Bog'liq Portlandsement ishlab chiqarishda sanoat chiqindilaridan foydalanish2
Fosfogipsdan sun’iy gips olish ham markazning ekologik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ishlanmalari jumlasidan. Ekstraksion fosforli kislota ishlab chiqarishda fosforitlarning oltingugurt kislotasiga ajralishi jarayonida hosil bo‘ladigan fosfogips tarkibida oltingugurt va fosfor kislotasi qoldiqlari bo‘lgani bois hozirgi paytga qadar amalda qo‘llanilmagan edi. Aksariyat mamlakatlarda kislotali qoldiqlarni yo‘q qilish maqsadida fosfogips ko‘p miqdordagi suv bilan yuviladi. Biroq mamlakatimizda suv resurslarining tanqisligi bois ushbu usul qimmat va maqsadga muvofiq emas. Shundan kelib chiqib, “Strom” ilmiy-tadqiqot va sinov markazi mutaxassislari fosfogipsni ishqorli komponent – klinker yoqish pechlari changi yordamida modifikatsiyalash yo‘li bilan undagi ortiqcha kislotani bartaraf etishning oddiy uslubini, ya’ni tozalangan fosfogipsdan sement ishlab chiqarishda tabiiy gips tosh o‘rnida sementning qotish muddatini rostlagich sifatida foydalanishni taklif qildi. Ayni paytda bu borada ikki turdagi texnogen chiqindi – kimyoviy ishlab chiqarish chiqindisi bo‘lgan fosfogips va sement ishlab chiqarishda ajraladigan changdan foydalanilmoqda. Sement ishlab chiqarishda modifikatsiya qilingan fosfogipsdan foydalanishda gips toshlarini maydalash bosqichi texnologik jarayondan chiqarildi va bu sementning tannarxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Xom-ashyoviy materiallarning tegirmonlarda quritish va maydalash texnologik chizmasi: