Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish.
Harakatlar strategiyasining ikkinchi ustuvor yo’nalishi “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish” deb nomlanadi. Bundan ming yil muqaddam ulug‘ bobomiz Abu Nasr Forobiy: “Qonunlari kuchli davlat qudratli bo‘ladi. Qonunlari mukammal shahar mukammal shahardir”, - degan edi. Darhaqiqat, haqiqiy erkinlik, erkin va ozod faoliyat amaldagi qonunlar doirasidagi faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy demokratiya - qonunlar diktaturasi. Ana shundagina qonun ustuvorligiga erishiladi va barchaning qonun oldida tengligi ta’minlanadi. Har qanday davlatning mustahkamligi, uning adolatli va qat’iyatli siyosati, ijtimoiy adolatni, haqiqatni, fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar asosida qo‘riladi. Ayni qonun doirasidagi erkinlik, qonun doirasidagi erkin faoliyat ishlab chiqarish madaniyatini ham, turmush turzi ma’naviy meyorlarini ham davlat boshqaruvi tamoyillarini ham qadriyatga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |