Mavzu: Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari (2 soat) Reja


Pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 303,21 Kb.
bet7/66
Sana05.09.2021
Hajmi303,21 Kb.
#165048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Bog'liq
PEDAGOGIKA FANLARINI O'QITISH METODIKASI

Pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Shaxs tarqqiyotidagi ichki ziddiyatlar psixik tarqqiyotning xarakatlantiruvchi kuchidir.

Asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo bo`ladigan Yangi extiyojlar va ularni kondirish uchun zarur vositalarning etishmasligidir. SHaxs tarqqiyotining erishgan darajasi, xayot tarzi va uning ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutgan urni urtasidagi ziddiyat xam muxim ziddiyatlardan biridir. SHaxs Yangi sharoitga moslashishga intiladi (bog’chada, maktabda). Ta’lim va tarbiya jarayoni xam shaxs oldiga Yangi vazifalarni kuyadi, faoliyatning Yangi motivlarini xosil kiladi.

Psixologiya fanida yosh davrlarini tabakalash buyicha kator nazariyalar mavjud. Masalan, psixodinamika nazariyasini yorkin vakillaridan biri e.erikson nazariyasiga kura inson umri 8 davrga bulinadi:

1-davr – gudaklik; 2-davr – ilk bolalik; 3-davr – uyin yoshi; 4-davr – maktab yoshi; 5-davr – uspirinlik; 6-davr – yoshlik; 7-davr – etuklik; 8-davr – karilik davri.

E.Shpinger, K.Byuler, A.Maslou va boshkalar personologik nazariyaning vakillari bulib, ular yosh davrlarini shaxs “men” xususiyatlarining shakllanishi boskichlari deb xisoblaydilar.

Kognitivistik yunalishning asoschilari katoriga J.Piaje, Dj.Kelli va boshkalarni kiritish mumkin. J.Piaje intellektni kuyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi.


    1. sensomotor intellekti ( tug’ulishdan 2 yoshgacha)

    2. operaciyalardan ilgari tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha)

    3. konkret operaciyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha)

    4. formal (rasmiy) operaciyalar davri.

Sobiq sovet psixologlari L.S.Vigotskiy, L.I.Bojovich, D.B.el’konin, A.A.Lyublinskaya, V.A.Kruteckiy, A.V.Petrovskiylar xam yosh davrlarini uziga xos tabakalash nazariyalarini yaratdilar. Ular orasida D.B.el’koninning tasnifi aloxida o`rin tutib, etakchi faoliyat nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariyaga kura xar bir yosh davrida biror faoliyat turi inson shaxsi shakllanishida asosiy rol’ uynaydi. Bu yosh davrlari kuyidagilar.

  1. gudaklik davri – tug’ilgandan 1 yoshgacha; asosiy faoliyat – bevosita emocional mulokot.

  2. Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; asosiy faoliyat – predmetli faoliyat.

  3. Maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha; asosiy faoliyat – rolli uyinlar.

  4. Kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha; asosiy faoliyat – o`qish.

  5. O`smirlik davri – 10 yoshdan 15 yoshgacha; asosiy faoliyat – mulokot.

  6. Ilk o`spirinlik davri – 15 yoshdan 18 yoshgacha; asosiy faoliyat – ukish, kasb tanlash.

Psixik tarqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga utish bosqichlarida yosh krizislari yuz beradi. Krizislar ikki yosh davri oralig’ida yuz berganligi sababli 1 yosh davrining tugashi va ikkinchi yosh davrining boshlanishiga tug’ri keladi. Barcha yosh krizislari ba’zi umumiy belgilarga ega. Bolalar krizislar davrida kaysar, asabiy bulib koladilar, kattalar bilan nizolar paydo bo`ladi, avvalo bajaradigan ishlarini kilishdan bosh tortadilar. Krizislar davrida paydo bo`ladigan Yangi extiyojlari kondirilmaydigan bolalar shunday reakciya namoyon kiladilar.

SHaxsning ontogenezidagi ijtimoiy rivojlanish 2 yunalishda: ijtimoiylashuv va individuallashuv ko`rinishida bulib turli yosh davrlaridagi krizislar xam mos ravishda turli xarakterga ega. Masalan: 1, 6, 15 yoshlilar krizislari ijtimoiy tajribani uzlashtirish muxitda o`z poziciyalarini mustaxkamlash bilan bog’liq bo`lsa 0, 3, 10, 17 yoshdagi krizislar esa uzini anglash, kursatish, atrofdagilarning tan olishi uchun kurashish asosida yuzaga keluvchi krizislardir.



Bola avval ma’lum darajaga yetib, keyin tarbiyalanmaydi, balki ta’lim va tarbiya jarayonida psixik rivojlanadi. Bunda psixologlar Vigotskiy tomonidan aniqlangan qoidaga, ya’ni ta’lim berish bola qo`lga kiritib bo`lgan rivojlanish darajasini ko`zlamasdan, bir muncha olg’a ketish, bolaning tafakkurida uning mavjud imkoniyatlarini bir muncha oshiradigan talablar kuyishi u erishgan va yaxshi o`zlashtirib olgan analitik-sintetik faoliyat darajasini talab kilish kerak degan qoidaga asoslanadilar.
L.S.Vigotskiy ta’limining aqliy rivojlanishdagi yetakchi rolini ta’kidlar ekan, ta’lim bolaning rivojlanishidagi kechagi kunga emas, balki ertangi kunga tayanmog’i lozim deb hisoblangan edi. Ta’lim rivojlanishning faqat tugallangan darajasi asosida qurilmasdan, avvalo xali unga tarkib topmagan narsalarga tayanmog’i kerak. L.S.Vigotskiy boladagi aqliy rivojlanishning 2 darajasi xakidagi koidani ifodalab berdi. Birinchi daraja, Vigotskiy atyganidek, aktual rivojlanish darajasi – o`quvchi tayyorligining mavjud darajasi bo’lib, u o`quvchining qanday topshiriklarni tula mustaqil bajara olishi bilan xarakterlanadi. Qancha yuqori bo`lgan ikkinchi daraja (uni Vigotskiy eng yaqin rivojlanish zonasi deb atagan) bolaning nimani mustaqil bajara olmasligini, lekin ozroq yordam bilan (yo`l-yo`riq beruvchi savollar ...) nimaning uddasidan chika olishini ko`rsatadi. Vigotskiy bola bugun kattalar, o`qituvchi yordamida bajarayotgan narsani ertaga mustaqil ravishda uzi bajaradi, eng yaqin rivojlanish zonasiga kirgan narsalar, ta’lim jarayonida aktual rivojlanish jarayoniga o`tadi deb ta’kidlagan edi. Xar qanday psixik funkciya inson xayoti davomida 2 marotaba namoyon bo`ladi: avval ijtimoiy, so`ngra psixologik xarakterdadir, avvaliga psixik funkciya odamlar orasida interpsixik ko`rinishda bulsa, sungra bola uchun intrapsixik ko`rinishdadir. Bu qonuniyat barcha psixik funkciyalar, ixtiyoriy dikkat, mantikiy xotira tushunchalarining, irodaning rivojlanishiga tegishlidir. Xar qanday funkciya avval boshka odamlarga karatilgan bo`lib, so`ngra shaxsning ichki funkciyasiga aylanadi. Ontogenezda psixik bir bosqichdan sifat jixatdan boshqa bosiqchga qadamma-qadam o`tishdir. Har bir yosh davrlarda tashki ta’sirga psixikaning sezuvchanlik xususiyati turlicha bo`lib, u yoki bu psixik funkciya rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Bunday davrni – shu psixik funkciyaning senzitiv davri deyiladi. Masalan, 1 yoshdan 3 yoshgacha davr nutq rivojlanishining senzitiv davridir. Kichik maktab yoshi o`quv faoliyati uchun senzitivdir. Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari, xususan o`qituvchining obruli ekanligi, ishonuvchanligi, tirishkokligi bunga imkon beradi. Uspirinlik yoshi esa o`z ichki dunyosini bilish uchun qulay davrdir. Ularning emocional sferasining boyishi, uz-uzini boshkarish va ma’suliyati seziladi. Bola psixik rivojlanishining turli yunalishi mavjudligini unutmaslik lozim. Funkional rivojlanish bevosita bilim va malakalarni o`zlashtirish bilan bog’lik bo`lsa, yosh davriga xos psixofiziologik rivojlanish bilan belgilanadigan yosh davri rivojlanishidir.


Download 303,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish