Sut qandi (laktoza) - disaxarig xisoblanadi. Sut tarkibida erigan xolda uchraydi. Sut-
achitqi bakteriyalari ta’siriga parchalanib sut kislotasini xosil qiladi. Achitqi ta’siriga undan
oxirgi maxsulot spirt va karbonat angidridi paydo bo‘ladi. Laktoza glyukoza va galaktoza
qoldiqlaridan iborat. SHuning uchun u gidrolizlanganda glyukoza va galaktozada parchalanadi.
Sut qandi suvda yaxshi eriydi. Xarorat ko‘tarilishi bilan uning erish xossasi ortadi. Sut qandi
mikroorganizmlar bilan birga sutning va sut maxsulotlarining achishiga sharoit yaratadi, natijada
sut kislotasi xosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |