Boshqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
1) Ishchi suyuqlik oqimining harakat yo`nalishini o`zgartirish, gidrodvigatelni ishga tushirishning talab qilingan ketma-ketligini ta’minlash, chiqish qismlarning harakat yo`nalishini o`zgartirish va shu kabilar uchun hizmat qiluvchi gidrotaqsimlagichlar;
2) Gidrotizimdagi ishchi suyuqlik bosimini rostlash uchun mo`ljallangan bosim rostlagichlari(saqlagichli, reduksion, qayta quyuvchi va boshqa klapanlar);
3) Ishchi suyuqlik oqimi bilan boshqarish yordamida sarfni rostlagich(oqimlarni bo`lgich va yig`gichlar, oqim drossellari va rostlagichlari, yo`naltiruvchi klapanlar);
4) Nasoslar, gidrodvigatekllar yoki boshqarish signali quvvatini baravar kuchaytirish bilan ishchi suyuqlik vositasida boshqarishning boshqa qurilmalar ishlashi orqali boshqarish uchun zaruriy gidravlik kuchaytirgichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |