Mаvzu: Plan, karta profil tushunchasi. MasshtabTopografik plan va kartalarning masshtabi
MARUZA -5
Topografik plan yoki kartalarning masshtabi jihatidan taqqoslab ko’rganda sonli masshtabining maxrajidagi raqami kichik bo’lgan plan yoki karta yirik bo’ladi. Masalan, 1:5000 masshtabli plan 1:10000 masshtabli kartaga nisbatan ikki baravar, 1:50000 masshtabli kartaga nisbatan esa 10 baravar yirikdir. Har bir topografik plan yoki karta varag’ida tasvirlangan territoriyaning katta-kichikligi shu karta yoki planning masshtabiga bog’liqdir. Masalan, 1:2000 masshtabli planda 1:1000 masshtabli plandagiga nisbatan 4 baravar katta territoriya, 1:50000 masshtabli kartada 1:25000 masshtabli kartadagiga nisbatan 4 baravar, 1:10000 masshtabli kartaga nisbatan esa 16 baravar katta territoriya tasvirlangan bo’ladi. Masshtab qanchalik yirik bo’lsa, plan (karta) da o’lchash shunchalik aniq bo’ladi. Karta yoki planda tasvirlangan chiziqning joydagi uzunligini sonli masshtabdan foydalanib aniqlash uchun chiziqning o’lchangan uzunligi sonli masshtabning maxrajiga ko’paytiriladi. Masalan, 1:5000 masshtabli planda chiziqning o’lchangan uzunligi 3,7sm bo’lsa, uning joydagi uzunligi 3,7×5000=18500 sm =185 m bo’ladi. Kartadan o’lchab olingan chiziqning joydagi uzunligini natural masshtab yordamida aniqlash uchun chiziqning uzunligi karta (plan) asosi masshtabiga ko’paytiriladi. Masalan 1:10000 masshtabli karta masshtabinig asosi 100 m va o’lchangan chiziqning uzunligi 4,5smbo’lsa, uning jopydagi uzunligi 4,5×100=450 m bo’ladi. Bu misollardan ko’rinishicha, joydagi masofa uzunligini topishda karta yoki planda o’lchab olingan chiziqning uzunligini sonli va natural masshtabda ko’paytirib hisoblashga to’g’ri keladi. Masshtab grafik shaklida ifodalansa, chiziqli masshtab deyiladi. Chiziqli masshtab bitta chiziqdan yoki ikkita parallel chiziqdan iborat bo’lib, chiziqlar ma’lum uzunlikdagi kesmalarga bo’linadi. Kesma masshtab asosi deyiladi. Odatda masshtab asosi 1yoki 2 sm ga teng bo’ladi. kesmalar ustiga uning yer yuzidagi uzunligi yozib qo’yiladi. Chiziqli masshtabning chap tomonidagi birinchi kesma teng o’n bo’lakka bo’linadi, har bir bo’lak shu masshtabning grafik aniqligi deb ataladi. Masalan, masshtabning asosi 1 sm bo’lsa yer yuzida 250 m, grafik aniqligi 1 mm bo’lsa, u joyda 25 m ga teng. Karta yoki planda o’lchangan chiziqning joydagi uzunligini bevosita aniqlashda chiziqli masshtabdan foydalaniladi. Chiziqli masshtabning grafik aniqligi uning tuzilishiga bog’liq. Chiziqli masshtabning birinchi bo’lagi qancha kichikroq bo’laklarga bo’linsa, masshtabning aniqligi shuncha ortadi. Lekin uning birinchi bo’lagini 1 mm dan ham kichikroq bo’laklarga bo’lib bo’lmaydi. Chunki 1 mm dan kichik bo’laklarni ko’z ilg’amaydi. Kartada o’lchangan chiziqlarning joydagi uzunligini aniqroq o’lchashda ko’ndalang masshtabdan foydalaniladi. Ko’ndalang masshtab matall lineykalarda, ba’zi bir geodezik asboblarda va transportirlarda beriladi. Ko’ndalang masshtabning asosi 2 sm, grafik aniqligi 2 mm ga eng kichik bo’lagi 0,2 mm ga teng. Download 82,52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |