O‘zbekiston respublikasining yevropa ittifoqi bilan hamkorligi
O‘zbekiston mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab Yevropa bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. O‘zbekiston bilan Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va 1999-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a`zo davlatlar bilan Sherikchilik va hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda.O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama muloqoti faol xarakterga ega. U 5 asosiy qo‘shma organ doirasida amalga oshirilmoqda: Hamkorlik kengashi (13 ta yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan), Hamkorlik qo‘mitasi (14 ta yig‘ilishi), Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mita (12 ta yig‘ilishi), Parlament hamkorligi qo‘mitasi (13 ta yig‘iilishi) hamda Adliya, ichki ishlar va boshqa masalalar bo‘yicha quyi qo‘mita (14 ta yig‘ilishi).2011-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Bryusselga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozu va Yevropa Ittifoqining energetika masalalari bo‘yicha komissari Gyunter Ettinger bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek O‘zbekistonda YeI diplomatik vakolatxonasini (Delegatsiyasini) tasis etish to‘g‘risidagi Kelishuv, O‘zbekiston Respublikasi va YeI o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnoma hamda 2011-2013 -yillarda Yevropa Ittifoqi Komissiyasi texnik ko‘magi Indikativ dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi Bayonnoma imzolandi.Bryussel shahriga oliy darajadagi tashrif Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi bilan turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni teng huquqlilik va o‘zaro sheriklik asosida kengaytirishga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi.
2011- yilning 31-may kuni Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Hozirgi kunda YeIning O‘zbekistondagi elchisi sifatida Eduards Stiprays faoliyat yuritmoqda.2017-yilning 16-19-iyul kunlari Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Bryussel shahriga O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi Hamkorlik kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.2017-yilning 9-10-noyabr kunlari Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini O‘zbekistonga “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida u Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti' (IHT) — aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va tex-nikaviy hamkorligi boʻyicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. IHT Islom konferensiyasi tashkiloti va BMTda kuzatuvchi statusiga ega.
IHT 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan "Mintaqaviy Hamkorlikni Rivojlantirish" nomi bilan tuzilgan. Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1985-yilda "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti" nomi bilan qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. 1992-yilning 28-noyabrida Pokiston poytaxti Islomobod shahrida aʼzo davlatlar Tashqi Ishlar Vazirlari kengashining favqulodda yigʻlishida Afgʻoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlari IHTga aʼzo boʻldilar. Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish, har bir aʼzo davlatda iqtisodiy oʻsish va aholining turmush darajasini koʻtarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aʼzo davlatlarning maʼnaviy va madaniy aloqalarini kuchaytirish va boshqa maqsadlarni koʻzda tutadi.6
Do'stlaringiz bilan baham: |