Pedagogikaning predmeti ongli va maqsadga yo‘naltirilgan tashkil- lashtirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Pedagogik jarayon deganda aniq tarbiyaviy tizim doirasida tarbiyachi va tarbiyalanuvchi hamkorligida maxsus tashkil etilgan, rivojlanuvchi, qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, tarbiyalanuvchilarda shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon tushuniladi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Fanning maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar muhim ahamiyatga ega. O‘zRda pedagogika fani yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya nazariyasini milliy istiqlol g‘oyasi asosida ijodiy rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda quyidagi vazifalar bajariladi:
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
Har qanday fan predmeti uni kategorial-tushunchaviy apparati orqali ochib beriladi. Shuning uchun «kategoriya», «tushuncha», «atama» so‘zlarini ma’nolarini farqlash maqsadga muvofiq.
Kategoriya (yunoncha. kategoria - aniqlovchi) - umumiy va fundamental tushuncha bo‘lib, ilmiy-nazariy tafakkur xarakterini aniqlovchi va real borliq qonuniyatlarini va munosabatlarini, xususiyatlarini ifodalaydi.
Tushuncha - bu aniq mazmun bilan to‘ldirilgan so‘z yoki so‘z birikmasidir.
Termin (atama) (lot. terminus - chegara) - maxsus soha doirasida real obyektni aniq belgilash va uni boshqa tushunchalar bilan munosabatini o‘rnatishni ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasidir.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga quyidagilar kiradi: ma’lumot, tarbiya, ta’lim, pedagogik jarayon, o‘z-o‘zini o‘qitish, o‘z-o‘zini tarbiyalash. Ushbu kategoriyalarni ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumot - o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish natijasi va jarayoni, u asosida dunyoqarashni, axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarni shakllanishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi.
Tarbiya - shaxsni shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishga va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim - bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish maqsadiga yo‘naltirilib, maxsus tashkil etilgan jarayon bo‘lib, uning natijasida shaxsni tabiiy qobiliyatlari rivojlanishi hamda uning shaxsiy va ijtimoiy sifatlari shakllanadi.
Pedagogik jarayon - o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqadorligi asosida maxsus tashkil etilgan shaxsni ta’limi, tarbiyasi va rivojlanishini ta’minlovchi jarayon.
O‘z-o‘zini o‘qitish - bilimlarni o‘zlashtirish va izlash bilan bog‘liq bo‘lgan insonni maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘z-o‘zini tarbiyalash - insonni o‘zida xulq-atvor normalari, sifat va fazilatlarini shakllanishini anglagan va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |