Mavzu: Payvandlash transformatorlari Reja: Payvandlash transformatorlari haqida umumiy ma’lumotlar


Payvandlash transformatorlari turlari



Download 189,55 Kb.
bet2/2
Sana11.04.2023
Hajmi189,55 Kb.
#926921
1   2
Bog'liq
Mavzu Payvandlash transformatorlari (2)

Payvandlash transformatorlari turlari.
Payvandlash transformatorlarining texnik tavsifi
1-jadval

Ta’minlash
manbai-
ning turi

Kuchlanishi, V

Payvandlash toki kuchi, A

UD
E,
%

Talab qiladigan quvvati, kV.A

U1

Usyu

I nom

Rostlash diapazon
i




Suriladigan chulg‘amli transformatorlar

TD-101

220

65

50

30...50

20

2,1

TD-304

220;3 80

61...79

300

60...385

60

19,4

TD-504

220;3 80

59...73

500

100...560

50

26,6

TSK-
300

380

63

300

110...385

65

20

TSK-
500

380

60

500

165...560

65

32




Flyus ostida payvandlash uchun transformatorlar

TDF-
1001

220;3 80

68...71

1000

400...120 0

100

82

TDF-
1601

380

75...10 5

1600

600...180 0

100

182

TDF-
2001

380

68...79

2000

800...220 0

65

170

Keyingisi energetik kо‘rsatkichlarini yaxshilash uchun birlamchi chulg‘amga kondensatorlar parallel ulanganligi bilan oldingisidan farq qiladi.


Chulg‘amlari suriladigan transformatorlar kо‘pincha yoy bilan dastaki payvandlash uchun qо‘llanadi. Bulardan tashqari sochilma oqimini va payvandlash tokini magnit shuntini burab – о‘zakning о‘rtadagi harakatlanuvchi zvenosini burab (STSH markali transformatorlar), о‘zgartiradilar, shuningdek, kichik gabaritli TDP, TSP, ADZ rusumli transformatorlarni qо‘llaydilar, bularda tokni ikkilamchi chulg‘am seksiyalarini qayta ulash bilan yoki qо‘shimcha chulg‘amlar yordamida rostlanadilar.
Flyus qatlami ostida suyuqlanadigan elektrod bilan avtomatik va yarim avtomatik payvandlash uchun TDF rusumli maxsus transformatorlar ishlab chiqariladi (3rasmga va jadvalga qarang).

3-rasm. Flyus qatlami ostida yoy bilan payvandlash uchun TDF transformatori.

Flyus ostida payvandlashni kattaroq tokda olib boradilar, shuning uchun yoy turg‘un yonadi va yoyni VAT ning о‘sib boradigan shaxobchasida chok sifatli shakllanadi. (4-rasm, 3 va 4 egri chiziqlar). Demak, transformatorning tashqi VAT sekin pasayadigan bо‘lishi lozim (2 egri chiziq VAT ning qiyaligini kattalashtirish payvandlash toki qiymatini kamayishiga olib keladi, bunda payvandlash jarayoni turg‘un bо‘lishi mumkin, chunki yoyning tavsifi manbaning VAT bilan A1 va A2 nuqtalarida kesishishi chap tomonga suriladi.





4-rasm. Ta’minlash manbalarining volt-amper tavsifi (1 va 2) va flyus ostida payvandlash turida uzunlikdagi (3 va 4) payvandlash yoyning tavsifi.

TDF transformatorining sekin pasayadigan VATni chulg‘amli 4 (5-rasm) elektromagnit shunti 3 yordamida olinadigan, rostlanadigan alohida tok manbaidan ta’minlanadi. Shunt 3 pо‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan va transformator о‘zagi 1 ning ichida kо‘zg‘almas qilib о‘rnatilgan. о‘zakda har biri ikkita g‘altakdan iborat bо‘lgan birlamchi 2 va ikkilamchi 5 chulg‘amlar о‘rnatilgan. Chulg‘amlar о‘zakda kо‘zg‘almaydigan qilib maxkamlangan va joylashtirilgan, natijada kattalashtirilgan sochilma oqim Fs olinadi.



5-rasm. Elektromagnit shuntli transformatorning chizmasi:
1 - о‘zak, 2 – birlamchi chulg‘am, 3 – shunt; 4 – chulg‘amlar, 5 – ikkilamchi chulg‘am.

Salt yurish rejimida birlamchi chulg‘ami 2 380 Vli tarmoq kuchlanishiga ulanadi.


Payvandlash konturi ochiq, unda tok yо‘q, salt yurish kuchlanishi Usyu80 V bо‘ladi. Transformatorni Usyu =(1,5...3,0) Ud shartidan kelib chiqib hisoblanadi. Yuklama rejimida, yoy yonganda transformatorning ikkilamchi chulg‘ami 5, payvandlash simlari va yoydan iborat bо‘lgan payvandlash konturi berk, undan payvandlash toki о‘tadi.
Shunt 3 chulg‘ami 4 da tok nolga teng bо‘lgan asosiy magnit oqimi Ft ning kо‘p qismi va sochilma oqim Fs shuntning magnit о‘tkazuvchi 3 orqali berkiladi, ikkilamchi chulg‘am 5 orqali о‘tmaydi. Bu holda payvandlash zanjirida tok eng kichkina miqdorni tashkil etadi. Agar shunt 3 chulg‘amida tok oshirilsa, Fs oqimi kamayadi, Ft oqimi kattalashadi, va payvandlash toki oshadi. Shunt chulg‘amida tok maksimal bо‘lganda Fs=0; Ft= Ft max va payvandlash toki ham maksimal.
Hozirgi zamon payvandlash transformatorlarida shunt chulg‘amida va demak payvandlash tokini boshqarish juda tekis va tashqi pо‘latdan distansion ravishda amalga oshiriladi. Qisqa tutashish rejimida payvandlash zanjiri elektrod va buyum orqali berkiladi. Flyus qatlami ostida yoy bilan payvandlash uchun qisqa tutashish toki Išt =(1,3-1,5)Id;
Bu shart TDF markali transformatorlarning barcha konstruksiyalarida bajariladi. Bu transformatorlarning texnik tavsiflari yaxshi (1-jadvalga qarang) lekin ular katta aktiv materiallar sarfini talab qiladi (shunt о‘zagiga transformator temiri va chulg‘amlari uchun mis) demak, ularning massalari katta bо‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. G.N.Aleksandrova “Teoriya elektricheskix apparatov” M.Energiya 1985g.

  2. SH.Ђ.Nasriddinov “Kon elektrotexnika” II qism “Konchilik korxonalarining elektr uskunalari” O’quv qullanma Tashkent 1995y.

  3. A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov “Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari” Toshkent 2000y

  4. Babichev Yu.E. Elektrotexnika i elektronika. CH. 1: Elektricheskie, elektronnыe i magnitnыe tsepi: Uchebnik.-2006g.

Download 189,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish