Mаvzu: Plan, karta profil tushunchasi. Masshtab


-rasm.Globusni meridianlar bo’yicha yoyilmasi



Download 82,52 Kb.
bet2/8
Sana13.06.2021
Hajmi82,52 Kb.
#66248
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARUZA -5

5.1-rasm.Globusni meridianlar bo’yicha yoyilmasi

Demak, geografik obyektlarning qiyofasi, o’rni, katta kichikligi qabul qilingan masshtab bo’yicha globusda geometrik jihatdan to’g’ri tasvirlanadi. Lekin globus qanchalik katta bo’lmasin, unda yer yuzidagi barcha tavsilotlarni aniq va mukammal tasvirlash qiyin. Shuning uchun yer yuzini mukammal o’rganishda turli muhandislik inshootlarining loyihalarini tuzishda va ularni qurishda globusdan foydalanib bo’lmaydi; bu maqsadda yer yuzining qog’ozdagi tasviridan, ya’ni plani yoki kartasidan foydalaniladi. Lekin yer yuzini kartada tasvirlashda ma’lum xatolar ro’y beradi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Globus meridianlar bo’yicha kesib, yoyib yuborilsa, uning yaxlit tasviri hosil bo’lmaydi. Orada ochiq joylar qoladi. (5.1-rasm) shunga ko’ra yerning sferik yuzasini tekislikda yaxlit tasvirlashda yer yuzidagi bir xil uzunlikdagi chiziqlar va bir xil kattalikdagi maydonlar qog’ozga bir xilda kichrayib tushmaydi hamda qog’ozda tasvirlangan burchaklar yer yuzidagi shu burchaklarga teng bo’lmaydi. Yer va uning ayrim katta qismining kartadagi tasvirida burchak va maydon xatolari ro’y beradi. Shunga ko’ra Yer yuzini va uning ayrim katta qismini kartada tasvirlashda Yerning sferikligini e’tiborga olish lozim. Buning uchun yer yuzidagi geografik obyektlarning kontur va chiziqlari ellipsoid yoki shar sirtiga tushuriladi, ya’ni Yer sirtining gorizontal proyeksiyasi hosil qilinadi, bu proyeksiya ma’lum matematik qonun asosida tekislikka tushuriladi, bunda dastlab, meridian va parallel to’ri, ya’ni kartografik to’r chiziladi. So’ngra kartografik to’r ma’lum darajada kichraytirilgan geografik obyektlar bilan to’ldiriladi. Demak, karta bu -yer yuzining ellipsoid sirtidagi gorizontal proyeksiyasining qog’ozdagi kichraytirilgan tasviridir.

Umuman, karta tuzishda tasvirlanishi kerak bo’lgan territoriya dastlab tuzilayotgan karta masshtabidagi globus yuziga tushirilgan deb faraz qilinadi. So’ngra globus ma’lum matematik qonunga, ya’ni kartografik proyeksiyaga muvofiq tekislikka yoyiladi. Shunda proyeksiyaning ba’zi chiziqlarida faraz qilingan globus masshtabi saqlanadi va bunga bosh masshtab deyiladi. Bosh masshtab odatda kartada ko’rsatiladi. Proyeksiyaning boshqa qismlaridagi masshtab esa bosh masshtabdan katta yoki kichik bo’lib, xususiy masshtab deb yuritiladi. Demak, kartaning masshtabi uning turli joyida turlicha bo’ladi. umuman har bir kartaning qanday maqsadda tuzilayotganligiga qarab, ma’lum kartografik proyeksiya tanlanadi. Masalan, burchak va masofalar o’lchanadigan kartalar: topografik kartalar, dengiz navigatsiyasi va aeronavigatsiya kartalari uchun teng burchakli, ya’ni burchaklar o’zgarmaydigan kartografik proyeksiya, maydonlar o’lchanadigan yoki territoriyalar bir-biriga solishtiriladigan kartalar uchun esa maydonlar o’zgarmaydigan kartografik proyeksiya tanlanadi.

Yer yuzining kattaligi 20×20 kvadrat kilometrdan oshmaydigan qismining sathiy yuzaga tushurilgan gorizontal proyeksiyasini yassi deb qabul qilish mumkin. Bunda Yerning sferikligi natijasida ro’y beradigan burchak va maydon xatoligi geodezik o’lchash vaqtida yo’l qo’yiladigan xatodan katta bo’lmaydi.

Yer yuzining biror kichikroq bo’lagini qog’ozda tasvirlashda Yerning sferikligi e’tiborga olinmasdan, joydagi tafsilotlarning konturlari yassi deb qabul qilingan sathiy yuzaga proyeksiyalanadi. So’ngra joyning bu gorizontal proyeksiyasi qog’ozda ma’lum darajada kichraytirilib tasvirlanadi. Joyning bunday tasviri plan deb ataladi. Plan-Yer yuzining yassi deb qabul qilingan bo’lagining tekis sathiy yuzaga tushurilgan gorizontal proyeksiyasining qog’ozdagi kichraytirilgan tasviridir. Yer yuzidagi tafsilotlarning plandagi qiyofasi joydagi qiyofasiga o’xshab tasvirlanadi, ya’ni planning barcha qismida masshtab bir xil bo’ladi.


Download 82,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish