Mavzu: O’zbekistondagi milliy valutalar



Download 6,33 Mb.
bet4/4
Sana15.06.2022
Hajmi6,33 Mb.
#673099
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy valyutalar

Keyinchalik, Toshkentda 144 x 78 mm o‘lchamda chop etilgan katta kupyuralarning dizayni o‘zgartirilgan. Old qismida O‘zbekiston Respublikasining kattalashtirilgan gerbi, orqa qismida asosan mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar tasvirlangan. Chunonchi, 200 so‘mlikda Samarqanddagi Registon ansamblining Sherdor madrasasida tasvirlangan, quyosh orqalagan sherning ramziy tasviri, 500 so‘mlikda Toshkentda Amir Temurga o‘rnatilgan haykal, 1000 so‘mlikda Toshkentdagi Temuriylar tarixi muzeyi binosi, 5000 so‘mlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi binosi, 10000 so‘mlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati binosi tasvirlangan.

Adliya vazirligida 2018 yil 19 mayda 3014-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan “O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 so'mlik tangalarini, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so'mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to'g'risida”gi nizomga asosan: - 1997 yil namunasidagi 200 so'mlik; - 1999 yil namunasidagi 500 so'mlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy to'lov vositasi sifatida o'z kuchini yo'qotadi. Eski namunadagi ushbu pul belgilari 2020 yil 1 iyulga qadar barcha tijorat banklari bo'linmalari, 2020 yil 1 iyuldan keyin esa Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinadi va muomaladagi pul belgilariga cheklanmagan miqdorda almashtirib beriladi. Shu munosabat bilan, Markaziy bank eski namunadagi 200 so'mlik va 500 so'mlik banknotlar mavjud bo'lsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olish mumkinligini eslatib o'tdi.

2013-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 5000 so‘m bo'lgan yangi pul biletlarini muomalaga chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 5000 so‘m bo‘lgan pul biletlari 144 x 78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan. Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston Respublikasi Gerbi va “5000” raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud. Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida golografik effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o‘tkazilgan. Bilet old tomonining yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Chap qismida naqshinkor elementlar fonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida ettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan. Naqshinkor ramkaning o'ng va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek Gerbning o‘ng tarafida “5000” raqami tasvirlangan bo‘lib, biletning qiymatini bildiradi. Gerbning o‘ng tarafidagi “5000” raqami ustiga yirik harflar bilan “SO‘M” so‘zi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida bilet qiymati so‘z bilan “BESH MING” ko‘rsatilgan. Naqshinkor ramkaning pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” yozuvi joylashgan. Banknotning jigar rang naqshinkor ramkasi, “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi, Gerb, o‘ng va chap tomondagi “5000” raqamlari bo‘rtib turadi, ushlab ko‘rilganda seziladi.

Ayni paytda eng yirik kupyuralardan biri bo‘lib turgan 50 ming so‘mlik pul mutlaqo zamonaviy dizaynga ega bo‘ldi. Uning old tarafida Toshkentdagi «Ezgulik arkasi», orqa tarafida Toshkentdagi Forumlar saroyi tasvirlangan. U 2017 yilning 22 avgustidan muomalaga kiritilgan. AQSh dollariga ayriboshlansa, hozirgi o‘rtacha kurs bilan qariyb 6,10 dollarga teng bo‘ladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish