Mavzu: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar



Download 0,78 Mb.
bet11/18
Sana15.11.2022
Hajmi0,78 Mb.
#866489
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Mavzu Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja Paket va kanal

Kompyuter tarmoq turlari.


Kompyuter tarmoqlarini turlarga ajratishda turli belgilarga asoslanish mumkun: tanlangan texnologiyasiga, xududiy о„lchamiga, masofasi, tadbiq soxasi, xavola qilingan xizmatlar tafsilotiga, foydalanilgan qurilmalari va dasturiy ta‟minotiga vaxokazo.
Global tarmoqlar. Kompyuter tarmoqlarini turlashning eng oddiy usuli ularni xududiy joylashishlariga qarab maxalliy (lokal) va global tarmoqlarga ajratishdir.
Global tarmoqlar (Wide Area Network, WAN) bir-biridan katta masofalarda joylashgan (turli shaxarlardagi, turli davlatlardagi va turli qitalardagi) kompyuterlarni birlashtiradi.
Global tarmoqlar maxalliy tarmoqlarga qaraganda ancha avval paydo bо„lgan, - bu meynfreymlar deb ataluvchi katta kompyuterlar xukumronlik qilgan davrida 60 yillarning ikkinchi yarmida sodir bо„lgan. Katta korxonalar odatda turli shaxarlarda joylashgan bо„limlarda bittadan kompyuterga ega bо„lganlar. Bu kompyuterlarni о„zaro ulash korxonaga katta ustunlik bergan, masalan korxona xizmatchilarining barchasiga qayerda bо„lishlaridan qatiy nazar yagona markaziy axborotlar omboridan foydalanish imkoniyatini yaratgan. U vaqtda korxona maxalliy tarmoqni yaratishga zarurat sezmagan, bir bino doirasida tarmoqqa ulash uchun xech qandek boshqa kompyuter bо„lmagan, sababi kompyuterlarning narxi juda yuqori bо„lganligi tufayli korxona kо„p kompyuter sotib ola olmagan.
Global kompyuter tarmoqlarini yaratish ancha oddiy masalalarni xal qilishdan boshlangan – kompyuterga terminal orqali uzoq masofadan (yuzlab va xatto minglab kilometr) turib ega bо„lish. Terminallar kompyuter bilan telefon tarmog„i orqali modem yordamida ulangan. Bundek tarmoqlar kо„p sonli foydalanuvchilarga bir necha quvvatli kompyuterlarning taqsimlanuvchi resurslariga masofaviy ega bо„lishni ta‟minlagan. Terminal – kompyuter turidagi masofaviy ulanishlar bilan bir qatorda bir oz vaqtdan sо„ng kompyuter – kompyuter turidagi masofaviy aloqa tizimlari paydo bо„ldi.
Kompyuterlar avtomatik ish tartibida axborotlar bilan almashish imkoniyatiga ega bо„ldi, bu esa xar qandek xisoblash tarmog„ining asos belgisidir. Birinchi tarmoqlarda ushbu mexanizm asosida xozirgi vaqtda ananaviy tarmoq xizmatlari bо„lib qolgan fayllar bilan almashish, axborotlar bazasini sinxronizatsiyalash, elektron pochta va boshqa xizmatlar joriy etilgan.
1969 yili AQSH mudofa vazirligi tomonidan mudofa vazirligining va ilmiy- tadqiqot markazlarining superkompyutrerlarini yagona tarmoqqa birlashtirish bо„yicha ishlar amalga oshirildi. Bu tarmoq ARPANET nomini olgan va u xozirda birinchi va ommabop bо„lib qolgan global tarmoq – Internetni yaratilishiga asos bо„lib xizmat qildi.
Global tarmoqni yaratilishida birinchi bor xozirgi zamon kompyuter tarmoqlarining asosida yotuvchi g„oyalar taklif etilgan va kо„p asosiy masalalarga ishlov berilgan, paketlarni kommutatsiyalash kotsepsiyasi va kommunikatsiya protokollarini kо„p bosqichli qurilishi kabi masalalardir.
Yuqori sifatli aloqa yо„llarini uzoq masofalarga yotqizish juda qimmatga tushishi sababli birinchi global tarmoqlarda kо„pincha boshqa maqsadlar uchun mо„ljallangan mavjud aloqa kanallaridan foydalanilgan. Masalan, kо„p yillar davomida global tarmoqlar analogli telefon kanallari asosida qurilgan. Bundek kanallardan diskret (raqamli) kompyuter axborotlarini uzatish tezligi past bо„lganligi uchun bu turdagi global tarmoqlarda odatda xavola qilinadigan xizmatlar tо„plami fayllarni uzatish va elektron pochta bilan chegaralangan edi. Bundek kanallar past tezlikdan tashqari boshqa kamchilikka xam egadir – ular orqali uzatiladigan signallarda sezilarli darajada о„zgarish yuzaga keladi. Shuning uchun sifati past kanallarda qurilgan global tarmoqlar nazorat va axborotlarni tiklash amallarining murakkabligi bilan ajralib turganlar.
Global kompyuter tarmoqlaridagi rivojlanish kо„p jixatdan aloqa kanallar soxasidagi rivojlanish bilan aniqlanadi. Sifatli va yuqori tezlikdagi kanallarning yaratilishi global tarmoqlar tomonidan xavola qilinadigan xizmatlarni evolyusiyasiga olib keldi. Masalan, veb-servis aslida “sekin” kanallar uchun yaratilgan va ular 90 yillarning boshlarida kо„p ishlatilgan, shuning uchun veb- saxifalarning asosiy elementi bо„lib ma‟tin va oddiy grafika bо„lgan. Bugungi kunda esa veb-dizaynerlar chiroyli va samarali saxifalarni yaratish uchun multimedianing barcha turlarini ishlatadilar – tovush, vidio va sifatli grafikani.
Global tarmoqlar aloxida olingan kompyuterni va shuningdek maxalliy tarmoqlarni birlashtira olaishi mumkun. Katta kompyuterni bevosita global tarmoq kommutatoriga ulash kompyuter tarmoqlarining rivojlanishini dastlabki davrlariga xos bо„lgan, ammo bu usul bugungi kunda samarali emas, chunki xatto superkompyuterlar xam maxalliy tarmoq orqali boshqa kompyuterlar bilan ulanadi.
Global tarmoqlar ulanish topologiyasi qandaydir doimiy tarkibga olib kelinmagan, masalan, yulduz yoki xalqa, vaxolanki bundek doimiy tarkiblar tarmoqning umumiy topologiyasiga element sifatida kirishi mumkun (1.34- chizma). Global tarmoqlarni yaratishda uning topologiyasiga kо„p omillar ta‟sir etadi, birinchi navbatda tarmoq tugunlarini geografik joylashishi, ular orasida aloqa kanallarini о„rnatilishi va tarmoq tugunlari о„rtasida uzatiladigan trafik darajasini baxosi. Oxirgi omil uzoq masofa kanallari qimmat va ularni о„tkazish xususiyatini oshirish oddiy masala emasligi bilan muxim, yani maxalliy tarmoq xolatidagidek kommutatorlarning bо„sh portlariga ulanish bilan xal qilinmaydi. Shuning uchun
global tarmoqni yaratish jaroyonida odatda kanalni о„tkazish xususiyatini tanlashda bir necha yillar davomidagi trafikni oshib borishi xisobga olinadi.

1.34-chizma. Global tarmoq topologiyasiga misol
Uzoq masofa kanallarining sifati oshib borishiga qaramay ularda buzulishlar bо„lishi mumkun, kanal buzulishining narxi esa juda qimmatga tushishi mumkun, chunki kanaldan kо„p abonentlarning axborotlari uzatiladi. Shuning uchun global tarmoqlarda odatda trafik yо„nalishlari zaxiralangan topologiyali bо„lishiga xarakat qilinadi, yani trafikning katta qismi о„tadigan tarmoq tugunlari о„rtasidagi yо„l bittadan ortiq bо„lishi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish