Melaneziya va Mikroneziya xalqlari:«Qora orollar» deb atalgan Melaneziyaga papuaslar o’lkasi – Yangi Gvineya, Birmark arxipelagi, Yangi Gebrid, Fidji, Yangi Kaledoniya va boshqa mayda orollar kiradi. Mustamlaka arafasida papuaslar va melanehiyaliklar xo’jalik jihatdan deyarli bir darajada to’rganlar. Ularning xo’jaligida eng bosh soha topik tipdagi qashshoq bo’lganligi tufayli ovchilik deyarli rivojlanmagan. Melaneziyaliklarning asosiy qurollaridan toshbolta, nayza, choqmor, o’q-yoy (Yangi Gebrid orollarida eng muhim qurol), palaxmon kabilar keng tarqalgan. Mudofaa uchun ba`zan yog`och yoki to’qima qalqon ham ishlatilgan. Idish-tovoqlarni yag`och va bambukdan, kokos yong`og`idan yoki qovoqdan yasaganlar. Charxsiz kulolchilik, savat, bo’yra, xalta, yelpig`ich, kabi buyumlarni to’qish keng rivojlangan. Ammo gazlama to’qishni bilmaganlar, tapa (maxsus daraxt qobig`i)dan va o’simlik yaprog`idan etakli belbog` va hokazo tikilgan. Melaneziyada patriarxal quldorlik paydo bo’lgan. Qullar harbiy asirlar hisobiga to’ldirilgan. Patriarxal tipdagi juft nikoh uncha mustahkam bo’lmagan. Butun jamoa ishlarini belgilab va boshqarib turuvchi qavmi qarindoshlik munosabatlari ancha o’zgargan, katta qalin to’lash, ko’pxotinlik paydo bo’lgan. Gvineyaga borgan Ya.Volnevich so’nggi o’n yillikda kelin bahosi o’n hissa oshganligi tufayli boy tabaqadagilar bir necha xotin olishga qodir bo’lib, kambag`al yigitlarga uylanish qiyinlashganligini qayd qiladi. Oqibatda poligam nikoh kuchaygan.
Eri o’lganda xotini ancha vaqt motam tutgan, keyin erining jasadini qabrdan kovlab olib ariqda yuvgan, kalla suyagini maxsus to’r xaltaga solib o’zi bilan olib yo’rgan. Kukuku qabilasida kishi o’lgandan keyin jasadni uyda maxsus ustanga yotqizib bir oycha dudlatib quritganlar, so’ng chiptaga o’rab qabristonga eltib qo’yganlar. Motam belgisi sifatida erining kalla suyagi yoki ba`zan bir skelet suyagini taqib yurish umrining oxirigacha so’zilishgan hollari ko’zatilgan. Faqat qaynog`asi yoki qaynisining ruxsati bilan beva ayol motamni tugatib, yangi turmush qurishi mumkin bo’lgan. Ilgari ayrim qabilalarda bolasi o’lgan ayol bir barmog`ini motam belgisi sifatida kesib tashlagan va bo’yniga osib yo’rgan.
Papuas va melaneziyaliklarning diniy e`tiqodida mana tushunchasi muhim rol o’ynagan. Mana tabiatning turli hodisalari, arvohlar, boy kishilar bilan bog`liq qandaydir qiyofasiz kuch hisoblangan. Eng kuchli mana, odatda, qabila boshliqlari, erkaklar ittifoqi rahbarlari va ularning arvohlariga xos bo’lib, ularga sig`inish keng tarqalgan. Yangi Gebrid orollarida tabiat ruhlariga itoat kuchli bo’lgan. Ajdodlarning arvohlariga sig`inish e`tiqodi o’liklarning kalla suyagini maxsus muqaddas joylarda saqlash odatini yaratgan. Ibtidoiy jamoa to’zumidan sinfiylikka o’tish davriga xos turli animistik tasavvurlar, sehrgarlik e`tiqodi (ayniqsa, boshliqlar manasi kuchi), dahshatli prvohlar obrazi va u bilan bog`liq marosimlar melaneziyaliklarning ma`naviy madaniyatiga ta`sir etgan. Mikroneziya xalqlarning tillari kam o’rganilgan, ammo so’nggi klassifikatsiya ma`lumotlari malayya-polineziya turkumi avstroneziya til oilasiga oid ekanligini tasdiqladi. Mikroneziyaliklarning ko’p qismi mazkur til oilasining sharqiy yoki okeaniya shoxobchasiga kiradi. Shulardan eng kattalari Gilbert arxipelagidagi tungaru (64 ming kishi)dir. Sof okeaniya tilida so’zlashadigan Sharqiy Mikroneziyada 10 ta xalq yashaydi. G`arbiy shoxobchasiga oid belau xalqi (15 ming kishi) G`arbiy mikroneziyada yashaydi. Bulardan tashqari ko’p sonli metislar va immigrantlar ham mavjud. Mikroneziyaliklarning xo’jaligida serunum erlar kam bo’lganligi tufayli faqat kokos palmasi, shakarqamish, non daraxti o’stiriladi. Aholisi asosan, baliqchilik bilan kun ko’radi. Mayda orollarda qisman o’ziga xos madaniyatga ega bo’lgan dengiz ko’chmanchilari deb nom olgan qabilalar ham yashaydi. Baliq ovi ashyolarini tayyorlash ancha rivojlangan: 30-40 metr keladigan yog`och tolalardan to’qilgan to’rlar, bambukdan po’pak va hinjilardan qarmoqlar, xivichdan yasalgan har xil to’rlar, sanchqi va hokazo.