4. An’anaviy korxona xodimlari
izlanuvchan bo‘lishlari
mumkin. Lekin ular rahbarlik lavozimida bo‘lmasalar, izlanishlar
samarasi yo‘qotiladi yoki oshkor qilinmaydi. Uzluksiz o‘qitishga
e’tibor qaratiladigan korxonada esa
izlanuvchanlik hamisha
va hamma joyda namoyon bo‘ladi.
Bu, ayniqsa, jamoa bo‘lib
ishlashda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
5. Qadriyatlar va dunyoqarashlar tizimi mushtarak bo‘-
li shi kerak.
Xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovlar ko‘p hollarda,
hatto birgalikda ishlaydigan insonlarning ham ishlab chiqarish
jarayonlariga qarashlari turlicha bo‘lishidan dalolat berib
turibdi. Agar, xodimlarning fikrlashi — mezonlar, qadriyatlar,
108
yondashuvlar umumlashtirilib, jamoaning barcha a’zolari
tomonidan qabul qilinmagan bo‘lsa, ushbu bilimlardan
foydalanish, ayirboshlash jarayoni murakkab kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |