Mаvzu: Plan, karta profil tushunchasi. Masshtab


Kartalar klassifikatsiyasi. Topografik karta va uning elementlari



Download 82,52 Kb.
bet4/8
Sana13.06.2021
Hajmi82,52 Kb.
#66248
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARUZA -5

Kartalar klassifikatsiyasi. Topografik karta va uning elementlari.Plan va kartalarni mazmuni, masshtabi va xususiyatlariga qarab gruppalarga bo’lish mumkin. Yer yuzasi va uning ayrim qismlarining landshafti bir xil aniqlik va to’liqtasvirlanadigan plan va kartalar masshtabiga ko’ra uchta asosiy gruppaga bo’linadi: masshtabi 1:5000 va undan yirik bo’lsa-topografik plan, masshtabi 1:10000 dan 1:500000 gacha bo’lsa topografik karta, masshtabi 1:1000000 va undan kichik bo’lsa-geografik karta deb yuritiladi. Plan va kartalarning bunday uch gruppaga bo’linishi rasmiy instruksiyalarda ko’rsatilgan. Lekin shuni aytish zarurki, 1:5000 va 1:2000 masshtabdagi topografik planlar shartli to’g’ri burchakli koordinatalar tizimida tuzilmay MDH da qabul qilingan to’g’ri burchakli koordinatalar zonal tizimida tuzilgan taqdirda har bir 3o li zonaning eng chekka qismlarida Yerning sferikligidan ro’y beradigan chiziqlar xatoligi sezilarli darajada bo’ladi, plan tuzishda bu xatoni e’tiborga olishga to’g’ri keladi. Shunga ko’ra bunday paytda 1:5000 va 1:2000 masshtabli topografik planlar topografik karta bo’lib hisoblanadi; lekin ishlab chiqarishda bunday kartalarni topografik plan deb yuritish qabul qilingan.

Topografik planda va yirik masshtabli topografik kartalarda territoriyalar juda aniq va mukammal tasvirlanadi, ulardagi deyarli barcha tafsilotlar masshtabli shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Shuning uchun topografik plan va yirik masshtabli topografik kartalardan muhandislik ishlarida, territoriyani aniq va mukammal o’rganishda, shuningdek aniq o’lchash va hisoblash ishlarida, joyda oriyentirlashda va boshqa ishlarda keng foydalaniladi.

Topografik karta va planlar asosan joyda tasvirga olish yoki aerofototasvir yo’li bilan tuziladi va barcha boshqa kartalarni tuzishda asos bo’lib xizmat qiladi.

Masshtabi 1:200000 dan 1:500000 gacha bo’lgan kartalar obzor-topografik kartalar deb ham yuritiladi. Ularda yer yuzidagi obyektlar yirik masshtabli topografik kartalardagiga nisbatan birmuncha umumlashtirib ko’rsatiladi. Masalan, topografik kartalarda ayrim bino, ko’cha, maydon, park va boshqalar batafsil ko’rsatilsa, obzor-topografik kartalarda aholi yashaydigan punktlar kvartallar tarzida tasvirlanadi. Obzor-topografik kartalar asosan topografik kartalar yoki aerofototasvirlar tasviridan foydalanib tuziladi. Xalq xo’jaligini rivojlantirish planlari va loyihalarini tuzishda, yirik qurilish inshootlarining o’rnini belgilashda, territoriyani dastlabki o’rganishda ayni shu kartalardan foydalaniladi. Territoriyani geografik jihatdan o’rganishda, maxsus kartalar hamda mayda massshtabli kartalar va atlaslar tuzishda obzor-topografik kartalarga asoslanadi.

Geografik kartalarda territoriya ancha umumlashtirib tasvirlanadi. Ularda yer yuzidagi obyektlarning deyarli barchasi masshtabsiz, shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Shuning uchun ham territoriyani umumiy o’rganishda geografik kartalardan foydalaniladi. Yer yuzidagi obyektlardan tashqari turli tabiiy va ijtimoiy hodisalar ham tasvirlangan geografik kartalar maxsus kartalar deb yuritiladi. Maxsus tabiiy geografik kartalarga geologik, gidrologik, geofizik, botanik, ilmiy va boshqa kartalarni, maxsus sotsial-iqtisodiy kartalarga esa tarixiy-iqtisodiy, ma’muriy-siyosiy va boshqa kartalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

Topografik kartalar yirik masshtabli bo’lganligidan ularda territoriya ma’lum kattalikdagi qismlarga bo’linib, har bir qism alohida alohida varaqda qabul qilingan kartografik proyeksiyada, masshtab hamda ramkada tasvirlanadi. Topografik kartaning har bir varag’idagi territoriyaning o’lchami ma’lum qoida va nomenklaturaga asosan olinadi. Topografik kartaning ana shu elementlari, kartografik to’ri, masshtabi, nomenklaturasiga uning matematik elementlari deyiladi; yer yuzining topografik kartada tasvirlanadigan tafsilotlari esa kartaning geografik elementlari deb ataladi. Geografik elementlar territoriyaning relyefi, gidrografiyasi, o’simlik va tuproq ko’rsatkichlari, aholi yashaydigan punktlar hamda bazi bir xo’jalik, siyosiy ma’muriy elementlardan iborat. Topografik kartadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida uning ramkasidan tashqarida turli chizma, sxema va yozuvlar beriladi. Bular topografik kartaning yordamchi elementlaridir.




Download 82,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish