Mavzu. «Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 181,25 Kb.
bet16/47
Sana08.04.2022
Hajmi181,25 Kb.
#536508
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
ПУМ 2021 лекция

Ta`limda ko`rgazmalilik tamoyili
Ta`limda ko’rgazmalilik tamoyili o`qitishning voqelikdagi narsa va hodisalarni o`quvchilarga ko`rsatish bilan birgalikda olib borilishini talab qiladi. O`qitish shu xilda olib borilganida o`quvchilarning sezgi organlari orqali idrok qilishi bilan fikrlashi o`rtasida bog’lanish hosil bo`ladi.
Pedagogikada ta`limda ko’rgazmalilik tamoyilini birinchi marta buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ishlab chiqqan.
Ta`lim jarayonida ko’rgazmalilik yuqori sinflarda ham katta ahamiyatga ega bo`lib, bu hodisalar mohiyatini, rivojlanish jarayonlarini va hodisalar o`rtasidagi bog’lanishlarni bilishga yordam beradi. Buning uchun o`quvchilarga narsalarning o`zini (aslini) ko`rsatish, tajribalar, suratlar, kinofil`mlar qo`rsatish, ularni ekskursiyalarga olib borish lozim. Ko’rgazmalilik tamoyilidan ustalik bilan foydalanilsa, o`quvchilarda eng zarur sifat — kuzatish, ya`ni narsalarning eng muhim belgilarini ko`rish, payqab olish ko`nikmasi hosil bo`ladi.
O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlariga rahbarlik qiladi. Kuzatish vaqtida nimalarga e`tibor berish kerakligi to`g’risida ularga ko`rsatmalar berib turadi. Ayni holda o`qituvchining so`zi etakchilik rolini o`ynaydi, o`qituvchining so`zi o`quvchilarning bevosita ko`rib idrok qilgan narsa va hodisalar to`g’risidagi bilimini to`ldiradi. So`zlash bilan birga ko`rsatib turish o`quvchilarni hodisalarning mohiyatini, uning qonuniyatlariii bilib olishga imkon tug’diradi.
Narsalarning o`zini tabiiy holda ko`rsatish imkoni hamma vaqt ham bo`lavermaydi. Bunday hollarda narsalarning suratini, tasvirini ko`rsatish mumkin. Ko`rsatma vositalar sifatida darslikdagi rasmlardan, kartalar, jadvallar va sxemalardan foydalanish lozim.
Ta`limda ko’rgazmalilik tamoyili o`quvchilarning darsga bo`lgan e`tiborini, qiziqishini kuchaytiradi. Ularning politexnikadan bilim doirasini kengaytiradi, ta`limni turmush bilan bog’lab olib borishga yordam beradi.
Tajribali o`qituvchilar darsning barcha bosqichlarida: savol-javobda, yangi materialni o`rganishda, mustahkamlashda, takrorlashda ko`rsatmali qo`llanmalardan foydalanib ish olib boradilar. Tarqatma materiallardan foydalanish ayniqsa yaxshi natija beradi. O`qituvchi bu narsalarni faqat ko`zdan kechirishni emas, balki ularni solishtirib, taqqoslab ko`rishni, bir necha savollarga javob berishni ham taklif qiladi.
Ko`rsatmali qo`llanma turlari:
1. Natural (tabiiy) ko`rsatma qurollar. Bunda atrof voqelikdan olingan narsa va hodisalar ko`rsatiladi. O`simliklar, hayvonlar, turli kolbalar, priborlar, apparatlar, asboblar, tajribalar qilib ko`rsatish kabilar bunday qo`llanmalar jumlasiga kiradi;
2. Grafik ko`rsatmali qo`llanmalar. Shartli tasvirlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar va hokazolar grafik qo`llanmalar jumlasiga kiradi. Tasviriy ko`rsatmada o`rganilayotgan fan yuzasidan tasvirlar ko`rsatiladi. Bu xildagi qo`llanmalar jumlasiga suratlar, kinofil`mlar, diafil`mlar, fotosurat va rasmlar kiradi.
Har bir ko`rgazmali qo`llanmadan darsning maqsadi, materialning mazmuni va o`quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab foydalaniladi.



Download 181,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish