Mavzu: O'zbekistonning davlat mustaqqilligiga erishishi davlatchilik masalalari Reja: Kirish



Download 90,5 Kb.
bet4/4
Sana30.11.2022
Hajmi90,5 Kb.
#875286
1   2   3   4
Bog'liq
Mekochonamlat mustaqqilligiga erishishi davlatch

Oliy majlis va uning faoliyati. “O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov to'g'risidagi” Qonun loyihasi 1993 yil 4 sentabrda matbuotda e'lon qilindi. Respublikadagi ko'plab yetakchi olimlar, huquqshunoslar, mutaxassislar uning muhokamasida ishtirok etdilar. Natijada mazkur Qonun loyihasiga bir qancha o'zgartirishlar kiritildi.
1993 yil 28 dekabrdagi Oliy kengashning o'n to'rtinchi sessiyasi “O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov to'g'risida”gi Qonunni qabul qildi. Oliy majlisga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda bo'lib o'tdi.
Birinchi turda 205 ta deputat, qolgan ikki turda (1995 yil 8 va 22 yanvar) 45 ta deputat (jami 250 ta) saylandi. Oliy majlis - O'zbekiston Respublikasining oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi. U ikki palatadan iborat bo'lib, quyi palata – Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb nomlanadi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida saylanadigan 120 nafar deputatdan iborat. Qonunchilik palatasini ishi palata barcha deputatlarning professional doimiy faoliyat ko'rsatishiga asoslanadi. Qonunchilik palatasining vakolat muddati – besh yil. Vakolat muddati tugagach, u yangi Qonunchilik palatasi ishi boshlaguniga qadar o'z faoliyatini davom ettirib turadi. O'zbekiston Respublikasining saylov kuniga qadar 25 yoshga to'lgan hamda kamida besh yil O'zbekiston hududida muqim yashayotgan Respublika fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo'lishi mumkin.
Senat – hududiy vakillik palatasi hisoblanib, senatorlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo'shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 6 kishidan saylanadi. Yuqori palataning 16 nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko'rsatgan eng obro'li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati. O'zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo'lib, “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi” Qonunga binoan, u O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisning qororlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlovchi ijro etuvchi hokimiyatdir.
Hukumat – davlat boshqaruvining oliy organi bo'lib, davlat boshqaruv shaklining qanday bo'lishidan qat'iy nazar har qanday davlatning oliy ijroya organi hisoblanadi. Hukumat Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta'minlaydi, davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy raxbarlik qiladi. Hukumatning shakllanish tartibi, mazkur davlatda mavjud bo'lgan boshqaruv shakliga bog'liq holda o'rnatiladi hamda turli davlatlarda turlicha nomlanadi. Misol uchun, AQShda – Ma'muriyat, Angliyada va Turkmanistonda – Ministrlar Kabineti, Fransiya va Italiyada – Ministrlar Kengashi, Xitoyda - Davlat Kengashi, Rossiya va Tojikistonda – Hukumat, Yaponiyada – Kabinet va hok.
O'zbekistonda Vazirlar Mahkamasi Prezident, Oliy majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'lish asosida amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o'zi tashkil etadigan xo'jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta'minlaydi. Vazirlar mahkamasi qonun bilan belgilab qo'yilgan o'z tarkibiga ega. Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlari, davlat qo'mitalarining raislari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining raxbarlari kiradi.
Konstitutsiyaga binoan, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va ungi rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo'ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi Prezident tomonidan shakillantiriladi. Prezident Bosh vazir nomzodini ko'rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy majlis palatalariga taqdim etadi.Ushbu masala avval Qonunchilik palatasida, so'ngra Senatda ko'rib chiqiladi. Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish Prezident vakolatiga kiradi. Vazirlar mahkamasining a'zolari Bosh vazir taqdimiga ko'ra, Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning o'rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining rayosati faoliyat ko'rsatadi.
Vazirlar Mahkamasining ijro hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etishiga doir vakolatlariga quyidagilar kiradi:
1. O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining a'zoligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun Prezidentga taqdim etadi.
2. Vazirlar Mahkamasi Respublika qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.
3. O'zbekistonning butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagi faoliyat sohalarini keltirish mumkin:
- ma'muriy-siyosiy sohasidagi faoliyat;
- iqtisodiyot sohasidagi faoliyat;
- ijtimoiy-madaniy sohasidagi faoliyat;
Xulosa
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda “Davlat tili to’g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbek tilini o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishga e’tibor kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo’ldi.
Har bir mustaqillikka erishgan davlat o’z ramzlariga ega bo’lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O’zbekiston davlat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tug’laridagi an’analarini davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o’ziga xosligini, Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat gerbi to’g’risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat madhiyasi to’g’risidagi qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikaning davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, O’zbekiston xalqi asriy orzusi – mustaqillikni qo’lga kiritdi, shu davr ichida jahon xaritasidan munosib o’rinni egalladi. Bunyodkor xalqimiz o’z salohiyati bilan davlat va jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shib kelayotir. Har bir fuqaro o’z imkoniyatini to’liq yuzaga chiqarish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu mustaqillikning buyuk ne’matidir.
Adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Istiqlol yo’li: muammolar va rejalar. Asarlar, 1 – jild, T.: 1992.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish yo’lida. T-. 2011.

  3. Bohodir Eshov “O'zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi’’ Toshkent 2012

  4. Azamat Ziyo “O’zbek davlatchiligi tarixi’’ Toshkent 2001.

  5. Davlat qurilishi va boshqaruvi. Mualliflar jamoasi. Toshkent. Akademiya. 2007.

  6. Xudoyberdieva V. Davlat boshqaruvi organlari tizimi va ma'uriy islohatlar. Toshkent. 2005.

Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish