Mavzu: O’zbekistonda yosh oilalarni qo’llab quvvatlasnishi Reja


Yosh oilalarni qo’llab quvvatlash bo’yicha Prezident farmoni



Download 0,58 Mb.
bet2/2
Sana22.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#836193
1   2
Bog'liq
Mavzu

Yosh oilalarni qo’llab quvvatlash bo’yicha Prezident farmoni
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturiga muvofiq va yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, mehnat faoliyatini boshlash va mustaqil hayotga kirib kelishida ularga zarur yordam ko‘rsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish mexanizmlari va amaliy rag‘batlantirish omillarini yaratish hamda ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
(Kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4962-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 8-son, 107-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar joylardagi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Oila” markazi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining eng muhim vazifasi hisoblansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PF-5194-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5194/0032-son)
Keyingi tahrirga qarang.
respublikamizning har bir hududida yangi ish o‘rinlari ochish, yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka faol jalb qilish, yosh oilalarga o‘z ishini tashkil etish uchun mikrokreditlar ajratish, kasanachilikni rivojlantirish, ularga imtiyozli ravishda qoramollar sotish asosida mehnat bilan bandligini ta’minlash va yosh oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish;
yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari ajratish yo‘li bilan uy-joy sotib olish yoki qurish, uy xo‘jaligini yo‘lga qo‘yishda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yosh oilalarga amaliy yordam berish, ularga sifatli ta’lim, tibbiy, huquqiy, axborot, maslahat va boshqa, jumladan bolalar sog‘lig‘ini saqlash va tarbiyalashni ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
yosh oilalarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshlarda o‘zi qurgan yangi oila uchun g‘urur va mas’uliyat hissini, ota-onaga, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom, mehnat qilish va xalqimizning boqiy ma’naviy qadriyatlari ruhida bola tarbiyalashga intilish tuyg‘ularini shakllantirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan nikohdan o‘tish va to‘y marosimlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlar asosida yosh oilalarga ipoteka, iste’mol kreditlari va mikrokreditlar shaklida quyidagi maqsadlar uchun 2007-yilda 50,0 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish;
uy-joy qurish, ta’mirlash va sotib olish (ijaraga olish);
uy-xo‘jaligini yo‘lga qo‘yish;
mebel va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar sotib olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga yosh oilalarga ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun 2007-yilga mo‘ljallangan hajmdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha kredit mablag‘larini izlab topish va ajratish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflarni har yili Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etilsin.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1697, 18.07.2007-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, qonunchilikka muvofiq, yosh oila toifasiga turmush qurganlarning yoshi 30 yoshdan oshmagan, yoki bolalarni (bolani) 30 yoshdan oshmagan ota-onadan biri, shu jumladan, turmushidan ajrashgan erkak (ayol), beva (beva ayol) kishilar tarbiyalayotgan oilalar kiritiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4962-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 8-son, 107-modda)
4. Belgilansinki, jismoniy shaxslar — yosh oila a’zolarining soliqqa tortiladigan daromadlariga quyidagi daromadlari kirmaydi:
soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki ko‘p qavatli uyda xonadon qurish, ta’mirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan summasi;
xo‘jalik subyekti — ish beruvchidan uy-joy sotib olish uchun olingan mablag‘.
Sotib olingan (mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) kundan boshlab besh yil ichida ushbu mol-mulk sotilsa, mazkur bandda ko‘rsatilgan daromadlar belgilangan tartibda jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqqa tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Xo‘jalik subyektlariga daromad solig‘i yoki yagona soliq to‘lovini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazani yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari to‘lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy sotib olishga tekin berilgan mablag‘lar summasiga teng hajmda, ammo soliqqa tortiladigan bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda, kamaytirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Davlat mulki qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda:
2007-yil 1-sentabrgacha davlat tasarrufida bo‘lgan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va ko‘p xonadonli uylardagi bo‘sh turgan xonalarni ulardagi maishiy sharoitlarning yosh oilalar yashashi uchun mos kelishi nuqtai-nazaridan inventarizatsiya qilsin;
2007-2008-yillar davomida Nukus shahrida, har bir viloyat markazi va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uy-joylar va ko‘p xonadonli uylardagi bo‘sh turgan xonalar negizida oilaviy yotoqxonalar va yosh oilalar uchun imtiyozli narxlarda ijaraga beriladigan kvartiralar tashkil etsin.
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur bandga muvofiq yosh oilalarga beriladigan uy-joyni ta’mirlashni moliyalash hamda uni zarur sanitariya-maishiy asboblar bilan jihozlash tegishli mahalliy budjetlarning daromad qismi ko‘rsatkichlarining oshirib bajarilgan summasi hamda “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida jalb qilinayotgan homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va ko‘p xonadonli uylardagi bo‘sh turgan xonalarni yosh oilalarga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish