O’zbekistonda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish.
Ma`lumki Mustaqil O’zbekistonda butungi eksport mahsulotlari ichida pahta tolasi etakchi o’rinlardan birini saqlab kelyapti. Yurtboshimiz I.A. Karimovning O’zbekistonning mustakillikka erishgan birinchi kunlaridayoq aytgan "Biz qudratli to`qimachilik va yengil sanoatni yaratishimiz kerak. Hamma taraqqiy etgan civilizaciyalashgan davlatlar singari xom ashyo pahtani emas, tayyor mahsulotni sotishimiz zarur" deganlari Respublikamiz to`qimachilik sanoatining rivojlanish dasturi bo’lib qoldi.
O’zbekiston to’qimachilik sanoatining eksport salohiyatini yuksaltirishdagi asosiy omillardan biri sanoatga yangi texnoliya va jihozlarni o’rnatishning zarurligini Prezidentimiz yana bir bor 1999 yil 1 dekabrda "Qabul O’zbekiston Ko" O’zbekiston — Janubiy Koreya korxonasining ochilishiga bagashlangan uchrashuvda qayd etdilar.
"Korxona Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Shveycariya va Belgiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy tehnika bilan jihozlangan. Bu korxonada yiliga 24,5 ming tonna yigirilgan ip, eni halqaro andozalarga mos, ya`ni 164 smli yuqori sifatli gazlamalardan esa 9 mln. pogon metr ishlab chiqariladi. Mahsulotning 98 foizi AQSh, Kanada, Evropa davlatlariga eksport qilinadi. Bu qariyib 50 mln. AQSh dollari daromad degan, ya`ni korxonani barpo etishga sarflangan mablag juda qisqa vaqt ichida qoplanadi"
O’zbekistonda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan bir qatorda xalqimizga chet eldan import qilinayotgan mahsulotlar o’rniga shunday mahsulotlarni o`zimizda ishlab chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda.
Yengil sanoatni 2000-2005 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturi xalq xo`jaligida iqtisodiy islohotlar va qayta ko`rishni o`tkazish doirasida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq, XIV sessiyasida belgilangan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 martidagi topshirig’iga binoan ishlab chiqildi.
Kompleks Dasturning asosiy maqsadi "O'zbekyengilsanoat" Milliy korloraciyasi tarkibiga kiruvchi korxona va hissadorlik jamiyatlari ishlab chiqargan mahsulotlarni eksportga sotish hajmini 1999 yilga nisbatan 5 barobarga ko’paytirib,2005 yilda 550 mln. AQSH dollariga etkazish.
Bunday holda respublikamiz hududida qayta ishlanadigan pahta tolasi hajmi 110,2 ming tonnadan 476,4 ming tonnaga ko’payadi, natijada respublikada 24,7 ming kishiga, shu jumladan, qishloq joylarvda 13,1 ming kishilik ish o`rinlari tashkil etiladi.
Asosiy xom ashyo pahta tolasi etarli miqdorda shahsiy mablag hisobiga ta`minlanmoqda. Dastur amalga oshirilgan tavdirda mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish quvvatlari ham qo’shiladi va eng avvalo qo’rilishi boshlanib, tugallanmay qolgan to’qimachilik ob`ektlari kiritiladi.
Dunyodagi etakchi davlatlar to’qimachilik uskunalarlni ishlatib, mahalliy to’qimachilik xom ashyosini qayta ishlash borasida yitlgan tajribalar va malakalarga tayanib respublikada to’qimachilik uskunalari uchun ehtiyot qismlar, detal va butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan baza yaratiladi.
To’qimachilik sanoati O’zbekiston sanoatining asosidir va respublika iqtisodiyotida etakchi o’rnini egallaydi.
Xom ashyo va mehnat manbalarining mavjudligi, O’zbekiston yengil sanoatini yanada rivojlantirishga imkon yaratmoqda, yuksak raqobat va 1997 yildan e`tiboran janubiy-sharqiy Osiyoda boshlangan inqiroz sharoitida respublikamiz yengil sanoati jahrn bozorida mustahkam o`rinni egallaydi.
Tarmoq iqtisodiy barqarorligining asosiy ko`rsatkichlari ishlab chiqarish hajmining va eksportga mahsulot sotish miqdorining ko’payishi, horijiy sarmoyalarning yildan-yilga ortishi, chetdan keltiriladigan mahsulotlar o’rnini bosuvchi tovarlar chiqarish hajmining ko’paytirishidir.Tarmoqda korxonalarni Davlat tasarrufidan chiqarish ishlarini yakunlandi, natijada korxonalar turli xildagi mulkchilik shakllariga o`zgartirildi.
O’zbekiston respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan birgalikda Yaponiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Germaniya, Shveycariya, Avstriya, Italiya, Franciya, Portugaliya, AQSh va boshqa davlatlarning firmalari bilan yangi sarmoyalar loyihasi va qo`shma korxonalar tashkil etish borasida olib borilgan ishlar 2000-2005 yillarga mo`ljallangan Dasturning shakllanishiga, ishlab chiqarishning tehnikaviy darajasini tubdan yahshilashga va dunyo bozorida ishonch bilan raqobatlasha olishiga asos bo’ladi.
Yengil sanoat korxonalariga jalb etilgan sarmoyalarning o`sish dinamikasi quyidagi raqamlar bilan ifodalanadi. 1994 yildan jalb etilgan sarmoyalar hajmi 5,25 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan bo`lsa, 1999 yilga kelib bu ko`rsatkich 398,17 mln. AQSh dollariga etdi.
1994-1999 yillarda tarmoqda 13 ta qo`shma korxona tashkil etilib, ular tomonidan ishlab chiqarilagan mahsulot hajmi tarmoqdagi umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotning 20,6 foizini, eksportga sotilgan mahsulotlar hajmining esa 88,1 foizini tashkil etish imkonini berdi.
2000 - 2005 yillarga mo`ljallangan dasturda tarmoqning 33 ta korxonasini qayta jihozlash, 17 ta korxona qurib bitkazish ko’zda tutilgan, bu qayta ishlanadigan pahta tolasi hajmini 476,4 ming tonnagacha ko’paytiradi, olib boriladigan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
2000-2005 yillarda tikuvchilik - trikotaj tarmogada 5 ta korxonani qayta jihozlash ko’zda tutilgan. Namangan viloyatining Shahand qishlogida qo’rilishi tugallanmagan ustki trikotaj buyumlarini ishlab chiqaradigan korxonaning qo’rilishi tugallanadi. 2005 yilga borib, trikotaj buyumlari ishlab chiqarish hajmini 60,2 mln. donaga (1,5 barobar) oshirish ko`zda tutilgan. Trikotaj tarmogiga kiritiladigan kapital mablag 13,1 mln. AQSh dollaridan ko’p bo’ladi.
Kompleks Dastur ning dastlabki bosqichida pahta tolasini qayta ishlovchi korxonalarda yigirilgan ip, keyinchalik xom gazlama va trikotaj matolari ishlab chiqaradigan quvvatlarni tashkil etish ko’zda tutilgan.
Dasturning ikkinchi bosqichida esa dunyo bozorini etarlicha o`rganib, gazlamalarni va trikotaj matolarni pardozlovchi, dunyo bozorida raqbatlasha oladigan tikuvchilik va trikotaj buyumlari ishlab chiqarish mo`ljalangan. Kelgusida ishlab chiqarishni ko’paytirish, tashkil va joriy etish ishlarini amalga oshirish maqsadida quyidagilarni bajarishi zarur:
-ilg’or tehnika va texnologiyalarni kudlat asosida trikotaj matolarining va undan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning nafisligini ta`minlash;
-kam chiqindi chiqadigan texnologiyalarni qo’llash asosida yangi turdagi to`qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish;
-yangi texnologiyalar va avtomatlashgan yuqori unumdorlikda ishlovchi uskunalar tizimi asosida ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish.
Yengil sanoat korxonalarini rivojlantirishning kompleks dasturi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yanada yuksaltirishni ko`zda tutgan, buning uchun:
-to’qimachilik korxonalari qo’rilishini tugallash;
-ishlab turgan korxonalarda tehnikaviy qayta jihozlash ishlarini yakunlash;
Yengil sanoatni rivojlantirishning 2000-2005 yillarga mo`ljallangan kompleks dasturiga binoan ko`rsatilgan yillarda 1.4 mlrd AQSh dollari miqdorida sarmoyalarni o`zlashtirish k`ozda tutilgan, shu jumladan, to`g’ridan-to`g’ri jalb etiladigan sarmoyalar horijiy firmalar va Germaniya, Shveycariya, Koreya, Yaponiya va boshqa banklarning kreditlari 1142 mln.AQSh dollari, shaxsiy mablag’lar 150 hamda, kreditlar (milliy valyutaga moye ravishda hisoblaganda) — 106 mln. AQSh dollari.
Korporaciya korxonalarini rivojlantirish dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirish, olingan kreditlarni o’z vaqtida qaytarish uchun idoralararo ishchi guruhi tashkil etiladi, ishni jadallashtirish uchun bu guruhda Makroiqtisodiyot, Davlat mulkini boshqarish qo`mitasi, Moliya, Tashqi iqtisodiy aloqalar, Adliya vazirliklari, Soliq qo`mitasi va bojhona hizmati hodimlari ishtirok etadi.
Yengil sanoat korxonalarida 2000-2005 yillarda pahtani qayta ishlashni ko’paytirish borasidagi kompleks dasturning amalga oshirilishi jarayonida O’zbekiston Respublikasi to`qimachilik korxonalaridagi mavjud bo’lgan ishlab chiqarish texnologiyalarida sifatning yangilanishi sodir bo’ladi.
Tarkibiy qayta ko`rish jarayonida 2005 yilga borib quyidagi natijalarga erishiladi:
-sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,4 martaga ko’payib, 362 mlrd so’mni tashkil etadi;
-olinadigan foydalar miqdori 8,9 martaga ko’payib, 19,6 mlrd. so’mga etadi;
-byudjet tulovlari 5,6 martaga ko’payib, 42,4 mlrd. sumga tent bo’ladi;
-24,7 ming kishiga, shu jumladan, qishloq joylarida 13,1 ming kishiga ishchi urinlari tashkil etiladi;
-yillik eksportga mahsulot sotish hajmi 550 mln.AQSH dollariga teng bo’ladi.
Respublikada pahta tolasini qayta ishlashni ko’paytirish pahta tolasi muvozanati taqsimoti, dunyo bozorida pahta tolasining ishlatilishi o`zgarishi quyidagilarga olib keladi:
-O’zbekistonga kuchirilgan to`qimachilik sanoatini rag’batlantirish Respublikaga qo`shimcha sarmoyalarni jalb etadi;
-tarmoqda 400 mln. AQSh dollaridan ziyod sarmoyalar, shu jumladan, pahtani qayta ishlash korxonalariga 273 mlrd AQSh dollari jalb etilganini inobatga olib, yana 1,4 mlrd AQSh dollarni o’zlashtirish, Respublikada to`qimachilik mashinasozligi yanada rivojlantirilib, har yili 200 mlrd AQSH dollariga teng keluvchi ehtiyot qismlarga, ayrim detallar va butlovchi uskunalarga bo’lgan talablarni qondirish imkonini beradi;
-raqobatbardosh mahsulot chiqarish uchun to’qimachilik korxonalarining buyoq, sintetik tolali va boshqa turdagi yordamchi materiallarga bo’lgan ehtiyojlari uchun kimyoviy sanoat mahsulotlarini Respublikamizda ko’plab ishlab chiqarishga sharoit yaratiladi;
-dasturning amalga oshirilishi jarayonida 2200 dona (740 ming yigiruv urchugi) moddiy va ma`naviy eskirgan texnologiya uskunalari hisobdan chiqariladi, ishlab chiqarish quvvatlariga sarf qilingan mablag’ uchun qaytim miqdori ortib 1,3 martaga ko’payadi;
-to`qimachilik sanoatini rivojlantirish tikuvchilik va trikotaj tarmog’ida olib borilishi zarur bo’lgan o’zgarishlarning boshlang’ich bosqichi bo’lib, huddi shunday tadbirlar kichik tarmoqlarni modellashtirish, furnitura sanoatining rivojlanish sharoitini yaratadi;
-O’zbekiston Respublikasi jug’rofiy joylanishiga ko’ra Mustaqil Davlatlar Hamdustligiga kiruvchi Respublikalar ichida to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda asosiy joyni egallashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |