xabar turi - 3 kod 1 bilan, bu "hostning ishni amalga oshirib bo'lmasligi"nibildiradi. Shunday ko'rinishki, marshrutizator ping- so'rovga javob berdi, unda tegishli yo'nalish yo'q edi va o'z navbatida yangi ICMP - xabar - "host ishni amalga oshirib bolmaydi".
TALABALAR UCHUN TOPSHIRIQLAR: Vazifa: Tarmoq quyidagi tartibda qurilsin: Chekli tugunli 5 ta PC kompyuterlar Switch0 2950-24 kommutatoriga ulansin;
2 ta PC kompyuterlar va 1 ta Noutbuk (Laptop-PT) Switch1 2950-24 kommutatoriga ulansin;
Ikki tarmoq kommutatori marshrutizator (Router0) ga birlashtirilib tarmoq topologiyasi yaratilsin. (2.20-rasm):
Eslatma: Bajarilgan topshiriqlarni guruh, ismi sharifingiz va laboratoriya raqami bilan nomlagan holda saqlang. Masalan; 201-Aliyev Botir-2-lab.pka Elektron faylini o'qituvchiga taqdim eting.