Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: majburiy va ixtiyoriy. Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir. Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikat-lashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |