P. chetga mineral xom ashyo, toʻqimachilik va tikuvchilik buyumlari, vino, meva, poʻkak, qogʻoz, oziqovqat mahsulotlari, mashina-uskunalar chiqaradi. Chetdan q.x. mahsulotlari, xom ashyo va yoqilgʻi (asosan, neft va neft mahsulotlari), mashina va uskunalar, kimyoviy mahsulotlar keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — eskudo.
Davlatga karashli kasalxonalar bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. 3 universitetning tibbiyot f-tlarida vrachlar tayyorlanadi. Kuror-tlari orasida balneologiya sihatgoqlari koʻp.
Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. 7 yoshdan 13 yoshgacha oʻqish majburiy va bepul. Boshlangʻich maktabi 7 y.lik boʻlib, u 4 y.lik boshlangʻich va 3 y.lik qoʻshimcha kursdan iborat. 4 y.lik boshlangʻich maktab negiziga tayangan litseylar va shunga oʻxshash boshqa oʻquv yurtlari oʻrta maʼlumot beradi. Hunar-texnika taʼlimi beruvchi turli oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 1 y.dan 5 y.gacha. 8 universitet, oliy pogʻona kollejlari, harbiy va dengiz maktablari oliy maʼlumot beradi. Ko-imbradagi universitet (1290 y. asos solingan, xuzurida 5 institut bor), Lissabon universiteti (1290 y. asos solingan, 1911 y. qayta tiklangan, xuzurida 8 institut bor), Lissabondagi texnika universiteti (1931 y. asos solingan), Portu sh.dagi universitet (1911 y. asos solingan) ularning eng yiriklaridir. P.da Lissabon ilm-fan aka-demiyasi (1779), Milliy sanʼat akademiyasi (1932), 25 i.t. instituti, koʻpgina filiallarga ega boʻlgan Tabiiy fanlar boʻyicha tadqiqot kengashi (1936 y. Lissabonda tashkil etilgan), tibbiyot, fizika fanlari, texnika masalalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi tadqiqot markazlari bor. Ped., tarix, geogr., arxeologiya, sanʼatshunoslik, til va adabiyot arboblarini byrlashtiruvchi 48 ilmiy jamiyat mavjud. Yi-rik kutubxonalari: Fanlar akademiya-sining kutubxonasi (1779), Lissabondagi Milliy kutubxona (1796), Koim-bra universiteti kutubxonasi va b. Yirik muzeylari: Milliy qad. sanʼat muzeyi, Milliy zamonaviy sanʼat muzeyi, Xalq sanʼati muzeyi, Dengiz orti hududlari etnografiyasi muzeyi, Arxeologiya, Bezak sanʼati, Harbiy mu-zeylar (hammasi Lissabonda), Koimb-radagi tabiat tarixi muzeyi va b.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekursa guvi. P.da koʻpgina gaz. va jur.lar nashr etiladi, eng muhimlari: "Dia" ("Kun", kundalik gaz., 1975 y.dan); "Diariu da Republika" ("Respublika gazetasi", kundalik gaz., 1820 y.dan), "Diariu notisiash" ("Yangiliklar gazetasi", kundalik gaz., 1864 y.dan), "Diariu popular" ("Xalq gazetasi", kundalik kechki gaz., 1942 y.dan), "Alavanka" ("Pishang", oylik jur.), "Kapital" ("Poytaxt", kundalik kechki gaz., 1968 y.dan), "Publiku" ("Jamoatchilik", kundalik gaz., 1990 y.dan), "Eshpresu" ("Ekspress", haftanoma, 1974 y.dan). Luza axborot agentligi 1987 y.da ilgarigi ikki agentlik: Notisiash di Portugal va Ajen-sia Notisioza Ofisial Portugeza — ANOPning qoʻshilishi yoʻli bilan tuzilgan. P. radioeshittirish davlat kompa-niyasi 1975 y. tuzilgan. P. televideniye-si, aksiyadorlik telekompaniyasi, 1956 y. tashkil etilgan.
Adabiyotiga boy portugal folklori asos boʻlgan, uning 11-a.ga oid namunalari bizgacha yetib kelgan. 13—15-a. larga mansub ritsarlik lirikasi namunalari ilk adabiy yodgorliklardir. 15-a. boshlaridan tarixiy xronikalar yaratildi, ularda tarixiy vokealar afsona va rivoyatlar bilan qoʻshib tasvirlandi. 15-a. oxirlaridan Uygʻonish davri adabiyoti maydonga chiqa boshladi. 16-a. oʻrtalaridagi iktisodiy va siyosiy tanglik oqiba-tida adabiyot ham inqirozga yuz tutdi. 18-a. oʻrtalaridan adabiyotga maʼrifat-parvarlik gʻoyalari kirib keldi. 19-a.ning 30-y.
larida romantizm rivoj topdi. 50—60y.larda esa zamonaviy mavzularga eʼtibor kuchaydi. A. di Kental (1842—91) sheʼriyati, J. Dinishe (1839-71), J.M. Esadi Keyrush (1843-1900) romanlari, A.Enish (1848—1901) pyesalari voqea va hodisalarni haqqoniy aks ettirdi. 20-a. P. adabiyotida dekadentlik tamoyillari hukmron boʻldi. 1926 y. fashizm diktaturasi oʻrna-tilishi umidsizlik kayfiyatini kuchay-tirdi. 1974 y. bu diktatura barham top-gach, erkin adabiyotning vujudga kelishiga imkon yaratildi. Ilgʻor adiblar yangi, demokratik madaniyat barpo etishda faol katnasha boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |