Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida pullik ta'lim xizmatlarini tashkil etish Qarorda Pullik ta'lim xizmatlari ko‘rsatishning afzalliklari
ota-onalarning tanlovi asosida o‘quvchilarga pullik ta'lim xizmatlari ko‘rsatish orqali qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
maktab rahbari, pedagog xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish
ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazani mustahkamlash
ta'lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish
ta'lim muassasalarning talabgorligini oshirish
ta'lim muassasalarida asossiz pul yig‘imlari, korrupsiya holatlarini oldini olish
Shuningdek, Davlat ta'lim standartlaridan tashqari pullik ta'lim xizmatlarini tashkil etish
I bosqich: Ma'muriyat maktabning o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta'lim berishga ehtiyoj mavjudligini o‘rganadi. Pullik ta'lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha yillik rejani hamda ta'lim xizmatlari narxlarini ishlab chiqadi kelishish uchun maktabning Kuzatuv kengashiga kiritadi.
II bosqich: Kuzatuv kengashi maktab tomonidan taqdim etilgan kelgusi yil uchun yillik rejani ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi. Pullik ta'lim xizmatlari narxlarini ko‘rib chiqadi va roziligini beradi.
III bosqich: Maktab pullik ta'lim xizmatlari narxlari tasdiqlanadi.
IV bosqich: Mashg‘ulotlar uchun belgilangan to‘lov miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotni o‘quvchilarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga (buyurtmachi) o‘z vaqtida yetkazadi va ularni belgilangan tartibda ko‘rsatiladigan ta'lim xizmatlari shartlari bilan tanishtiradi. Pullik ta'lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha buyurtmachilar bilan shartnomalar tuzadi.
V bosqich: Buyurtmachi. Shartnoma shartiga rioya qiladi va ko‘rsatilayotgan pullik ta'lim xizmatlarining bir kalendar oyi uchun belgilangan to‘lov miqdorini o‘z vaqtida bankka to‘laydi va to‘lov hujjati nusxasini maktab ma'muriyatiga takdim etadi.
VI bosqich: Kuzatuv kengashi. O‘quvchilar va buyurtmachilar o‘rtasida maktab tomonidan ko‘rsatilayotgan pullik ta'lim xizmatlari sifatini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimidagi muassasalarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 22 apreldagi
344-son qarori asosida
Xalq ta'limi tizimi muassasalarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish
Qarorda, Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish manbalari
xalq ta'limi muassasalarining ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar
o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta'lim berishdan olingan daromadlar
xalq ta'limi muassasalari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari
va texnik ko‘maklashish mablag‘lari
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish tartibi
I bosqich: Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi muassasa rahbari va hisobchisi tomonidan tayyorlanib, umumta'lim muassasasining Kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi.
II bosqich: Kuzatuv kengashi muassasaning daromadlar va xarajatlar smetasini ko‘rib chiqadi va roziligini beradi.
III bosqich: Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.