Ekoturizmni rivojlantirishdagi imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
Ekologik turizm hozirgi kunga kelib jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan turizm sohasiga aylandi. O’zbekistonda ekoturizm rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni vatanimizga jalb etish, noyob o’simliklar va hayvonot dunyosini saqlash, ko’paytirish muammolarini hal qilishga, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlab iqtisodiyotimizni rivojlantirishiga katta hissa qo’shadi. Ekoturizm faoliyatidan kelib chiqib alohida muhofaza etilayotgan tabiiy hududlarda amalga oshirish katta ahamiyatga ega. Mahalliy, aholini ehtiyojini qondirish ko’proq tabiatdan foydalanish turlariga borib taqaladi.
Tabiiy resurslardan ishlab chiqarishda tobora ko’proq foydalanish, jamiyatning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish, inson hayoti va faoliyatini ta’minlash uchun tabiiy muhitdan foydalanishning kuchayishi tabiatning ayrim hududlarini tabiiy holatda saqlash zaruratini keltirib chiqaradi. Bunday hududlar alohida muhofaza qilinadigan hududlar (akvatoriyalar) bo’lib, ular ekologik, genetik, asrash, muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, sog’lomlashtirish, madaniy-maorifiy funksiyalarni bajaradi va ular faol xo’jalik o’zlashtirilishidan chiqariladi. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar ekologik balansni qo’llab-quvvatlash, tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish, ekotizimlar va organizmlar genofondlari etalonlarini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va saqlash, rekreatsiya va tabiat muhofazasi ta’lim–tarbiyasi, shuningdek, ham tabiiy sharoitlarda, ham inson ta’sirida kechadigan mahalliy, mintaqaviy va global tabiiy jarayonlarni o’rganish maqsadlariga xizmat qiladi.
Alohida muhofaza qilinadigan hududlar statusi, funksiyasi, rejimi va boshqarishni tashkil etishdagi farqlari hisobga olinib, quyidagi kategoriyalarga
bo’linadi (tasniflanadi):
1. Davlat tabiat qo’riqxonalari, shu jumladan, biosfera qo’riqxonalari.
2. Milliy parklar.
3. Davlat milliy tabiat parklari (bog’lari).
4. Davlat tabiat buyurtma qo’riqxonalari (zakazniklar).
5. Davlat tabiat yodgorliklari.
2019-yilning 30-yanvarigacha bo‘lgan muddatda suv omborlariga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini xatlovdan o‘tkazsin va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida avtomobil yo‘llari va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyihalarni O‘zbekiston Respublikasining 2020-2021-yillardagi davlat rivojlanish dasturlariga kiritish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda taqdim etsin;
2019-yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda suv omborlarining holatini tanqidiy o‘rganib chiqsin hamda ularni saqlash va muhofaza qilishga sarflanadigan xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha, shu jumladan, energiyani tejaydigan uskunalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlaridagi qurilish ishlari yuzasidan, ularni atrof-muhitga salbiy ta’sirini bartaraf etish maqsadida qat’iy nazorat o‘rnatsin.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda o‘z rasmiy veb-saytlarida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirishning tasdiqlangan rejasi chop etilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, tegishli viloyatlar xokimliklari suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlarining joylashuv rejasi tasdiqlangandan so‘ng ikki oy muddatda, har bir suv ombori bo‘yicha:
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida biznesni tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
tadbirkorlik subyektlari uchun investitsiyaviy takliflar va loyihalarning ishlab chiqilishi va tegishli vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida materiallar joylashtirilishini;
ishlab chiqilgan investitsiyaviy takliflar yakunlariga ko‘ra suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, xorijiy investorlarning jalb etilishini, ular bilan tizimli ish olib borilishini, shuningdek, ularning investitsiyaviy buyurtmanomalarining sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlasinlar.2
Alohida muhofaza qilinadigan boshqa tabiiy hududlar: suv muhofazasi mintaqalari, kurort-sog’lomlashtirish tabiiy hududlari, rekreatsiya zonalari, botanika bog’lari, dendrologiya bog’lari, qo’riqlanma (oraliq) tegralari, o’rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, hayvonot bog’lari, baliqchilik xo’jaligi tegralari.
Bundan tashqari alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning boshqa shakllari – yashil zonalar, shahar o’rmonlari, shahar parklari, bog’-park san’ati yodgorliklari, muhofaza qilinadigan qirg’oq liniyalari, muhofaza qilinadigan daryo tizimlari, muhofaza qilinadigan landshaftlar, biologik stansiyalar, mikroqo’riqxonalar va boshqalar ham tashkil etilishi mumkin.
O‘zbekistonning hayvonot olami – ekoturizm resurslari.
Respublikamizning ekoturizm salohiyatini hisobga olganimizda ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari – 4 faslli tabiat mavsumlari va bu iqlim sharoitlariga va o‘zining ekologik tizimlariga ega bo‘lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida endemik (faqat O‘zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidir. O‘zbekistonning ekoturizmdagi resurslar salohiyatiga alohida to‘xtalganimizda quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish, tavsiflash masalaga ravshanlik kiritadi.
O‘zbekiston 38 mln. gektarga ega bo‘lgan ovchilik–baliqchilik yer maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o‘txo‘r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur baliqlarga ega. Bulardan O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» o‘txo‘r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o‘simliklar mavjud. Shulardan, 3000 turlari oliy, yovvoyi o‘suvchi o‘simliklar, ulardan 9 % i endemiklardir. O‘zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km ni tashkil qilgan 9 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km ni tashkil etgan 4 ta milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‘paytirish respublika markaziy –«Jayron» ekomarkazi, 12186 km maydonni tashkil etgan 10 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud.
Ekoturizmning ekosafari (ov va baliq ovlash) resurslari ham g‘oyat biologik xilma-xillikka ega. Birgina ovlanadigan baliqlarning 83 turi daryolarimiz va suv havzalarimizda ko‘paytirilib muhofaza qilinmoqda. Shulardan 18 turi O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan. Ovchilik mavsumida suv havzalarimizda ichki va tashqi turist ovchilarni taklif qilishning katta imkoniyatlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |