Iqtisodiy sohada:
- milliy boylikning ko'payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo'shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
- ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bos-qichma-bosqich shakllantirishni, tashabbuskorlik va ishbilar-monlikni rivojlantirishni;
- mulk egalari huquqlarining davlat yo'li bilan himoya qilinishini ta'minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
-tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga, ekologik vaziyatga ziyon yetkazishga yo'l qo'ymaslikni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |