Mavzu: Patologik materialni konservatsiyalashning asosiy usullari.
Viruslarni konservatsiyalashning quyidagi usullari qo‘llaniladi:
1)Virus materialni saqlashda (organ yoki to‘qimaning bir bo‘lagi), ko‘pchilik holda glitserinning fiziologik eritmadagi 50% eritmasi ishlatiladi. Bu eritma bakteriostatik ta’sirga ega bo‘lib viruslarni yaxshi himoya qiladi. Viruslarni 40C sharoitda bir necha oygacha saqlash mumkin;
2)Ko‘pchilik holda viruslar minus 20, minus 30, minus 700C harorat bilan ta’minlangan muzlatgichlarda saqlanadi. Bunday haroratda viruslar tarkibiga himoyalovchi qo‘shimchalar qo‘shilmasi yuqumlilik xususiyatini juda tez yo‘qotadi.
Ma’lumki virus saqlovchi aralashmada oqsil moddasi qancha kam bo‘lsa, virusning turoqliligi shuncha kam bo‘ladi, shuning uchun toza holdagi viruslar o‘zining biologik aktivligini yo‘qotadi.
Viruslarni muzlatib saqlashda quyidagi komponentlarning qo‘shilishi yaxshi himoya vazifasini o‘taydi.
Aktivligi yo‘qotilgan qon zardobi, yog‘sizlantirilgan sut (10 dan to 30%), jelatina (0,5-1,5%), DMSO (10%) va boshqalar.
Virusni – 1960C (suyuq azot) tezda muzlatib so‘ngra saqlash natijasida bir necha oygacha titri pasaymasdan turadi.
Viruslarni eritish tezligi uning aktivligiga deyarli ta’sir qilmaydi.
Viruslarni xona haroratida yoki 370C suv hammomida qaytadan eritish mumkin. Bir turdagi virusni tez-tez eritib va yana qaytadan muzlatishni kamaytirish uchun virus saqlovchi materialni kichik-kichik miqdorda saqlash yoki bir marta titrlashga yetadigan, misol uchun neytrallash reaksiyasini qo‘yishga yetadigan qilib saqlash maqsadga muvofiqdir.
3)Vakum sharoitida muzlatilgan holda quritish, liofilizatsiya viruslarni yaxshi konservatsiyalash usulidir. Liofilizatsiyalashni o‘tkazish uchun kerakli apparatlar zarur bo‘lib, ma’lum bir (virusni turiga bog‘liq bo‘lgan) to‘ldiruvchilar va ayniqsa quritish jarayonini to‘lasincha o‘tkazish zarur.
Liofilizatsiyalangan virusning barqarorligi faqatgina to‘ldiruvchini tanlash bilan bog‘liq bo‘lmay, balki ampuladagi gazning tarkibiga ham bog‘liq. 0,5% kislorod virusni tezda halokatga olib kelib, shu o‘rinda 2-3% namlik deyarli ta’sir qilmaydi. Liofilizatni saqlash harorati 40C dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Liofilizatsiya ishlarini liofilizatsiyalash usuli bilan yaxshi tanish bo‘lgan tashkilotlarda bajarilgani ma’qul. Viruslar liofilizatsiyalangan holda bir necha yilgacha saqlanishi mumkin. Virusologiya laboratoriyasida quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak. 1.Virusologik tekshirish (ekspertiza, qishloq xo‘jalik hisob-kitob №13-vet.forma) jurnali.
2.Kasallik yuqtirilgan hayvonlarni qabul qiluvchi jurnal.
3.Viruslarning ajratib olinganligi va yo‘q qilib tashlanganligini qayd etish jurnali.
4.Ishlab chiqarish yoki muzey shtammlari harakati hisob-kitob va boshqa tasdiqlangan instruksiyalarga binoan qayd etish jurnali.
Kafedrada talabalarning virus saqlovchi material bilan ishlash qoidasi va xavfsizlik texnikasi
Virus saqlovchi material bilan ishlashda quyidagi talablarni bajarilishini ta’minlash lozim: viruslarni tashqi muhitga tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; begona mikroflora bilan virus saqlovchi materialni ifloslantirmaslik (kontaminatsiya) choralarini ko‘rish; shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash;
Bu talablarni bajarish uchun quyidagi ish qoidalariga rioya qilinadi:
1.Juda hushyor bo‘lib, ixcham kiyinib, tartibga aniq rioya qilish kerak;
2.Garderobda kiyimni almashtirgach, laboratoriyaning xonasiga faqat xalatni kiygan holda kirib, xalatda tashqariga chiqiladi;
3.Ishlaganda tugmasi o‘tkazilgan xalat, maxsus bosh kiyimi va dokadan bo‘lgan yuzyopqichdan foydalaniladi;
4.Laboratoriyada tozalikka va tartibga qat’iy rioya qilinadi. Ish stolining ustida hech qanday begona narsalar bo‘lmasligi kerak. Chekish va ovqat iste’mol qilish taqiqlanadi;
5.Ish uchun instrumentlar va materialni navbatchi talaba kafedraning laborantidan olib, talabalarga tarqatadi;
6.Faqatgina steril instrument va idishlardan foydalaniladi;
7.Probirka, flakon, likopcha va boshqalarni ochish va yopish gorelkaning alangasida bajariladi;
8.Pipetka og‘izga olinmaydi;
9.Ishlatilgan instrumentlar, shprislar (ajratilgan holda) sterilizatorga joylashtiriladi va qaynatish natijasida zararsizlantiriladi;
10.Ishlatilgan pipetkalar dezinfeksiyalovchi eritma solingan idishga solinib, bir joyga to‘planadi;
11.Qattiq va yumshoq chiqindilar (paxta, qog‘oz va boshqa) maxsus mo‘ljallangan konteynerga solinib so‘ngra sterillanadi;
12.Chiqindilarni unitaz va rakovinaga oqizish yoki tashlash taqiqlanadi;
13.Agarda talaba to‘satdan virus saqlovchi materialni ustiga tegizsa u holda shu to‘g‘rida o‘qituvchiga xabar berishi va birgalikda ish joyini zararsizlantirishi kerak;
14.Talaba darsni oxirida ish joyini tartibga keltirib, navbatchiga barcha material va asbob-uskunalarni topshirgach qo‘lini sovun bilan yaxshilab yuvishi lozim.
Tekshirish uchun savollar 1.Patologik materialni konservatsiyalashda necha foizli glitsirindan foydalaniladi?
2.Trilon nima maqsadda ishlatiladi, (DMSO) nima?
3. Virusni – 1960C (suyuq azot)da muzlatib so`ngra suyultirishdan maqsad nima