ozon qatlami deb ataladi. Shu
yerda ozonning paydo bo’lish va uning yemirilish tezligi tenglashadi. Inson
faoliyati bilan bog’liq jarayonlarni e’tiborga olmasak, odatdagi tabiiy hodisalar
natijasida bu joyda ozon konsentratsiyasi deyarli o’zgarmaydi.
Ozon konsentratsiyasi (ya’ni 1 kub santimetrda mavjud bo’lgan molekulalar
miqdori)
Dobson birligi deb atalgan maxsus konsentratsiya birligi orqali
o’lchanadi. Bir Dobson birligida mavjud bo’lgan ozon molekulalari millimetrning
yuzdan biri (yoki santimetrning mingdan biri) qalinlik qatlamini hosil qiladi. O’rta
hisobda ozon qatlami qalinligi 200-300 Dobson birligini tashkil etadi. Kenglik va
mavsumiy o’zgarishlar ham (120 dan 760 gacha Dobson birligi) mavjud.
Sayyoramizning shimoliy yarim sharida ozonning eng katta miqdori qishning oxiri
yozning boshida (fevral-mart oylarida), eng kichik miqdori kuzda (sentabr-oktabr
oylarida) kuzatiladi. Sayyoramizning janubiy yarim sharida esa aksincha holat
sodir bo’ladi.