mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi.


Homiylik mablag‘larini jalb etish



Download 47,11 Kb.
bet10/11
Sana12.06.2022
Hajmi47,11 Kb.
#657496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu

Homiylik mablag‘larini jalb etish

  • Moddiy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan sobiq bitiruvchilarning homiylik mablag‘larini jalb etish;

  • Yirik korxona, tashkilot, tadbirkorlik subektlari, shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish orqali moliyaviy imkoniyatlari yetarli bo‘lgan ota-onalar, maktabning bitiruvchilari tomonidan maktabga ko‘rsatiladigan homiylik yordamlari;

  • Xalqaro grantlar, xalqaro tashkilotlarning qonunda ta'qiqlanmagan homiylik yordamlari va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 29 aprel №PF-5712-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi:
Konsepsiya 4 bobdan iborat.
I-bob. Umumiy qoidalar
II-bob. Xalq ta'limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar
III-bob. Xalq ta'limi tizimining asosiy maqsad va rivojlanish yo‘nalishlari
IV-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari asosida 4 ta yo‘nalishda 2030 yilgacha jami 48 ta respublikamizda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar keltirib o‘tilgan.
1.4. Umumiy o‘rta ta'limtizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish zarurati.
O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma'naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida komil insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik maxorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta'lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondasho‘v, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘grisidagi ma'lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalgfi, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi.
Yosh o‘qituvchilarning, shuningdek, ta'lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillapggirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni kuyidagi vositalar asosida rivojlantirish mumkin:
1.Mustaqil o‘qib-o‘rganish pedagogika fanida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar haqida ma'lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma'lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash).
2. Tajribali ustoz o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish ta'lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqgisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofikdir).
3. O‘qituvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarini oshirish.
4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar) da faol ipggirok etish.
5. Respublika hamda rivojpangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta'lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma'lumotlarni o‘rganish.
Umumiy o‘rta ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish maqsadida 2017 yil 26 sentyabrda O‘zbekiston respublikasi prezidentining qarori “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidaPQ-3289-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda bugungi kunda xalq ta'limi tizimida jami 4 916 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 9 680 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabi, 211 ta barkamol avlod markazlari mavjud bo‘lib, ularda jami 400 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 5 ta davlat pedagogika instituti, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy institutlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Amaldagi tartibga asosan, xalq ta'limi muassasalari pedagoglari kamida 5 yilda bir marotaba o‘z malakalarini oshiradilar. O‘qituvchilar malaka oshirish davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o‘quv fani bo‘yicha erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o‘rganib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo‘lgan holda ularni amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar.
Shu bilan birga, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati, dars berish sifati bugungi kun talablariga javob bermayapti. Xodimlar ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanmaydi, ularning faoliyatini tashqi baholash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.
O‘tkazilgan tahlillar pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida xalq ta'limi va oliy ta'lim tizimlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylik ta'minlanmaganligini ko‘rsatdi. Natijada, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari xodimlari faoliyati davomida fanlarni o‘qitish metodikasi, ta'lim va tarbiya nazariyasi yangiliklaridan, oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan, ilg‘or xorijiy tajribalardan bexabar qolmoqdalar.
Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, ularning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish maqsadida:

  • Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufiga berish;

  • Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufiga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berish.

  • Xalq ta'limi xodimlarining metodik ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish;

  • xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta'lim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • masofadan o‘qitish usullari asosida xalq ta'limi muassasalari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish;

  • tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma'lumotnoma bazasini yaratish;

  • buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta'lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib borish;

  • o‘quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta'minlash, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashg‘ulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta'lim muassasalarida tashkil etish;

  • innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta'lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarni ta'lim tizimiga joriy etish.

Shuningdek yana, O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”2017 yil 28 dekabrda, 1026-sonli qaroridaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3289-son, «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-son qarorlari ijrosini ta'minlash hamda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:

  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tarkibida Maktabgacha, umumiy o‘rta hamda maktabdan tashqari ta'lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha

  • maktabgacha, umumiy o‘rta hamda maktabdan tashqari ta'lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv-metodik bazasini shakllantirishni muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;

  • o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirishni ta'minlash;

  • maktabgacha, umumiy o‘rta hamda maktabdan tashqari ta'lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarining ilmiy muammolariga yo‘naltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlar olib borilishini muvofiqlashtirish;

  • hududiy markazlarda dars beradigan professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirib borish, o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislar, olimlar va o‘qituvchilarni jalb etish ishlarini tashkil etish;

  • hududiy markazlar faoliyati natijadorligini muntazam o‘rganib borish va o‘rganish natijalari yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish;

  • qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha hududiy markazlar rahbarlarining hisobotlari muhokamasini tashkil etish, muhokama natijalari yuzasidan hududiy markazlar rahbarlari faoliyatiga baho berish.

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bir oy muddatda hududiy markazlarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazsin va xatlov natijalariga asosan hududiy markazlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha asoslangan takliflarni, xatlov natijalariga ko‘ra, hududiy markazlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash ishlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari buyurtmachi etib belgilansin.

  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda asoslangan takliflar va hisob-kitoblarga muvofiq 2018 yilga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi va Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda hududiy markazlar binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.

Xulosaqilibaytganda, «Kadrlartayyorlashmilliydasturi»daalohidata'kidlanganmilliymodelO‘zbekistonRespublikasiningmilliy-hududiyxususiyatlariniinobatgaolishhamdailg‘orfan, texnikavatexnologiyayutuqlariasosidatayyorlangankadrmutaxassis) - barkamolinsonvayetukmutaxassisqiyofasinio‘zidato‘laqonliaksettiruvchinamunadir. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘grisidalgi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida asosan o‘qituvchi kadrlarning roli nihoyatda beqiyos. XXI asr bolasini o‘qitish va tarbiyalash, ularni barkamol inson va yetuk malakali mutaxassis kadrlar darajasiga yetkazish vazifasini faqat yuksak tajribaga ega XXI asr o‘qituvchisigina uddalay oladi.

Download 47,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish