Uchinchisi. Bozor iqtisodiytiga o'tishda qonun va qonunlarga rioya etish ustivor bo'lishi lozim. Negaki bozor iqtisodiyoti qonunchilikka tayanadi. Uning qoidalari,mezonlari ming yillar davomida yaratilgan. Bozor iqtisodiyoti huquqiy normalar va qoidalarga tayanishi bilan mamuriy-buyruqbozlik tizimidan farq qiladi. Yahlit bozor tizimini yaratish uchun uning turli tomonlariga oid qonunlar yaratilishi hamda ularga rioya qilinishi shart. Qonunchilik nazar-pisand qilinmagan, qonunlar buzilgan joyda bozor iqtisodiyotini amalga oshirib bo'lmaydi.
Qonunni ustivorligi huquqiy davlat barpo etish zaruriyatidan ham kelib chiqadi. Qonun oldida hamma barobar.Barcha ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinardi, uning barcha qatnashchilari esa xech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo'ladi. Huquqiy davlatning mohiyati malum qonunlar tizimi borligi bilan emas, balki ommaning shu qonunlarining bo'lishi, o'z faoliyatida ularga asoslanish bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |