Mavzu: O'zbekistonning davlat mustaqqilligiga erishishi davlatchilik masalalari Reja: Kirish


O'zbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi



Download 90,5 Kb.
bet2/4
Sana30.11.2022
Hajmi90,5 Kb.
#875286
1   2   3   4
Bog'liq
Mekochonamlat mustaqqilligiga erishishi davlatch

O'zbekistonda Prezident Institutining joriy etilishi. Sobiq ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo'lib O'zbekistonda Prezidentlik lavozimi joriy etilgan edi. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Instituti 1990 yilning 24 martida “O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish va O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi” qonun bilan joriy etilgan edi. O'z SSR Oliy Soveti o'n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida I.A Karimov Prezident etib saylandi. O'sha sessiyada qilingan ma'ruzada I.A Karimov shunday degan edi “....Bugun yuzaga kelgan vaziyatda O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. ......Respublikada yakka boshliq lavozimining joriy etilishi Ittifoq miqyosida bo'lganidek, qonunlar va davlatning boshqa qarorlarini ijro etish omillarini mustahkamlashga, demak, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalarda qayta qurish jarayonlarini tezlashtirishga ko'maklashishi shubhasizdir”.
1991 yil 29 dekabr va 2000 yil 9 yanvarda to'g'ridan-to'g'ri umumxalq saylovlari muqobillik asosida o'tkazilib, unda I.Karimov Prezident etib saylandi. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasiga muvofiq Prezident – hokimiyatlar bo'linishi prinsipiga rioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng muhim institutdir.
Ma'lumki, “prezident” atamasi lotincha “praesidenso”, so'zidan olingan bo'lib, aynan tarjimasi “oldinda o'tiradigan” degan ma'noni beradi. Bu tushuncha konstitutsiyaviy-huquqiy ma'noda davlat boshlig'ini anglatadi. Hozirgi kunda dunyodagi 130 dan ortiq davlatlarning hokimiyat tizimida prezidentlik instituti mavjud. “Prezident” atamasi o'zining hozirgi ma'nosida 1787 yilgi AQSh konstitutsiyasida mustahkamlanib, AQShda prezidentlik joriy etilganidan boshlab ishlatilib kelinmoqda.
Prezidentni davlatning markaziy boshqaruv organlari tizimida tutgan o'rni davlat boshqaruvining shakliga bog'liq. Agar mamlakatda davlat boshqaruvining parlamentar respublika turi o'rnatilgan bo'lsa, u holda Prezident faqat davlat boshlig'i vazifasini bajaradi va u ijroya hokimiyatiga rahbarlik qila olmaydi. Shuning uchun ham boshqaruvning parlamentar respublika shaklida Prezident davlat organlari tizimida markaziy o'rinni egallamaydi. Boshqaruvning Prezidentlik respublikasi shaklidagi davlatlarda esa Respublika Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari tizimida markaziy o'rinni egallaydi.
Dunyo tarixidagi birinchi Prezident AQSh prezidenti Jorj Vashington bo'lib, u 1789 yil 30 apreldan ushbu lavozimni bajarib boshlagan. Davlat boshlig'i sifatida Prezident davlat hokimiyati boshqaruv organlarida yetakchi va muvofiqlashtiruvchi rol o'ynaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda O'zbekistonning Oliy vakilligini amalga oshiradi. Davlat boshlig'i o'zida u yoki bu hokimiyat tarmog'ini emas balki, davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti” deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bo'lib, ularda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy maqomlari va vakolatlari belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari uning faoliyatidagi quyidagi yo'nalishlarda yaqqol namoyon bo'ladi:
1.O'zbekiston Prezidenti fuqarolar huquq va erkinliklarining kafili bo'lib, Prezident inson huquqlarini himoya qilish mexanizmining uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javobgar, biror sabab bilan ushbu huquq va erkinliklar amalga oshirilishi buzilgan hollarda tegishli choralar ko'rishga majbur.
2. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga
rioya etilishining kafili bo'lib, Prezident o'z faoliyati davomida barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning o'z konstitutsiyaviy majburiyatlarini zarur darajada bajarishlarini ta'minlaydi.
3.Prezident davlat boshlig'i sifatida xalqaro munosabatlar sohasida muhim vakolatlarga ega bo'lib, u mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi. Prezident xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasining vakili bo'lib, muzokaralarda O'zbekiston nomidan qatnashishi, Respublikaning xalqaro majburiyatlari bajarilishini ta'minlashi mumkin.
4.Prezident Oliy Majlisga har yili ichki va xalqaro ahvol xususida ma'lumotnoma taqdim etadi. Uning ma'lumotnomasi normativ hujjat hisoblanadi. Bu axborot siyosiy xususiyatga ega bo'lib, mamlakatni rivojlantirishning dasturiy prinsiplari va strategik vazifalarini o'z ichiga oladi.
5.O'zbekiston Respublikasining Prezidentining ijroya hokimiyatini tuzish bilan bog'liq vakolatlari ham mavjud. Prezident Bosh vazir nomzodini Oliy majlis palatalariga kiritadi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o'rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi hamda bu masalalarni Oliy majlis senatining tasdig'iga kiritadi. Prezident viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig'iga qo'yadi. Prezident o'z qarori bilan Konstitutsiya, qonunlarni buzgan yoki o'z sha'ni va qadr-qimmatiga dog' tushiradigan hatti-harakatlar sodir etgan tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod etishga haqli. Milliy xavfsizlik va davlat nazorati organlarini tashkil qilar ekan, Prezident ularning rahbarlarini tayinlaydi.
6.Prezident Oliy majlis senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va a'zolari, Oliy sud raisi va a'zolari, Oliy xo'jalik sudi raisi va a'zolariga nomzodlarni taqdim etadi. Prezident viloyat , tuman, shahar va xo'jalik sudi sudyalarini tayinlaydi. Prezidentning taqdimiga binoan, Oliy majlis senati Markaziy Bank boshqaruvi raisi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining raisini tayinlaydi.
7.Prezident Respublika davlat va boshqaruv Oliy organlarining o'zaro
hamkorligini ta'minlaydi. Prezident O'zbekiston Respublikasi Vazirliklari, davlat qo'mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, buni Oliy majlsi palatalarining tasdig'iga kiritadi.
8. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunlarni imzolaydi. Prezidentning imzosi bo'lmasa, qonun kuchga kirmaydi. Bu davlat boshlig'ining an'anaviy funksiyasi bo'lib, qonunga majburiy kuch beradi va
qonun chiqaruvchilik jarayonini yakunlaydi.
9.Faqat Prezidentgina butun Respublika hududida favqulodda holat joriy etishga haqli. Lekin, Prezident bunday qarorni qabul qilishda erkin emas
10.Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo'mondoni hisoblanadi. U Qurolli Kuchlarning Oliy qo'mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi. Xavfsizlik kengashini tuzadi, unga rahbarlik qiladi, Oliy harbiy unvonlarni beradi. Mudofaa vaziri amalda bevosita Prezident rahbarligida ishlaydi.
11. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining davlat boshlig'I sifatidagi vakolatlariga fuqarolik va siyosiy boshpana berish, O'zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash, afv etish to'g'risidagi hujjatlarni qabul qilish va gunohidan kechishni amalga oshirish kabilar ham kiradi.
Prezident Oliy majlis Qonunchilik palatasi va Senatini faqat Konstitutsiyada aniq belgilangan hollardagina tarqatishi mumkin. Prezident o'z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib, hamda ularni ijro etish yuzasidan mamlakatning butun hududida majburiy kuchga ega bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar,farmonlar, qarorlar, farmoyishlar chiqaradi. Respublika Prezidentining normativ-huquqiy hujjatlari “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xabarnomasi” va Respublika gazetalarida rasman e'lon qilinadi.

Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish