Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotining sifati va sifatni boshqarish sistemasi.
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi
Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari. 5 .3. Mahsulot sifati darajasini baholash.
Mahsulot sifatining shakllanish bosqichlari.
Mahsulot sifatini nazorat qilish.
Mahsulot sifatini boshqarish va tahlil qilish statistik usullarining tizimli taxlili.
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi
Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish yoki xizmatlar ko’rsatishda faqatgina ko’proq foyda olish uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir.
Ma’lum foydalilikka ega bo’lib, sotilish bahosi bilan tannarx o’rta-sidagi farqga ega bo’lgan tovarlar albatta sotilishi kerak. SHunday qilib tovarni sotilishining muhim shartlari-xaridorning uning kafolatlangan sifatiga ishonch va bahosidir.
Mahsulot sifati deb, mana shu mahsulotga nisbatan qo’yilgan xalq ehtiyoji talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko’rinishi, ishlatilishining qulayligiga aytiladi.
Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko’rsatkichlari deyiladi va turlicha usullar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroq-liligining asosiy elementlari konstruktsiya sifati deyiladi. Konstruktsiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi.
Puldagi ifodasi
Q1 Q2 Q3
1.-rasm. Konstruktsiya sifati.
1-rasmda konstruktsiya sifatining uning bahosi va tannarxiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Grafikning tannarx va baho egri chiziqlarining kesishuv nuqtalari Q1 va Q2 bilan ajratilgan qismi rentabellikni ifodalaydi. Baho va tannarx egri chiziqlari orasidagi eng katta masofani belgilovchi Q0 nuqtasi eng yuqori foydani ta’minlovchi konstruktsiya sifatini ifodalaydi.
Raqobatlashuvchi mahsulotlar mavjud bo’lgan sharoitda korxona mahsulotini realizatsiya qilishda iqtisodiy strategiya va taktikaning turli variantlaridan eng muqbilini tanlashi kerak. Bunda sarf-harajatlar ortiqroq bo’lsada yuqori sifatni ta’minlovchi Q3 konstruktsiya sifatida yoki tannarxning pasaytirilishiga asoslangan Q4 konstruktsiya sifatida to’xtash mumkin.
Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-harajatlarning umumiy miqdori asosiy ishlab chiqarish sarf-harajatlari hamda nazoratga va yaroqsiz, defekt mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo’ladi. Nazorat qanchalik aniq, asosli o’tkazilsa, defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yo’qotishlar shunchalik qisqaradi, nazorat sarf-harajatlari ortadi.
2 -rasm. Boshqaruv tsikli.
Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, texnikaviy nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda sifatni boshqarishning boshqa uslublarini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Boshqaruv o’zi nima? Boshqaruv - korxona sharoitida aylanma tsiklda amalga oshuvchi “rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat-boshqaruv” jarayonlarining yig’indisidir. 2-rasmda boshqaruv tsikli keltirilgan.
Boshqacha aytganda boshqaruvning bu tsikli korxonada sifatni boshqarishning asosi hisoblanadi.
Rejalashtirish funktsiyasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-harajatlarining samaradorlik koeffitsentini, korxonaning texnik darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi.
3-rasm. Korxonada sifatni boshqarish
Amalga oshirish funktsiyasi konstruktsiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, qo’llanadigan dastgohlar, mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va nazorat qilish uslublarini aniqlashni o’z ichiga oladi.
Nazorat funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi.
Boshqaruvning ta’siri funktsiyasi mahsulotni realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni tashkil etishni o’z ichiga oladi.
Yuqorida sanab o’tilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat -boshqaruvning ta’siri funktsiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha bo’limlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qo’llab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma’suliyat bilan o’z vazifalarini bajarishlari lozim.
SHunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo’lgan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir”
Do'stlaringiz bilan baham: |