Mavzu: Polizda Darsning ta’limiy maqsadi



Download 288,76 Kb.
Sana10.05.2021
Hajmi288,76 Kb.
#63935
Bog'liq
3 sinf


3-“V” sinf

Mavzu: Polizda

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga ona tabiatga mehr uyg’otish, uning ne’matlarini isrof qilmaslik hissini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, lug’at boyligini oshirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars jihozlanishi: kitoblar, kuz fasliga oid rasmlar, sabzavotlar, mevalar.

Dars rejasi:

1. Tashkiliy qism-5 daqiqa

2. Uy vazifasini so’rash, tekshirish-10 daqiqa

3. Yangi mavzu bayoni-10 daqiqa

4. Mustahkamlash-15 daqiqa

5. O’quvchilarni baholash-3 daqiqa

6. Uyga vazifa berish-2 daqiqa

Darsning borishi

Darsning chaqirig’i aytiladi. So’zlar aralashtirib beriladi.

Ko’rasan qilsang mehnat rohat

(Mehnat qilsang rohat ko’rasan)



I. Tashkiliy qism. Darsni tashkil etish. O’quvchilarga dars yaxshi o’tishi uchun yozuv taxtasiga chiqib bir-birlariga yaxshi niyatlar ayttiriladi.
II. Uy vazifasini so’rash.
O’qituvchi:-Bolalar, bir yilda nechta fasl bor?

Hozir qaysi fasl?

Kuz fasliga qaysi oylar kiradi?

“Omadli raqam” o’yini orqali biz sizlar bilan o’tgan darsdagi mavzuni qanday tushunganni bilib olamiz. Xaltachada sonlar bo’ladi. Qaysi son tushsa, o’sha sondagi savolga javob beramiz. Bitta raqam omadli raqam. Bu raqam egasi sovg’a bilan taqdirlanadi.


Savollar.
1. Kuz fasli belgilarini ayting?

2. Kuz faslida qanday bayramlar nishonlanadi?

3. Kuz faslida qanday mevalar pishadi. Mana shu mevalarning ruscha, inglizcha tarjimasini ayting.
III. Yangi mavzu bayoni.

1-topshiriq.

Bolalar e’tiborini rasmga qaratiladi va savollarga javob beriladi.
1. Rasmda nimalarni koryapmiz?

2. Polizda nimalar o’sadi? Sizlar polizni kor’ganmisiz?

3. Bolalar polizda kimga yordam beryapti?

4. Demak, polizda qanday sabzavotlar yetiladi?

5. Sabzavotlar nima uchun kuzda yig’ib olinadi?
Demak, bugungi darsimizning mavzsi biz sizlar bilan gaplashgan “Polizda” mavzusi edi. Poliz ekinini dehqonlar yig’ib oladilar. Sabzavotlarning sog’likka foydasi haqida gapiriladi.

Meva va sabzavotlar organizmimiz uchun juda foydali bo’lib, ular sog’likni tiklash, immunitetni mustahkamlash, organizmni yoshartirish xususiyatiga ega. Ular kerakli vitaminlarga boy mahsulot. Yoz va kuz ne’matlarini uzoq saqlash uchun ularni omborga qo’yish kerak.

Bilib oling!

Harakat o’tgan shaxs, narsa, buyum, makonni ifodalashi uchun-ni qo’shimchasi ishlatiladi. –ni qo’shimchasi shunday ma’nolarni bildiruvchi so’zlarga qo’shiladi. Masalan: Uzumni uzdi. Anorni yeymiz.



Lug’at

poliz-бахча, огород o’syapti-растёт

bodring-огурец karam-капуста

boshqa-другой sabzavot-овощи

piyoz-лук yordam beryapti-помогает

poliz-………….. o’syapti-…………

bodring-……….. karam………….

boshqa-………… sabzavot-………….

piyoz-…….. yordam beryapti-……….

Darsni mustahkamlash.

2-topshiriq. Ajratilgan so’zlarning sorog’ini qo’yib ko’chiring.

Poliz-qayer?

Sabzavotlar-nimalar?

Parvarish qiladi-nima qiladi?

Pomidor va bodring-nima?

Yordam beradilar-nima qiladilar?

Kovlayapti-nima qilyapti?

Yeymiz-nima qilamiz?




Topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchi rag’batlantiriladi.


Tanani chiniqtirish uchun jismoniy tarbiya mashqi bajariladi. Musiqa qo’yiladi va mashq bajariladi.
1-mashq. Rasmdagi meva va sabzavotlar nomini topish.

Bu nima?





Bu , bu

Mana bu nima? Bu



Ana uchi? Bu bilan




Anvar ni yuvdi.


Bog’bon larni uzdi.


Mevalar va sabzavotlar” mashg’uloti o’tkaziladi. Har bir qatordan 2tadan o’quvchi chiqib meva yoki sabzavotdan olib, ularga tarif beradilar.

Masalan: Bu-olma, rangi sariq, mazasi shirin. Daraxtda o’sadi. Bu-karam, rangi yashil, polizda o’sadi. U vitaminlarga boy.



2-mashq. Savollar o’rniga berilgan so’zlardan mosini qo’yib, gaplarni ko’chirish.

1. Polizda dehqon boboni uchratdik.

2. Komil piyoz bilan kartoshkani savatga soldi.

3. Dehqonlar yig’im-terimni boshlashdi.


Polizga sabzavotlarni terishga chiqamiz.

Bunda o’quvchilar xohlagan sabzavotni oladilar va unda yozilgan savolga javob beradilar.



  1. Polizda nimalar o’sar ekan.

  2. Poliz ekinlarini kimlar yetishtirar ekan.

  3. Qaysi sabzavotlarni pishirib yeyish kerak.

  4. Sabzavotlarni qayerda saqlaydilar.


5. Darsni yakunlash, o’quvchilar bilimini baholash.

6. Uyga vazifa berish.

“Sholg’om” ertagi asosida -ni qo’shimchasi qatnashgan gaplar tuzing.




Download 288,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish