1-laboratoriya ishi
Mavzu:
«Podbor parametra» buyrug`idan foydalanib hisoblash masalalarini yechish.
Ishdan maqsad:
Microsoft Excel elektron jadvalining funktsional imkoniyatlari bilan
tanishish va ish faoliyatida ma’lumotlar bilan ishlashda undan foydalanishni o`rganish.
Laboratoriya ishi rejasi:
1.
Microsoft Excel muhitida jadvallar yaratish va ularni tahrirlash, formulalar bo`yicha
hisoblash, ma’lumotlarni tartiblashni o`rganish;
2.
«Podbor parametra» buyrug`i yordamida hisoblash ishlarini amalga oshirish
metodologiyasini o`rganish.
Mashg`ulot uchun zarur vositalar:
o`quv mashg`uloti ma’lumot bazasi; shaxsiy
kompьyuter; Microsoft Word matn muharriri; Microsoft Excel elektron jadvali.
Topshiriq:
Avtoulov ta’mirlash ustaxonasi shtati 6ta ishchi, 8ta slesarь, 10ta master, 3ta
bo`lim boshlig`i, buxgalter, qorovul, farrosh va direktordan iborat bo`lsin. Oylik ish haqi
umumiy fondi 100 ming so`mni tashkil qilsin. Ustaxona xodimlarining oylik okladlari qanday
bo`lishi kerakligini aniqlash kerak.
Hisobotga qo`yiladigan talablar:
Laboratoriya ishining natijalari sifatida kompьyuterda
qayta ishlangan ma’lumotlar jadval shaklida taqdim etilishi kerak.
Ishni bajarish texnologiyasi:
1.
Nazariy ma’lumotlar.
Avval muammoni hal qilish modelini yaratamiz. Bunda asos qilib oddiy ishchining
maoshini olamiz, qolgan xodimlarning maoshini unga nisbatan necha barobar yoki qancha
ko`pligi bo`yicha hisoblaymiz. Matematik tilda ifodalaydigan bo`lsak, har bir oklad oddiy ishchi
oyligidan kelib chiqadigan chiziqli funktsiya hisoblanadi: Ai ·S+Vi, bu yerda S – oddiy ishchi
okladi; Ai va Vi – har bir lavozim uchun quyidagicha aniqlanadigan koeffitsiyentlar:
slesarь oddiy ishchidan 1,5 barobar ko`p maosh oladi (A2=1,5; V2=0);
master – oddiy ishchidan 3 barobar ko`p (V3=0; A3=3);
bo`lim boshlig`i – masterdan 300 so`m ko`proq (A4=3; B4=300);
qorovul – oddiy ishchidan2barobar ko`p (A5=2; V5=0);
farrosh –slesardan 200 so`m ko`proq (A6=1,5; V6=200);
buxgalter – oddiy ishchidan4barobar ko`p (A7=4; V7=0);
direktor –buxgalterdan 500 so`m ko`proq (A8=4; V8=500).
Har bir lavozimdagi xodimlar sonini bilgan holda, masala modelini quyidagi tenglama
ko`rinishida yozish mumkin:
N1
⋅
A1
⋅
C + N2
⋅
(A2
⋅
C + B2 ) + ... + N8
⋅
(A8
⋅
C + B8 ) = 100000 ,
bu
yerda
N1
–
oddiy
ishchilar
soni,
N2
–slesarlar
soni
va x.z.
Bu tenglamada A1...A8, B1...B8 va N1... N8 lar bizga ma’lum, S – esa noma’lum. Tenglama
tahlili shuni ko`rsatadiki, rejalashtirish masalasi S ga nisbatan chiziqli tenglamani hal qilish
uchun qaratilgan.
2.
Ishni bajarish tartibi.
Elektron jadvalning ish varag`iga boshlang`ich ma’lumotlarni 1.1-rasmda ko`rsatilgan
tarzda kiriting.
1.1-rasm. Boshlang`ich ma’lumotlar jadvali.
D ustunida har bir lavozim uchun ish haqini hisoblang. Masalan, D3 katakchasi uchun
hisoblash formulasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
=B3*$B$12+C3
F ustunida berilgan lavozimdagi barcha ishchilarning ish haqini hisoblang. Masalan, F3
katakchasi uchun hisoblash formulasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
=D3*E3
F12 katakchasida avtota’mirlash ustaxonasi umumiy ish haqi fondini quyidagi formula
bo`yicha hisoblang:
=SUMM(F2:F10)
Elektron jadval ish varag`i 1.2-rasmda ko`rsatilgan ko`rinishda bo`ladi.
1.2-rasm. Hisoblash natijalari jadvali.
Oddiy ishchi okladini aniqlang, bunda, hisoblash jamg`armasi belgilangan miqdorga teng
bo`lgan bo`lsin:
1.
Servis menyusidan Podbor parametra buyrug`ini aktivlashtiring yoki bu buyruqni
Dannыye menyusidan ham topish mumkin:
;
2.
Ochilgan oynaning «Ustanovitь v yacheyke» maydonida formulasi mavjud F12
katakchasiga murojaatni kiriting;
3.
«Znacheniye» maydoniga qidirilayotgan natija 100000 ni kiriting;
4.
«Izmenyaya znacheniye yacheyki» maydonida o`zgartirilayotgan katakcha V12 ga
murojaatni kiriting va tugmasini bosing. Jadvalni shaxsiy katalogingizda
saqlang.
Nazorat savollari:
1.
Amallarni bajarish ketma-ketligini arifmetik formulalarda ifodalang.
2.
«Podbor parametra» buyrug`i yordamida berilganlarni hisoblash metodologiyasini
tavsiflang.
3.
Oylik ish haqi fondi 20% ga oshirilganda oddiy ishchining okladini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |