Prezident Islom Karimov o'zining 2000 yil 22 yanvar kuni Oliy Majlisning ikknchi chaqiriq birinchi sessiyasida so'zlagan ma'ruzasida davlatimiz tashqi siyosati va xavfsizlik strategiyasining ustuvorliklarini ta'kidlar ekan. "Bugungi kunda bizning barcha tashabbus va say-xarakatlarimiz mintaqalarimizga tajovuskorona xatti-xarakat, diniy esktiremizm, aqidaparastlik va xalqaro terorchiliqning yoyilish xafi kuchayib borayotganligini keng jamoatchiliqka tushuntirishga qaratilmoqda" degan jiddiy fikrni o'rtaga tashladi. Xalqaro terorizmning tom ma'noda milliy mustaqillik, davlat suverenligi xamda xar bir mamlakatning, demokratik tarakqiyot yo'lidagi strategik maqsadlariga zid bo'lgan davrning eng salbiy fenomendaridan biri ekanligi, davlatimiz raxbariyati tomonidan bugun chukur anglab yetganligi xar bir mamlakat fukorosining kelajakka bo'lgan ishonchini yanada oshiradi. O'ziga xos giosiyosiy, geotarixiy mavkeiga ega bo'lgan O'zbekistonda islom dini bayrok qilib, aslida esa bizning ulkan ma'naviy tayanchimizni obro'sizlantirayotgan terrorchilar birgana biz uchun emas, balki dunyodagi barcha ilg'or, umudli xalqlar uchun xavfli taxdid ekanligi tobora oydinlashib bormoqda. Noyob ijtimoiy siyosiy, madaniy geosiyosiy vaziyatdan kelib chikqan O'zbekiston Respublikasi raxbariyati, birinchi navbatda, davlat boshlig'i 1.Karimov zudlik bilan bu muammo yechimining bosh yo'nalishlaridan biri sifatida belgilash bilan birga, bu borada jaxon xamjamiyati, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan faol xamkorlik qilish va ulaming ko'magini xisobga olgan xolda siyosat olib borishga aloxida urg'u berib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2000 yil 15 dekabrda "Terorizmga qarshi kurashish to'g'risida" qonun qabul qildi. ARXIV.UZ O'zbekiston va jaxon xalqi osoyishtaligi va rivojlanishiga qarshi qaratilgan xalqaro terorizmni bugun xar qachongidan ko'ra kuchayganligini e'tiborga olib, siyosiy raxbariyat muxim taklif va chora tadbirlar tizimini ishlab chiqdi, xamda bu borada barcha xayrixox kuchlar, siyosiy bloklar va davlatlar bilan xamkolikka tayyor. Ular orasida yon qo'shni davlatlar bilan xamkorlikka aloxida e'tibor berayotganligi esa o'z-o'zidan ravshan. "Tinchlik va barqarorlikka, millatlararo totuvlik va mintaqamiz xalqlari xamda davlatlarining an'anaviy do'stligiga, xamjixatligiga taxdid soluvchi bu jiddiy xavfni bartaraf etish buyicha qo'shni mamlakatlar bilan xamkorlikda zarur chora tadbirlar ko'rish-bugungi kunda eng muxim dolzarb vazifamizdir. Keyingi yillarda Prezidentimizning ana shu jixatga jiddiy e'tibor berayotganligining guvoxi bo'lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |